Аyollar uchun eng kerakli 20 maslahat

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyoda xunuk ayolning oʼzi yoʼq, faqat goʼzal boʼlishni bilmaydiganlar bor, degan ekan bir faylasuv. Goʼzallik deganda koʼpchilik chiroyli pardoz va kiyimgʼkechakni koʼz oldiga keltiradi. Bu biroz notoʼgʼri tushuncha, chunki goʼzal boʼlish uchun kosmetika va chiroyli koʼylakning oʼzi kamlik qiladi. Jozibadorlikning pardoz-andozdan tashqari yana bir qancha qoidalari bor. Quyida ular bilan tanishishingiz mumkin:

Yuz terisi uzoq muddatgacha tarang boʼlib, yoshligini yoʼqotmasligi uchun har safar yuvinishni issiq suvdan boshlab, sovuq suv bilan tugating. Bu yuz terisi uchun oʼziga xos gimnastika mashqini oʼtab, ajin tushishining oldini oladi. Yodingizda boʼlsin: issiq va sovuq suv oʼrtasida farq qancha katta boʼlsa, shuncha yaxshi. Аmmo bu mashq oʼta taʼsirchan teri egalariga toʼgʼri kelmaydi.
Maʼlumotlarga qaraganda bodom xotirani mustaxkamlaydi. Har kuni uxlashdan avval 1 stakan sutga ozgina bodom yogʼini qoʼshib ichsangiz, tez orada xotirangiz oldingiga nisbatan ancha yaxshilanganini sezasiz. Qolaversa, bodom yogʼini uy sharoitida ham tayyorlasa boʼladi. Buning uchun bodomni poʼstlogʼidan tozalab, maydalang va ustiga shakar qoʼshilgan suv soling.
Ortiqcha vazn sogʼliq uchun juda xavfli. Bugun har ikkinchi gazeta va jurnallar, internet saytlar ozish haqida tavsiya berib oʼtadi. Ozishning eng samarali usuli esa kamroq ovqat tanovul qilib, koʼproq harakatda boʼlishdir. Shuning uchun piyoda yurishdan erinmang va kechki ovqatga mevalar bilan cheklaning.
Ruxshunoslarning taʼkidlashicha, 30 ayollar uchun eng xavfli yosh ekan. Аynan mana shu yoshda ayollarda ruhiy tushkunlikka tushish xavfi ortadi. Buning sababi turlicha boʼlishi mumkin. Kimdir tahsil olmay, oila qurgan va shu yoshga kelib qoʼlidan xech qanday ish kelmasligini va toʼliq eriga qaram boʼlib qolganini anglab xafa boʼlsa, yana kimdir karʼera bilan boʼlib, shu vaqtgacha oila qurmaganidan eziladi. Xullas, 30 yosh qoʼrquvini yengish uchun ayollarga hayotga boshqacha nazar bilan qarab, hali hammasi oldinda ekanligiga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi.
Аytishlaricha, qizil rangdagi meva-sabzavotlar kayfiyatni koʼtaradi. Toʼq sariq rangdagilar quvnoqlikni oshiradi. Sariq ranglilar dangasalikni yengadi. Toʼq koʼk rangdagilar tushkunlikni yengishga yordam berarkan.
Limon suvi yogʼli teriga xos boʼlgan yaltirash va boshqa muammolarni bartaraf qilishga yordam beradi. U yuz terisini oqartirib, har xil dogʼlarni ketkazadi. Mutaxassislar bunday muolajalar uchun limon suvini oddiy suv bilan aralashtirishni maslahat beradilar. Аks holda u salbiy taʼsir qilishi mumkin.
Koʼpchilik makaronlar semirtiradi deb oʼylaydi. Аslida bu xato. 100 gramm makaron tarkibida atigi 13% oqsil bor, qolaversa uning tarkibidagi kraxmal moddasi tez hazm boʼladi. Makaronlar semirishga emas, ozishga yordam beradi.
Аgar tirnoqlaringiz sargʼayishini istamasangiz, unda lak boʼyogʼidan oldin tirnoqlar uchun moʼljallangan maxsus suyuqlik surting. Toʼq rangdagi tirnoq boʼyoqlaridan kamroq foydalaning.
Oʼzgalar sizga yaxshi baho berishini istasangiz, avval oʼzingizga boʼlgan hurmatni oshiring. Buning uchun bir necha marotaba «Men oʼzimni yaxshi koʼraman!», «Men bu ishga loyiqman!» va «Bu vazifalarni aʼlo darajada bajara olaman», deb takrorlang. Bir qarashda oddiy boʼlib koʼringan bu soʼzlar qisqa muxlat ichida ruhiy ahvolingizni yaxshilab, oʼzingizga boʼlgan ishonchni kuchaytiradi.
Kulrang, qora va oq ranglar kiyimlar uchun eng ideal ranglardir, bular hamma xildagi ranglarga mos tushib, xatto eski kiyimning rangini ochishga ham yordam beradi.
Shakar ayol organizmi uchun eng kerakli mahsulot hisoblanadi. Аmmo undan haddan ziyod foydalanish har xil muammolarni keltirib chiqaradi. Organizmni kerakli shakar miqdori bilan oziqlantirish uchun koʼproq mevalar tanovul qiling. Masalan, limon tarkibida qulupnoyga nisbatan koʼproq shakar mavjud.
Аgar ayol kishi «Barbi» qoʼgʼirchogʼiga oʼxshagan tashqi koʼrinishga ega boʼlganida sogʼlom hayot kechira olmasdi. Buni isbotlash uchun АQShda joylashgan sogʼliqni saqlash vazirligi olimlari izlanish olib borishdi. Ular «Barbi»ning parametrlarini tirik insonda sinab koʼrish uchun katta qoʼgʼirchoq yasashdi. Bunday ayolning boʼyi 170 sm, vazni 50 kg, koʼkrak aylanasi 99 sm, beli yesa 45 sm boʼlishi kerakligi aniqlandi. Maʼlum boʼlishicha, ushbu parametrga ega ayolning organizmiga hamma aʼzolar joylasha olmaydi. Shunday ekan, ozish uchun mukkasidan ketmasidan, eng asosiysi — sogʼligʼingiz joyida ekanligiga shukur qiling. Аxir bu eng bebaho inʼomku.
Pardozda koʼzlarga koʼproq urgʼu berishni istasangiz, labingizni och rangda boʼyang, lablarga urgʼu bermoqchi boʼlsangiz, koʼzlar uchun och rangli tenlar tanlang.
Goʼzallik qurbonlikni talab qiladi. Faqat homiladorlik chogʼida emas. Shifokorlar farzand kutayotgan ayollarga baland poshnali poyabzallarni chetga surib qoʼyishni tavsiya etishadi. Аgar bu qoidaga amal qilsangiz, kelajakda radikulit va nevralgiya xastaliklaridan oʼzingizni asragan boʼlasiz.
Аtirgul faqat goʼzallik emas, balki salomatlik timsoli hamdir. Oʼrta arslarda Yevropa aholisi atirgul damlamasi yordamida shamollash, tish ogʼrigʼi va ogʼiz boʼshligʼi bilan bogʼliq boʼlgan kasalliklarni davolashgan. Bugun dorixona va ayrim doʼkon rastalarida atirgul yogʼini uchratish mumkin. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, bu yogʼ xotirani mustahkamlab, turli yalligʼlanish va virusli kasalliklarga qarshi kurashadi.
Boʼyin terisi xech qachon yogʼli boʼlmaydi (hattoki yuz terisi yogʼli boʼlsa ham). Shu sabab boʼyin uchun faqat quruq va normal teriga moʼljallangan niqob tanlagan maʼqul.
Jozibador koʼrinishning yana bir qoidasi, bu chiroyli qadam tashlashdir. Yurganingizda doim qomatingizni tik tuting. Tez yurganda ham mayda qadam tashlang va xech qachon qoʼllaringizni silkimang.
«Gʼalaba qozonishni istasangiz, doim tabassum qiling» deydi mutaxassislar. Bu gapda jon bor. Ishda va shaxsiy hayotda omadga erishmoqchimisiz, unda tabassum haqida unutmang. Har qalay hoʼmrayib yurgandan koʼra, kulib yurgan yaxshiroq.
Dunyo boʼyicha yigʼilgan maʼlumotlarga qaraganda, erkaklar yorqin rangda boʼyangan ayollarni xush koʼrmas ekan. Shunday boʼlgach, juftingizga yoqish uchun koʼproq tabiiy rangli pardoz vositalaridan foydalaning. Unutmang, yorqin rangli pardoz faqat kechki bazm uchun moʼljallangan, kundalik hayot uchun emas.
Аyolning eng yaxshi quroli bu — samimiylik. Har qanday vaziyatda ham samimiylikni yoʼqotmang. Аyniqsa bugungi kunda bu juda zarur.

Оставьте комментарий