Аchchiq bodom yogʼi

DO`STLARGA ULASHING:

?#Аchchiq bodom yogʼi 8 kun 3 mahal 2 oshqoshiqdan ichilsa, bod ketadi va qorindagi har qanday qurtlar tushadi. Parhezi: non-choydan boshqa narsa yemaslik.
?#Аchchiq bodom yogʼini shirin bodom yogʼi bilan aralashtirib, 10 kun 3 mahal och holda 1 oshqoshiqdan ichilsa, (parhezi bilan) tomoq, asab va miya faoliyatiga ijobiy taʼsir koʼrsatadi.
?#Аchchiq bodom yogʼi sepkillar va nuqtali qontalash izlarga surtilsa yoʼqotadi, oftobda qorayishga surtilsa foyda qiladi.
?#Yuzdagi ajinlarni yozib yuboradi, ildiz qaynatmasi sepkilga surtilsa daf qiladi.
?#Shirin bodomga baravar shakar qoʼshib, tuyib 3 mahal yeyilsa (50 grammdan 25 kun) semirtiradi.
?#Аchchigʼining yogʼi sharob bilan qoʼshib ishlatilsa eshak yemini tuzatadi ( 3 mahal surtish kerak).
?#Аchchigʼi quloq ogʼrigʼi va guvillashiga foyda qiladi.
?#Аchchiq bodom yogʼiga sharob qoʼshib boshga surtilsa, hoʼl shirinchalar va kepagi ketadi.
?#Аchchigʼi yugurdak yaralarga, temiratkiga, uchuqqa sirka va sharob bilan qoʼshib surtilsa foyda qiladi.
?#Аchchiq bodom yogʼi yoʼtal, astma, choʼzma yoʼtal va sariq kasalliklarida 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa foyda qiladi. Tuyilgan magʼzi 3 mahal 1 oshqoshiqdan kapalansa, qon tupurishga foyda qiladi.
?#Аchchiq bodom yogʼini 3 mahal 1 choy qoshiqdan ichilsa, jigar va taloq tiqilmalarini ochadi.
?#Аchchiq bodom yogʼi buyrak va qovuqdagi tiqilmalarni ochadi, toshlarni maydalaydi.
?#Buyrak va bachadon ogʼrigʼiga, shishlar, bachadon qattiqligi, bola boʼgʼilishiga va siyishda qiynalishiga 3 mahal 1 oshqoshiqdan ichilsa foyda qiladi.

Оставьте комментарий