1-aprel «Xazil va mutoyiba” kuni

DO`STLARGA ULASHING:

1-aprel «Xazil va mutoyiba” kuni
 1-aprel — «Xazil va mutoyiba” kuni. Eng oliy baxt-inson salomatligi. Inson  salomatligining tayanchlaridan biri-samimiy kulgidir. Boshqa mavjudotlarning hammasidan odam o’zining kulish fazilati bilangina ajralib turadi.  Yaxshi, beg’ubor kulgidan ruhiy sog’liq, tetiklik paydo bo’ladi. Shunisi ham borki, xushchaqchaq odamning buguni ham, ertasi ham quvnoqlik bilan o’taveradi. Shifokorlar ko’pincha kulgu umr uzaytirish doirasi, deya tariflaydi. Haqiqatdan, kulib, quvnab yurgan odam uzoq umr ko’radi, bu fikr hayotda o’z isbotini topgan.Kulgi kirgan har bir xonadondan g’am-tashvish, urish-janjal, g’iybat-bo’xton, dardu alam qochadi. Chehralar yorishib, xushmuomalalik va ahillik kuchayadi. Ammo faqat, kulgi bilan hayot kechirib bo’lmaydi. Kulishning ham vaqti-soati, meyori bor. Shuningdek, kulgi odobi ham mavjud. Anu shularga amal qilib kulgan kishigina kulgini qadriga yetadi.»Kulgi darg’alari” deb nomlangan to’plamni tayyorlashda qadimiy kulgi darg’alari hayoti va ular yaratgan ashyolarning og’izdan og’izga yurganlaridan foydalangan. Chunki yozma adabiyotda ular to’g’risida ma’lumot juda kam uchraydi. 1960-yili nashr etilgan To’lqin Obidovning «Yusufjon qiziq”, Rasul Muhammadiyning 1970-yili to’plab, nashrga tayyorlangan «Askiya” kitoblaridan  bo’lak adabiyotlar yo’q hisobi. Kulgimiz xazinasining kichik bir bo’lagi bo’lgan bu kitobchada asosan, Yusufjon qiziqning ustozlari, o’zi va shogirdlari, shunga o’xshash  Qo’qon hamda Marg’ilondan bo’lak yurtimizdagi ayrim shaharu qishloqlarda yashagan qiziqchilar, askiyachilar to’g’risida ma’lumot to’plagan. Kitobda qiziqchilardan: Zokir eshon, Sa’di mahsum Jo’ra qiziq, Abdulla fonuschi Saidahmad askiya, Erka qori, Aka Buxor, Yusufjon qiziq, Oxunjon qiziq, Huzurjonov, Jo’raxon Sultonov, Tesha qiziq, Mirshohid Miroqilov, G’anijon Toshmatov, Soyib qiziq, Mamaroziq Ishoqov, aka-uka Zaynobiddin va Madaminjon Yusupovlar, Ayniddin Zayniddinov, Ibrohim Jo’raev, Muhammad qiziq Darvishev, Rustam Hamroqulov, Hojiboy Tojiboyev, qiziqchi yozuvchi – Adham Hamdam, Hotam Teshaboev, Yo’ldoshxon Nosirov, Jo’raxon Po’latov, Shomurod O’tamurodov, Abdullajon Akbarov, Yo’ldosh Mirqurbonov, Mirzabek Xolmedov, Obid Asomov, Odamboy Abdullaev, Murtazo Yusupov, Shukurillo Isroilov, Valijon Shamsiyev, «Handalak» qiziqchilari, Abdurahmon Siddiqov, Botir Muhammadxo’jaev, Sohib Mamasoliev, Boltaboy Toshmatov hayoti va ijodi to’g’risida ma’lumotlar mavjud.

14 комментариев к “1-aprel «Xazil va mutoyiba” kuni”

  1. Уведомление: nova88

  2. Уведомление: magic mushroom documentary

  3. Уведомление: micro dose psilocybin​

  4. Уведомление: sbo

  5. Уведомление: edibles marijuana near me

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: เอสบีโอเบท

  8. Уведомление: chocolate chip bars 9 by 13 pan

  9. Уведомление: เงินด่วน 10 นาที

  10. Уведомление: Slots Online Pokermatch

  11. Уведомление: 1 pound of strawberries calories

  12. Уведомление: สล็อต ฝากถอน true wallet เว็บตรง 888pg

  13. Уведомление: edible mushrooms maine

  14. Уведомление: ข่าวบอล

Комментарии закрыты.