1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.

DO`STLARGA ULASHING:

📣 1-iyuldan pensiya va nafaqalar miqdori oshiriladi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoniga muvofiq, pensiya va nafaqalar miqdorida oʻzgarishlar belgilandi.

✅ Ushbu farmonga ko‘ra, 2021-yil 1-iyuldan:

— belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdorida va undan kam pensiya oluvchi shaxslarga pensiyani hisoblash bazaviy miqdorining 20 foizi miqdorida qo‘shimcha to‘lov joriy etiladi;

— ish staji to‘liq bo‘lmagan chog‘dagi pensiyalarning eng kam miqdori qo‘shimcha to‘lovni hisobga olgan holda 256 ming 675 so‘mdan 400 ming so‘mga oshiriladi.

— belgilangan yoshga doir eng kam pensiya miqdoridan 565 ming so‘mgacha pensiya oluvchilarning yoshga doir va nogironlik bo‘yicha pensiyalari miqdori 565 ming so‘mga yetkaziladi;

Оставьте комментарий