25-iyul parovoz ixtiro qilingan kun

DO`STLARGA ULASHING:

25-iyul parovoz ixtiro qilingan kun
Ingliz ixtirochisi Stefenson Jorj birinchi bo‘lib bug‘ bilan ishlaydigan temir yo‘l trasportini rivojlanishiga asos soldi. U 1781yil 9 iyunda Nyukasl yaqinidagi Uaylem shaharida tug‘ilgan. 14 yoshidan boshlab otasining qo‘lida Dyuli  ko‘mir shaxtasida  gazning bosimini o‘lchovchi bo‘lib ishladi. Bo‘sh vaqtlarida o‘zining mexanikaga bo‘lgan qobiliyatini sinab ko‘rish uchun soatlarni ta’mirlab yurdi. 1812-yilda Killinguortskiy  tuz konida bosh mexanik bo‘lib ishladi. Uattada shahrida  bug‘ mashinasini konstruksiyasi bilan tanishib chiqib, 1813-yilda parovozni konstruksiyalashga kirishdi. 25-iyul 1814-yilda parovoz reysini sinab ko‘rdi va u muvaffaqiyat bilan o‘tdi. Stefenson bug‘ qozonni qurilishini patentladi, shunindek  kon  lampasini ajoyib, havfsiz konstrksiyasini ham o‘ylab chiqdi. 1819-1822-yillarda Xetton koniga olib boruvchi 13 kilometrli temir yo‘l tarmog‘ini qurilishiga boshchilik qildi. 1823-yilda Nyukaslda birinchi parovoz ishlab chiqaruvchi zavodni qurishga asos soldi. 1825-yilda Stokton va Darlint oralig‘idagi temir yo‘llar uchun og‘irligi 8 tonna bo‘lgan, soatiga 26 km tezlik bilan yuruvchi parovoz qurib bitirdi. Keyinroq Liverpul-Manchester temir yo‘llarini qurilishiga boshchilik qildi. Bu loyihani homiylari eng yaxshi parovoz uchun 500 funt mukofot berish bilan konkurs e’lon qildilar. Stefenson o‘zininig «Raketa” parovozi bilan yutuqni qo‘lga kiritdi. U yana  Belgiya va Ispaniya yo‘llarini qurishlishida bosh injenerlik  vazifasini bajardi. 1847 yilda injener-mexaniklar Institutini tashkil etdi va boshqardi. Stefenson 1848-yil 12-avgustda Chesterfil yainidagi Tepton-Xaus degan joyda vafot etadi.

11 комментариев к “25-iyul parovoz ixtiro qilingan kun”

  1. Уведомление: Eddie5959 Chaturbate Videos

  2. Уведомление: sbobet

  3. Уведомление: income investing

  4. Уведомление: Key Wall Safe

  5. Уведомление: mushroom chocolate bars denver colorado

  6. Уведомление: Site internet pour plus d'informations

  7. Уведомление: this article

  8. Уведомление: check my blog

  9. Уведомление: ufabet365

  10. Уведомление: แทงบอล

  11. Уведомление: like it

Комментарии закрыты.