29-sentyabr Bag`dod, Pastdarg`om, Termiz va Paxtaobod tumanlari tashkil etilgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

1926-yil 29-sentyabr – Farg’ona viloyati Bag’dod tumani tashkil etilgan (1962-yil 24-dekabrda Uchko’prik tumaniga qo’shib yuborildi. 1964-yil 31-dekabrda qayta tuzildi). Viloyatning Oltiariq, Rishton, Uchko’prik va Buvayda tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0.33 ming km.kv.

1926-yil 29-sentyabr – Samarqand viloyatidagi Pastdarg’om tumani tashkil etilgan. 1929-38 yillarda Akmal Ikromov tumani deb atalgan. 2001-yilda Pastdarg’om tumaniga Go’zalkent tumani qo’shildi. Shimoldan Oqdaryo va Ishtixon, g’arbdan Kattaqo’rg’on, Nurobod tumanlari, janubdan Qashqadaryo viloyati va sharqdan Samarqand tumani bilan chegaradosh. Maydoni 0,53 ming km.kv.

Termiz tumani – Surxondaryo viloyatidagi tuman. 1926-yil 29-sentyabrda tashkil etilgan. Janubdan va garbdan Afg`oniston, sharqdan Tojikiston , shimoldan viloyatning Angor va Jarqo`rg`on, shimoliy-g`arbdan Muzrabot tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,86 ming km.kv. Tumanda 5 qishloq fuqarolar yig`ini  (Pattekesar, Paxtaobod, Uchqizil, Xotinrabot, Yangiariq) bor.  Markazi – Uchqizil qishlog`i. Tabiati Termiz tumani respublikasining eng janubida termiz shahri yaqinida joylashgan. Tuman hududining sharqiy qismi Hisor tog` tizmasining davomi To`yintog` Kaykitog` va uning etaklari, Xotinrabot va Qiziriq cho`llari hamda uning davomi – Qoraqir, Uchqizil, Kattaqum massivi, Eski Termiz adirlari va qirlari bilan band. Bu yerlardan yaylov sifatida foydalaniladi. Janub va G`arbi Surxondaryoning Amudaryoga qo`yilgan qismi va Amudaryo Surxondaryo sohillaridan iborat bo`lib tuprog`i taqir va ho’rxok. Amudaryo, Qorasuv, Sherobod daryolari tuman hududi orqali o`tadi.

1926-yil 29-sentyabr – Andijon viloyatidagi Paxtaobod tumani tashkil qilingan. 1962-yil 24-dekabrda Izboskan tumani bilan birlashtirilgan. 1970-yil 7-dekabrda yana yangidan tashkil qilingan. Shimol va shimoliy-sharqdan Qirg’iziston Respublikasining Jalolobod viloyati, g’arbdan Izboskan, janubdan Andijon, sharqda (58 km masofada) Qirg’iziston Respublikasi va Jalolquduq tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,29 ming km.kv.

13 комментариев к “29-sentyabr Bag`dod, Pastdarg`om, Termiz va Paxtaobod tumanlari tashkil etilgan kun”

  1. Уведомление: prima diet reviews

  2. Уведомление: chiappa m6

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: sbobet

  5. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินแลกเงิน

  6. Уведомление: online sexting

  7. Уведомление: Jili slot

  8. Уведомление: read review

  9. Уведомление: advice

  10. Уведомление: wapjig.com

  11. Уведомление: roof skylight

  12. Уведомление: read this article

  13. Уведомление: niches youtube

Комментарии закрыты.