31-avgust «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi tashkil topgan kun

DO`STLARGA ULASHING:

31-avgust «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi tashkil topgan kun
«Qatag’on Qurbonlari xotirasi” muzeyi –O’zbekiston Fan tizimidagi ilmiy-ma’rifiy muassasa. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidentining «Qatag’on qurbonlarini yod etish kunini belgilash to’g’risida” 2001-yil 1-maydagi Farmoni asosida Toshkent shahrida «Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui 2002-yil 31-avgustda barpo etilgan. Muzey chor va sovet hokimyati davrida vatan ozodligi yilidagi faoliyati hamda xatti-harakati uchun qatag’on etilgan vatandoshlar xotirasini adabiylashtirish maqsadida tashkil qilingan. Muzeyning ilmiy-tematik ekspozitsiyasi kuydagi 7 bo’limdan iborot, XIX asrning o`rtalarida Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi va unga qarshi xalq qo’zg’olonlari, Turkiston muxtoriyatining tugatilishi va 20-yillardagi qatag’on, «Quloqlashtirish” kompaniyasi 30-yillarda, 30-yillardagi qatag’on, 40-50-yillardagi qatag’on, 80 yillardagi qatag’on. Mustaqil O’zbekistonda qatag’on qurbonlari xotirasining e’zozlanishi. Muzeyning asosiy vazifalari quyidagilar: qatag’onchilik siyosatining paydo bo’lish sabablari va oqibatlarini tadqiq e’tish va uni mamlakatimiz tarixining tarkibiy qismi sifatida aks ettirish; mamlakatimiz fuqorolarini, ayniqsa, yosh avlodni mustaqillik va adolat tantanasi uchun kurashishgan fidoiy ota-bobolarimizning xotirasiga hurmat ruxida tarbiyalash, qatag’on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish, ularni yod etish bilan bog’liq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni amalga oshirish va targ’ib etish, qatag’on qurbonlari hayoti va faoliyatini o’rganish, ilmiy-ijodiy merosini to’plash, nashirga tayyorlash va chop etish, muzey fondlari va ekspozitsiyalarini mamlakatimiz hamda horijdagi turli hujatlar va boshqalar. Eksponatlar bilan muntazam ravishda boyitish borish. Muzey «Shahidlar xotirasi” hayriya jamg’armasi bilan hamkorlikda  «Qishloq fojiasi” «Abdulla Qodiriy” (S.Mirvaliyev), «Cho’lpon” (N.Karimov) tadqiqotlari, Munavvarqori Abdurashidxonov va Botuvning «Tanlangan asarlar” ini nashr etgan, O’zbekiston hujjatli va badiiy filmlar kino studiosi hamda «Ozbektelefilm” studiosi bilan hamkorlikda «Barhayot xotira”, «Armoniy yillar ko’zgusi”, «Fidoiy olim”, «Mirtemir” singari hujjatli filmlar yaratgan. Muzey binosi mamlakatimizning noyob me’moriy inshootlaridan biri hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.A.Karimov tashabbusi va g’oyasi asosida loyihalangan va bunyod etilgan. Bino ananaviy me’morlik uslubi (ayvon, gumbaz, peshayvon, ravoq) qurilib, milliy bezaklar bilan ziynatlangan. Muzey binosi murabba tarhli (20×20 m.), balandligi 20 m. Gumbazli (balandligi 6.2 m, diametri 5, 8 m., feruza rang gumbazi «Shahitlar xotirasi” yodgorlik majmuyidagi ayvon gumbazi bilan uyg’un), bino atrofi kengligi 4 m. Bo’lgan ochiq ayvon bilan o’ralgan, undagi 28 ta ustun va to’sinlar hamda to’rt tarafdagi kirish zinapoyalari binoga o’ziga hos salobat baҳsh etadi. Binoning pastki qismida texnik-muhandislik, ma’muriyat va boshqa shimcha xonalar joylashgan, ular ko’rgazma zali bilan maxsus yo’lak va zinapoyalar orqali uzviy bog’lanadi. Bino bezagida marmar, haqiq, granit toshlar, rangli koshinlardan foydalanilgan, yog’och (A.Abdullayev, S.Rahmatullayev, N.Sohibnazarov va boshqalar), ganchkorlik (M.Murodov va boshqalar), naqqoshlik (A.Karimov va boshqalar), koshinkorlik (M.Mamajonov, R.Muhammadjonov, M.Shedring, V.Gan va boshqalar), gumbazning ichki bezagida murakkab iroqi muqarnas mahorat bilan qo’llanilgan. Binoni barpo etishda Toshkent shahar me’morlik bosh boshqarmasi hamda «Usto” ijodiy uyushmasi ustalari faol ishtirok etgan.

15 комментариев к “31-avgust «Qatag’on qurbonlari xotirasi» muzeyi tashkil topgan kun”

  1. Уведомление: 이천자연눈썹

  2. Уведомление: golden teacher mushroom montana,

  3. Уведомление: click here

  4. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดินแลกเงิน

  5. Уведомление: Discrete Ecstasy Delivery

  6. Уведомление: คาสิโนออนไลน์

  7. Уведомление: german driver's lice

  8. Уведомление: stop screenshot

  9. Уведомление: Thomas Adewumi University

  10. Уведомление: สินเชื่อโฉนดที่ดิน

  11. Уведомление: molly drug term,

  12. Уведомление: แทงบอลออนไลน์

  13. Уведомление: Bubble Tea

  14. Уведомление: Belcampo Fernald scandal

  15. Уведомление: รับทำเว็บ WordPress

Комментарии закрыты.