Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari

DO`STLARGA ULASHING:

Abu Nasr Forobiyning ta’limiy-axloqiy qarashlari
Abu Nasr Forobiy
(873 — 950)
Urta asr ijtimoiy – falsafiy fikr taraqqiyoti mutafakkir Abu Nasr Forobiy nomi bilan boqliq bulib, uning inson kamoloti xaqidagi ta’imoti ta’lim – tarbiya soxasida katta axamiyatga ega. Mashxur Yunon faydasufi Arastudan keyin Sharqda uz bilimi, fikr doirasining kengligi bilan nom chiqargan Forobiyni yirik mutafakkir – «Muallimiy soniy» — «Ikkinchi muallim» deb ataydilar.
Abu Nasr Forobiy (tuliq nomi Abu Nasr Muxammad ibn Muxammad ibn Uzaliq ibn Tarxon al-Forobiy) xijriy 260 yil (milodiy 873 yil)da Shosh – Toshkentga yaqin Forob (Utror) degan joyda xarbiy xizmatchi oilasida tuqilgan. Forobda boshlanqich ta’limni olgach, Shoshda, Buxoroda, Samarqanda ta’lim olganligi xaqida ma’lumotlar bor. Lekin arab xalifaligining yirik madaniy markazi Baqdodga xalifalikning turli tomonlaridan kelgan olimlar yiqilganligi, uning yirik ilmiy markazga aylanganligi tuyfayli Forobiy xam ilm olish istagida Baqdodga junaydi. Baqdodda Forobiy urta asr fanini, turli fan soxalarini urganadi. Masalan, unga Yunon tilida Abu Bashar Matta (Matta ibn Yunus), tibbiyot va mantiqdan Yuxanna ibn Xaylon (Jilon) ta’lim bergan. Umuman, Forobiy Baqdoda matematika, mantiq, tibbiyot, ilmi nujum, musiqa, tabiiyot, xuquq, tilshunoslik, poetika bilan shuqullandi, turli tillarni urgandi.
Ba’zi manbalarda Forobiy 70 dan oshiq tilni bilganligi xaqida gapiriladi.
Abu nasr Forobiy qomusiy olim xisoblanadi. Tadqiqotchilar uning 160 dan ortiq ilmiy asarlar yaratganligini qayd etadilar.
Forobiy taxminan 941 yillardan boshlab Damashqda yashaydi. Shaxar chekkasidagi boqda qorovul bulib ishlaydi va faqirona xayot kechirib, ilmiy ish bilan shuqullanadi. 943-967 yillarda esa Xalabda yashaydi. 949-950 yillarida Misrda xam bulgan. Sung yana Damashqga qaytib, shu yerda 950 yilda vafot etgan. Damashqdagi «Bob as – saqir» qabristoniga dafn qilingan. Rivoyatlarga kura Abu Nasrning xikmat falsafani uqishiga bir kishi sabab bulgan ekan. Usha kishi unga Arastuning bir necha kitobini, shu yerda tura tursin, keyin olib ketaman deb quyib ketgani sabab bulgan, deyishadi. Ittifoqo, kitoblarga kuzi tushib, ularning Abu Nasrning kungliga ma’qul bulib qoladi va uqishga kirishadi natijada yetuk faylusufga aylanadi. Xaqiqatdan xam Abu Nasr Forobiy urta asr davri ilm – fani taraqqiyotiga katta xissa qushgan olim, Forobiy tabiiy, ilmiy va ijtimoiy bilimlarning barcha soxalarida ilmiy ish olib borgan. Forobiy uzidan keyin juda boy ilmiy meros qoldirgan. Falsafa, musiqa, filologiya va boshqa tabiiy, ilmiy bilimlarning turli soxalarida asarlar yaratgan. Demak, Forobiy inson baxt – saodatga erishuvi uchun ularni baxtli – saodatli qila oladigan jamoa raxbari bulishi kerak deydi. U fozil shaxarni boshqaradigan Xokim tabiatdan: 1 – soq – salomat bulib, uz vazifasini bajarishda xech qanday qiyinchilik sezmaligi; 2 – tabiati nozik, farosatli; 3 – xotirasi mustaxkam, 4 – zexni utkir, 5 – uz fikrini tushuntira oladigan notiq, 6 – bilim-ma’rifatga xavasli, 7 – taom yeyishda, ichimlikda, ayollarga yaqinlik qilishda ochofat emas, aksincha, uzini tiya oladiga bulishi (qimor yoki boshqa uyinlardan) zavq, xuzur olishdan uzoq bulishi, 8 — xaq va xaqiqatni, odil va xaqguy odamlarni sevadigan, yolqonni va yelqonchilarni yomon kuradigan, 9 – uz qadrini biluvchi va oriyatli bulishi, 10 – mol dunyo ketidan quvmaydigan, 11 – adolatparvar, 12 – qatiyatli, sabotli, jur’atli, jasur bulishi muximligini qayd etadi. Forobiy bu fazilatlarni xar bir yetuk insonda kurishni istaydi.
Forobiy uzining fozil jamoasida odamlarni turli belgilarga qarab guruxlarga buladi. Bunda u, kishilarning diniy masxabiga, millatiga, irqiga qarab emas, balki tabiiy xususiyatlariga, qobiliyatlariga, aqliy iqtidoriga, bilim kunikmalariga e’tibor berishlik zarur deydi. U uzning «Baxt saodatga erishuv yullar xaqida risola» asarida «Davlatning vazifasi insonlarni baxt – saodatga olib borishdir, — deb yozadi. U, — bu esa ilm va yaxshi axloq yordamida qulga kiritadi». Forobiy davlatni yetuk shaxs boshqarishi lozim daydi; ya’ni jamoani idora etuvchi adolatli, dono bulishi, qonunlarga rioya etishi va qonunlar yarata olishi, kelgusini oldindan kura bilishi, boshqalarga qamxur bulishi lozim deydi.
Forobiy ta’lim tarbiyaga baqishlangan asarlarida ta’lim – tarbiyaning muxumligi, unda nimalarga e’tibor berish zarurligi, ta’lim – tarbiya usullari va uslubi xaqida fikr yuritadi. «Fozil odamlar shaxri», «Baxt saodatga erishuv tuqrisida», «Ixso – al — ulum», «Ilmlarning kelib chiqishi», «Aql ma’nolari tuqrisida» kabi asrlarida ijtimoiy – tarbiyaviy qarashlari uz ifodasini topgan.
Forobiy uz ishlarida ta’lim – tarbiyani uzviy birlikda olib borish xaqida ta’lim bergan bulsa xam, ammo xar birining insonni kamolga yetkazishda uz urni va xususiyati bor ekanligini aloxida ta’kidlaydi.
Forobiy «Baxt – saodatga erishuv tuqrisida» asarida bilimlarni urganish tartibi xaqida fikr bayon etgan. Uning ta’kidlashicha, avval bilish zarur bulgan ilm urganiladi, bu – olam asoslari xaqidagi ilmdir. Uni urgangach, tabiiy ilmlarni, tabiiy jismlar tuzilishini, shaklini, osmon xaqidagi bilimlarni urganish lozim. Undan sung, umuman, jonli tabiat usimlik va xayvonlar xaqidagi ilm urganiladi, deydi.
Forobiy inson kamolotga yolqiz uzi erisha olmaydi. U boshqalar bilan aloqada bulish, ularning kumaklashuvchi yoki munosabatlariga muxtoj buladi. Uning fikricha tarbi jarayoni tajribali pedagog, uqituvchi tomonidan tashkil etilishi muxumdir. Chunki xar bir odam xam baxtni va narsa xodisalarni uzicha bila olmaydi. Unga buning uchun uqituvchi lozim.
Bunga Forobiy ta’lim – tarbiyani tuqri yulga quyish orqali erishish mumkin, deydi. Chunki maqsadga muvofiq amalga oshirilgan ta’lim – tarbiya insonni xam aqliy, xam axloqiy jixatdan komolga yetkazadi, xususan, inson tabiat va jamiyat qonun-qoidalarini tuqri bilib oladi va xayotda tuqri yul tutadi, boshqalar bilan tuqri munosabatda buladi, jamiyat tartib qoidalariga rioya etadi.
Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyaning asosiy vazifasi jamiyat talablariga javob bera oladigan va shu jamiyat uchun xizmat qiladigan yetuk insonni tarbiyalashdan iborat deb biladi.
Forobiy ta’lim va tarbiyaga birinchi marta ta’rif bergan olim sanaladi. Ta’lim – degan suz insonga uqitish, tushuntirish asosida nazariy bilim berish; tarbiya – nazariy fazilatni, ma’lum xunarni egallash uchun zarur bulgan xulq normalarini va amaliy malakalarni urgatishdir, deydi olim.
Abu nasr Forobiy yana aytadi: «Ta’lim – degan suz xalqlar va shaxarliklar urtasida nazariy fazilatni birlashtirish, tarbiya esa shu xalqlar urtasidagi tuqma fazilat va amaliy kasb xunar fazilatlarini birlashtirish degan suzdir.
Ta’lim faqat suz va urgatish bilangina buladi. Tarbiya esa, amaliy ish tajriba bilan, ya’ni shu xalq, shu millatning amaliy malakalardan iborat bulgan ish — xarakat, kasb — xunarga berilgan bulishi, urganishidir», — deydi.
Forobiy nazariy bilimlarni egallashga kirishgan xar bir kishi xulq – odobda xam qay darajada pok bulishi kerakligini «Falsafani urganishdan oldin nimani bilish kerakligi tuqrisida»gi risolasida shunday ta’riflaydi: «Falsafani urganixdan avval uzingizni xirs-xavaslardan shunday tozalashingiz lozimki, sizda maishiy va shaxvoniyat kabi notuqri tuyqularga emas, balki kamolotga bulgan xirs-xavas qolsin.
Bunga xulq axloqni faqat suzdagina emas, balki xaqiqatda (amalda) tozalash orqali erishish mumkin. Shunday sung xato va adashishdan saqlovchi, xaqiqat yulini tushunib olishga boshlovchi (notiq – suzlovchi, fikrlash ma’nosida) nafsini, jonini, ruxini tozalash zarur»
.
Forobiy axloqiy fazilatlar deganda bilimdonllik, donolik va muloxazali bulish, vijdonlilik, kamtarlik, kupchilik manfaatini yuqori quyish, xaqiqat, ma’naviy yuksaklikka intil, adolatliylik kabi xislatlarni tushunadi. Ammo bu xislatlarning eng muxumi xar bir insonning bilimli, ma’rifatli bulishidir. Shuning uchun xam Forobiy axloq tushunchasiga aql bilan uzviy boqliq xolda, tafakkurga asoslangan axloq sifatida qaraydi. Bundan biz Forobiyning axloqni xulq me’yorlari ifodasi sifatidagini emas, balki kishilarning aqliy faoliyatining natijasi sifatida xam talqin etganligini kuramiz. Forobiy «Aql ma’nolari xaqida» risolasida aql masalasini taxlil qilib, aql bilish xaqidagi ta’limotida mantiq (logika) ilmi muxim urin tutadi deydi. U mantiq ilmi bilan grammatika urtasidagi mushtarakligini qayd etib, mantiqning aqlga munosabati, grammatikaning tilga munosabati kabidir. Grammatika odamlar nutqini tarbiyalagani kabi, mantiq ilmi xam tafakkurni xaqiqiy yulda olib borish uchun aqlni tuqirlab turadi deydi.
Forobiy «Muzika xaqida katta kitob» degan kup jildi asari bilan urta asrning yirik muzikashunosi sifatida xam mashxur buldi. U muzikaga ilmini nazariy, amaliy jixatdan yoritib, muzikani inson axloqini tarbiyalovchi sixat salomatligni mustaxkamlovchi vosita deb qaragan. Uning muzika soxasida qoldirgan merosi muzika madaniyati tarixida muxim axamiyatga molikdir.
Forobiyning ta’lim-tarbiya yullari, usullari vositalri xaqidagi qarashlari xam qimmatlidir. U insonda guzal fazilatlar ikki yul – ta’lim va tarbiya yuli bilan xosil qilinadi. Ta’lim nazariy fazilatlarini birlashtirsa, tarbiya esa tuqma fazilat – nazariy bilimlar va amaliy kasb — xunar, xulq odob fazilatlarini birlashtiradi. Ta’lim suz va urganish bilan tarbiya esa amaliy ish, tajriba bilan amalga oshiriladi, deydi. Xar ikkalasi birlashsa yetuklik namoyon buladi, ammo bu yetuklik bilim va amaliy kunikmalarni qay darajada urganganligiga qarab paydo buladi, deb kursatadi.
Forobiy ta’limda barcha fanlarning nazariy asoslari urganilsa, tarbiyada ma’naviy – axloqiy qoidalar, odob me’yorlari urganiladi, kasb-xunarga oid malakalar xosil qilinadi, deb uqtiradi.
Bu muxim vazifa tajribali tarbiyachilar tomonidan ta’lim-tarbiyaning turli metodlari yordamida amalga oshiriladi. Forobiy ta’lim – tarbiya ishlarini ikki yul bilan amalga oshirishni nazarda tutadi.
«Amaliy fazilatlar va amaliy san’at (kasb-xunar)lar va ularni bajarishga odatlanish masalasi»ga kelganda, bu odat ikki yul bilan xosil qilinadi: bulardan birinchisi – qanoatbaxsh suzlar, chorlovchi, ilxomlantiruvchi suzlar yordamida odat xosil qilinadi, malakalar vujudga keltiriladi, odamdagi qayrat, qasd-intilish xarakatga aylantiriladi.
Ikkinchi yul (yoki usul) – majbur etish yuli. Bu usul gapga kunmovchi, qaysar shaxarliklar va boshqa saxroyi xalqlarga nisbatan qullaniladi. Chunki ular uz istaklaricha suz bilan qayratga kiradiganlardan emaslar. Ulardan birortasi nazariy bilimlarni urganishga kirishsa, uning fazilati yaxshi buladi. Kasb xunarlarni va juz’iy san’atlarni egallashga intilish bulmasa, bunday odamlarni majbur etmaslik kerak. Chunki shaxar xalqlariga tarbiya berishdan maqsad – ularni fazilat egasi qilib va san’at axllariga aylantirishdir
Demak, Forobiy ta’lim – tarbiyada raqbatlantirish, odatlantirish, majbur etish metodlarini ilgari surgan. Xar ikkala usul xam pirovardida insonni xar tomonlama kamolga yetkazish maqsadini kuzlaydi.
Xulosa qilib aytganda Forobiy pedagogik ta’limotining asosida komil insonni shakllantirish, insonni uz moxiyati bilan ijtimoiy, ya’ni faqat jamiyatda, uzaro munosabatlar jarayonida komillikka erishadi, degan falsafiy qarashi yotadi.
Insonning kamolga yetishida xam aqli, xam axloqiy tarbiyaning uzaro aloqasi muxim axamiyat kasb etadi. Bunda Forobiy tavsiya etgan ta’lim – tarbiya usullari xozirgi davrda xam uz axamiyatini yuqotmaganligi bilan diqqatga sazovordir.
Nazorat uchun savollar:
Abu Nasr Forobiy yashagan davrda ijtimoiy tuzum qanday edi.
Abu Nasr Forobiy fanlar tasnivi xaqida.
Abu Nasr Forobiyning ta’lim – tarbiyaga oid qanday asarlarini bilasiz?

Оставьте комментарий