AEVIT kapsulasi

DO`STLARGA ULASHING:

Aevit kapsulasi

?DORI SHAKLI ?

Kapsula

?TARKIBI ?

Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi: ?

Faol moddalar: ⤵⤵

alfa-tokoferol atsetati (Evitamini) (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 g, retinol palmitati (A vitamini) moyli eritma 55,036 mg (100% moddaga qayta hisoblanganda) – 0,1 ml (100000 XB).

Yordamchi moddalar: ⤵⤵

makkajo‘xori moyi (rafinatlangan, dezodoratsiya qilingan) yoki soya moyi yoki kungaboqar – 0,2 g.

Qisqa qilib E vitamini + retinol ( A vitamini ) saqlaydi.

?TA’SIRIGA KO’RA ?

Polivitamin vosita. Vitamin E va A tarkibli vosita.

?QO’LLANILISHI ?

—A va E avitaminozi , ya’ni shu vitaminlar organizmda yetishmovchiligida qabul qilinadi.

Majmuaviy davolashda:

– toʻqimalarning trofikasini buzilishi bilan birga kechuvchi terini shikastlanishlari va kasalliklari (psoriaz, ekzemaning ayrim shakllari, ixtioz, seboreyali dermatit);

– obliteratsiyalovchi endarteriitda qoʻllanadi.

— Ko’rish o’tkirligini yaxshilaydi , sababi A vitamini hisobiga.

— Kapillyar qon tomirlarda qon aylanishini yaxshilaydi.

?QO’LLASH USULI VA DOZALARI ?

Faqat shifokorning tavsiyasi boʻyicha qoʻllanadi.

Ichga buyuriladi. Kuniga 1 kapsuladan, ovqat qabul qilishdan qatʼiy nazar. Davolash kursi – 30-40 kun. Shifokor bilan maslahatlashgandan keyin takroriy davolash kursini oʻtkazish mumkin.

?NOJO’YA TA’SIRI ?

Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi), qorin yuqori sohasida diskomfort his qilish, dispepsik buzilishlar (ko‘ngil aynishi, qusish, diareya).

Uzoq vaqt qabul qilganda o‘t-tosh kasalligi va surunkali pankreatit zo‘rayishi mumkin.

❌QO’LLASH MUMKIN EMAS HOLATLAR ?

— Preparatning komponentlariga yuqori allergik reaksiyalar bo’lganda.

— A va E gipervitaminozi , ya’ni shu vitaminlar organizmda oshib ketganda .

— 18 yoshdan kichik bolalarga mumkin emas.

— Homiladorlik va emizish davrida qo‘llash mumkin emas . Birinchi 3 oylikda qabul qilish qat’iyan mumkin emas.

— Qon bosimi baland bo’lganda va davleniyasi borlarga mumkin emas.

— Miokard infarkti va yurak og’ir yetishmovchiligida mumkin emas.

?ADMIN MASLAHATI ?

▶Belgilangan dozadan ortiq qabul qilsangiz , qon bosimi oshadi . Shu sabab davleniya oshganda va doimiy qon bosimi bor kishilar qabul qilishi mumkin emas.

▶O’t — tosh kasalligi va pankreatit kasalligi bor bemorlarga qabul qilish buyurilmaydi.

?NARXI — 20 kapsulasi ( Rossiyaniki ) 5000 so’m.

?Qo’llash — retsept bilan

?Ishlab chiqaruvchi — Belarussiya , Rossiya , Uzbekistan

@FARMAKOLOGIYA_TTA

@KANAL_MUNDARIJASI

,,ТАБЛЕТКА » kanali

Оставьте комментарий