AliExpress’dan biron narsa sotib olsa bo’ladimi?

DO`STLARGA ULASHING:

AliExpress’dan biron narsa sotib olsa bo’ladimi?

🛍 Barchaga ma’lumki, AliExpress turli xil buyumlar sotadigan global onlayn do’kon. Ha undan, siz ham biron narsa sotib olishingiz mumkin. Buning sizdan Visa karta talab qilinadi. Visa kartani o’zingiz istasangan bankda turiga qarab 100 ming so’m atrofida ochtirishingiz mumkin. Shuningdek, Humans yoki Beeline aloqa operatorlari o’z abonentlariga bepul Visa karta taqdim qiladi. Ulardan birining abonentiga aylanib Visa karta orqali AliExpress’dan o’zingizga yoqqan narsalarni sotib olishingiz mumkin.

🚚 Sotib olganingiz yetkazib beriladi va bu yetkazib berish vaqti mahsulot, joyga qarab uzog’i 2 oy atrofida vaqt oladi, to’g’ridan-to’g’ri siz belgilagan pochta manziliga yetkaziladi.

— Mahsulotni qabul qilganingizdan keyin uni ochish jarayonini har ehtimolga qarshi videoga oling, chunki mabodo xatolik sabab sizga boshqa narsa jo’natib yuborilgan bo’lsa yoki jo’natma shikastlangan bo’lsa AliExpress’ga murojaat qilishingiz mumkin bo’ladi.

Оставьте комментарий