Alimentni undirib bo‘lmayabdi qayerga murojaat qilish kerak ?

DO`STLARGA ULASHING:

🔴 Alimentni undirib bo‘lmayabdi qayerga murojaat qilish kerak ?

Savol; Men turmush o‘rtog‘im bilan 2 yildan beri birga yashamayman va turmush o‘rtog‘imga sud qarori asosida ikki nafar voyaga yetmagan farzandimning ta’minoti uchun aliment to‘lash majburiyati yuklatilgan lekin o‘tgan 6 oy vaqtdan beri turmush o‘rtog‘im aliment qarzdorligini umuman to‘lamay kelmoqda va MIB davlat ijrochisi xam aliment qarzdorligini undirib bermayabdi. Men bu holatda qayerga murojaat qilishim kerak ?

Javob; O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 118-moddasida, O‘zbekiston Respublikasi hududida qonunlarning aniq va bir xilda bajarilishi ustidan nazoratni O‘zbekiston Respublikasining Bosh prokurori va unga bo‘ysunuvchi prokurorlar amalga oshirishi ko‘rsatilgan. Bundan tashqari, Prokuratura to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 4-moddasiga ko‘ra, prokuratura vazirliklar, davlat qo‘mitalari, idoralar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, hokimlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan qonunlarning ijro etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini amalga oshirishi belgilangan.

✅ Aliment to‘lashi kerak bo‘lgan shaxslar tomonidan o‘z vaqtida aliment to‘lovlari amalga oshirilmaganida siz prokuratura organlariga shikoyat arizasi bilan murojaat qilishingiz mumkin va prokuratura organlari tomonidan yuqorida keltirilgan vakolatlariga asosan sud ijro xujjatining ijrosi ta’minlanmayotganligi bo‘yicha MIB davlat ijrochisi va aliment to‘lovchi shaxsga tegishli choralar ko‘rilib, aliment qarzdorligi javobgar tomonidan qoplab berilishi bo‘yicha sizga amaliy yordam beriladi.

Оставьте комментарий