Allergiya belgilari va alomatlari

DO`STLARGA ULASHING:

Allergiya belgilari va alomatlari

Agar allergik inson allergen bilan to’qnashganda, allergik reaktsiya darhol yuzaga kelmaydi. Immun tizimi asta-sekin moddaga nisbatan sezgirlikni oshiradi.

Vaqt o’tib, tana o’ziga xos yuqori sezgirlikka ega bo’ladi — bu jarayon sensibilizatsiya deb ataladi.

Sensibilizatsiya bir necha kundan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Ko’pgina holatlarda sezuvchanlik jarayoni oxirigacha yakunlanmaydi va bemorda ba’zi alomatlar yuz beradi, ammo to’liq alergik reaktsiya kuzatilmaydi.

Immun tizimi alergenga ta’sir qilganda, yallig’lanish va qo’zgalish xususiyati paydo bo’ladi. Belgilar va alomatlar alergen turiga bog’liq. Allergik reaktsiyalar ichakda (ovqat hazm qilish tizimi), terida, sinuslarda, havo yo’llarida, ko’zlar va burun yo’llarida paydo bo’lishi mumkin.

Chang va changchiga allergiya simptomlari quyidagi belgilarga ega:

  • Burun bitishi;
  • Ko’zlarning qichishi;
  • Burundagi qichishish;
  • Rinit;
  • Ko’zlarning shishishi;
  • Ko’zlarning yoshlanishi;
  • Yo’talish.

Teridagi allergiya, masalan, ekzema (atopik dermatit) simptomlari:

  • Teri po’st tashlashi;
  • Qichishish;
  • Teri quruqlashishi;
  • Terida qizg’ish toshmalar toshishi.

Oziq-ovqat mahsulotlariga (oziq-ovqat) bo’lgan allergiya turli reaktsiyalarga ega:

  • Qayt qilish;
  • Tilning shishi;
  • Og’izdagi achishish;
  • Labning shishishi;
  • Yuzni shishishi;
  • Tomoq shishishi;
  • Oshqozon spazmi;
  • Nafas olishning buzilishi;
  • Rektal qon ketish (bolalar kamdan-kam hollarda);
  • Diareya;
  • Anafilaksiya (anafilaktik shok) — juda jiddiy, ko’pincha hayot uchun xavfli bo’lgan allergik reaktsiya.

Hasharotlarning chaqishiga alergiya quyidagi alomatlarga ega:

  • Ovozning xirillashi;
  • Chaqilgan joyining shishishi;
  • Qon bosimining keskin pasayishi;
  • Teri qichishi;
  • Bosh aylanishi;
  • Yo’tal;
  • Nafas olish qiyinligi;
  • Tashvishlanish;
  • Anafilaksiya.

Dori vositalarga allergiya quyidagi belgilarga ega bo’lishi mumkin:

  • Ovozning xirillashi;
  • Tilning shishishi;
  • Labning shishishi;
  • Yuzni shishishi;
  • Teri toshmasi;
  • Qichima;
  • Anafilaktik shok belgilari.

Anafilaktik shok alomatlari

Anafilaktik shok tezda boshlanadigan jiddiy allergik reaktsiya. Anafilaktik shok hayot uchun xavfli bo’lishi mumkin va shoshilinch tibbiy yordam sifatida qaralishi kerak.

Allergik reaktsiyaning bu turi allergen ta’siridan keyin bir necha daqiqadan so’ng paydo bo’lishi mumkin bo’lgan bir nechta turli alomatlarni aks ettiradi. Agar allergen to’gridan-to’gri qonga ta’sir qilsa, allergik reaksiya boshlanishi odatda 5 dan 30 minutgacha bo’ladi. Oziq-ovqatlar alergeniga bo’lgan reaktsiya uzoqroq vaqt talab etadi.

Anafilaksiya — shoshilinch tibbiy yordam talab etadi.

Teri va shilliq pardalarda anafilaktik shokning namoyon bo’lishi

Tananing barcha qismlari, qizarishi va qichishi kuzatiladi. Zararlangan to’qimalar ham shishadi (angiodistrofiya). Ba’zilar terida achishish hissiyotlarni kechirishi mumkin. Taxminan 20% hollarda til va tomoq shishishi kuzatiladi. Agar teri g’alati moviy rangga ega bo’lsa, bu gipoksiyaning (kislorod etishmasligining) belgisi bo’lishi mumkin.

Ba’zi bemorlarda burun bitishi mumkin. Ko’zlarning old qismini va ko’z qovoqlarining  ichki qismini qoplovchi shilliq qavat (kon’yunktiva) yallig’lanishi mumkin.

Anafilaksiya vaqtida nafas olishning o’zgarishi

  • Nafas olish qiyinligi;
  • Bronxning spazmlari sababli nafas olish paytida hushtak chiqishi;
  • Stridor — nafas olishda kuchli titraydigan ovoz;
  • Ovozning bo’gilishi;
  • Odinofagiya — yutayotgandagi og’riq;
  • Yo’talish;

Kardiovaskulyar o’zgarishlar

Koronar arteriya spazmi — yurakdagi gistaminni chiqaradigan hujayralar tufayli arteriya devoridagi mushakni keskin qisqarishi (vaqtinchalik). Bu miokard infarkti, disritmiya (anormal yurak ritmi) yoki yurak xurujiga olib kelishi mumkin.

Kam qon bosimi yurak urish tezligini tezlashishiga olib kelishi mumkin. Arterial qon bosimining to’satdan pasayishi tufayli bosh aylanishi sodir bo’ladi. Ba’zilar hushini yo’qotishi mumkin. Ba’zi holatlarda anafilaksiyaning yagona belgisi past qon bosimi bo’lishi mumkin.

Oshqozon-ichak tizimidagi o’zgarishlar

  • Qorin bo’shlig’i tutqanog’i;
  • Diareya;
  • Qusish;
  • Siydik chiqarish nazoratini yo’qotish;
  • Qorin og’rig’i.

Allergiya rivojlanishi sabablari

Inson immuniteti allergenga patogen (tashqi zararli moddalar) deb javob beradi va uni uni begona bakteriya, virus, qo’ziqorin yoki toksin kabi yo’q qilishga harakat qiladi.

Biroq allergen zararli emas. Shunchaki immun tizimi bu moddaga juda sezgir bo’lib qolgan.

Immunitet tizimi allergiyaga ta’sir qilganda, allergenni yo’q qilish uchun antitanalar turi immunoglobulin E (IgE) ni chiqaradi. Bu organizmda allergik reaktsiyaga olib keladigan kimyoviy moddalar ishlab chiqaradi.

Ushbu kimyoviy moddalardan biri gistamin deb ataladi. Gistamin mushaklarning qisqarishiga olib keladi, shu jumladan qon tomirlarining devorlarida va nafas yo’llarida ham. Gistamin shuningdek burundagi shilliq ajralishiga yordam beradi.

Allergiya bilan og’rigan odam allergiya alomatlarida allergenni ayblaydi — do’stining uy hayvoni, o’simlik changi yoki changni. Biroq, ular noto’g’ri fikrlashadi. Muammo alergenda emas, balki allergik odamning immun tizimidadir.

Allergiya rivojlanishi uchun xavf omillari

Tibbiyotda xavf omillari deb kasallik yoki bemor holatini yomonlashtiradigan omillar tushuniladi. Ushbu xavf odamning qilgan narsasidan kelib chiqishi mumkin. Misol uchun, chekish o’pka kasalligi uchun xavf omilidir.

Quyida alergiyalar bilan bog’liq xavf omillarining ayrimlari keltirilgan:

  • Oilada astma bilan og’riydigan inson bo’lishi — sizning ota-onangiz, bobo-buvingiz yoki bobongizda astma bo’lgan bo’lsa, sizda ham allergiya rivojlanishi xavfi bor;
  • Oilada allergiyaga duchor bo’ladigan inson bo’lishi — agar yaqin qarindoshingiz allergik bo’lsa, allergiya rivojlanishi sizda ham kuzatilish ehtimoli mavjud.
  • Bolalarda allergiya kattalarga qaraganda ko’proq. Ijobiy tarafi shundaki, ko’p bolalar ulg’ayishi sari alergiyani yo’qotishadi.
  • Astma borligi — astma bo’lgan odamlarda allergiya rivojlanishi ehtimoli ko’proq;
  • Quyosh nurining etarlicha ta’sir etmasligi — Evropa atrof-muhitni muhofaza qilish va inson salomatligi markazining olimlari hamda turli avstraliyalik markazlarning tadqiqotchilari quyosh nurlari kam bo’lgan hududlarda yashovchi bolalarning allergiya rivojlanish ko’rsatkichlari yuqori ekanligini aniqlashdi.

Eng keng tarqalgan allergen

Allergen — ayrim sezgir shaxslarda allergik reaktsiyaga sabab bo’lgan modda.

Hayvonlarga allergiya:

  • Chang burgalari — ularning najasi;
  • Jun;
  • Mo’yna;
  • Kepak;
  • Fel d1 — mushukning yog’ va so’lak bezlarida aniqlangan oqsildir;

Tibbiy alergenlar

  • Penitsillin;
  • Salitsilatlar — odatda aspirinda joylashgan salitsil kislotasining tuzi;
  • Sulfanamidlar.

Oziq-ovqat mahsulotlari orasida

  • Jo’xori;
  • Selderey;
  • Qovoq;
  • Loviya;

Hasharotlar

  • Zaharli hashoratlar;
  • Pashsha;
  • Asalarilar;
  • Chumolilar
  • Burga;

Allergiyani tashxislash

Allergiyani aniqlashning bir necha yo’li bor. Shifokor bemorga allergiyaning kelib chiqishi, qachon paydo bo’lishi, alergiya simptomlari haqida savollar beradi. Bundan tashqari, oilaning boshqa a’zolarida allergiya bormi, deb so’raladi.

Allergiyalar uchun qator testlar mavjud. Quyida ba’zi misollar keltirilgan:

Qon tahlili— immunitet tizimi tomonidan chiqarilgan IgE antitanalari darajasini o’lchaydi. Ushbu sinov ba’zida radioallergersorbent testi (RAST) deb ham ataladi.

Terini tilish testi ham turli antibiotiklarni qabul qilishdan oldin test sifatida tanilgan. Terini shpritsning uchi bilan tirnaladi va bu joyga biroz kamroq alergen qo’llaniladi. Agar teri reaktsiyasi bo’lsa — qichishish, qizarish va shishish allergiya mavjudligini bildirishi mumkin

Patch testi — dermatit bo’lgan bemorlarda (ekzema) qo’llaniladi . Belga shubha qilinayotgan allergen kerakli miqdorda maxsus metall disklarga qo’yilib biriktirialdi. Shifokor 48 soatdan keyin terining reaktsiyasini tekshiradi.

15 комментариев к “Allergiya belgilari va alomatlari”

  1. Уведомление: DevOps companies

  2. Уведомление: how to use cvv dumps online

  3. Уведомление: good dumps 101 store

  4. Уведомление: ถาดกระดาษ

  5. Уведомление: buy dmt online smoke

  6. Уведомление: cvv forum

  7. Уведомление: sbo

  8. Уведомление: sbobet

  9. Уведомление: สินเชื่อส่วนบุคคล อนุมัติง่ายที่สุด

  10. Уведомление: Free Masturbation Porn

  11. Уведомление: 다시보기

  12. Уведомление: How to get psychedelic mushrooms online Portland

  13. Уведомление: Gun SHOP USA

  14. Уведомление: https://www.heraldnet.com/reviews/phenq-reviews-is-it-legit-update/

  15. Уведомление: kelsa cosmetics

Комментарии закрыты.