Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli

DO`STLARGA ULASHING:

Android smartfonida qancha vaqt sarflayotganingizni bilish usuli ⏱

Smartfonlar allaqachon hayotimizning bir qismiga aylanishga ulgurgan. Ularning yordamida siz butun dunyodagi yangiliklarni kuzatishingiz, do‘stlaringizga xabarlar yuborishingiz yoki o‘yin o‘ynashingiz mumkin. Ekranga tikilgan holda qancha vaqt sarflayotganingizni hech o‘ylab ko‘rganmisiz?

Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, odamlar smartfonlariga kuniga 5-6 soatgacha vaqtlarini sarflashadi. Bu juda katta raqam, lekin hammada ham shundaymikin? Aynan o‘zingiz smartfoningizga kuniga qancha vaqt sarflayotganingizni bilishingiz uchun juda foydali ilova hisoblangan – Quality Time (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.zerodesktop.appdetox.qualitytime)’ni o‘rnatib olishingiz mumkin.

Ushbu dastur ekrandan ko‘z uzmasdan kuniga qancha vaqt sarflaganingizni va bu aynan qaysi ilovalarda sodir bo‘lganligini sizga ko‘rsatib beradi.

Ushbu ilovadan foydalanish juda oson.

Play Market’dam o‘z qurilmangizga Quality Time (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.zerodesktop.appdetox.qualitytime)’ni o‘rnatib olganingizdan so‘ng siz quyidagilarni amalga oshirishingiz mumkin:

✅ Unga Facebook orqali kirish.

✅ Yangi qayd yozuvini yaratish.

✅ Umumun ro‘yxatdan o‘tish jarayonini o‘tkazib yuborish.

Quality Time (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.zerodesktop.appdetox.qualitytime)’ni ishlatish uchun qisqacha qo‘llanmani ko‘rib chiqqaningizdan so‘ng, odatdagidek, smartfoningiz va ilovalaringizdan foydalanishga yana qaytishingiz mumkin. Ushbu ilovani bir necha kun yoki haftaga o‘z holicha qoldirib, keyinchalik o‘z statistik ma’lumotlaringizni tekshirib ko‘rishingiz mumkin. Siz haftalar, muayyan bir kun yoki joriy kun uchun statistikani ko‘ra olasiz.

❗️Endi dasturlardan qaysi biri sizning vaqtingizni o‘g‘rilayotganini bilib olasiz va bu bilan keyinchalik nima qilish kerakligini hal qilishingiz mumkin.

👨🏻‍💻 @itspecuz

Оставьте комментарий