Antistress choylar: xotirjamlik baxsh etuvchi eng yaxshi retseptlar

DO`STLARGA ULASHING:

Antistress choylar: xotirjamlik baxsh etuvchi eng yaxshi retseptlar
Moychechak choyi
Moychechak gullariga issiq suv quyiladi va 7-10 daqiqaga dimlanadi, shundan so‘ng suyuqlik tindiriladi va ichiladi. Moychechak gullaridan 200 ml suv uchun 1-2 choy qoshiq kerak bo‘ladi. Ushbu choy mukammal darajada tinchlantiradi, uyqusizlikka qarshi kurashadi.
Jo‘kali choy
Choyning shifobaxsh xususiyatlari hamda yoqimli hidi bor. Jo‘kali choy kuchli detoks ta’siridan tashqari, tinchlantiruvchi ta’sirga ham ega. Buning uchun 3-4 osh qoshiq jo‘ka gulini ustiga qaynoq suv quyiladi va yaxshilab dimlanadi. Choyni kuniga 100-200 ml miqdorda iste’mol qilish mumkin.
Mavrakli choy
Mavrak nafaqat taomlarga ziravor sifatida qo‘shiladi, balki o‘simlikning xususiyatlari choyda maksimal darajada namoyon bo‘ladi. 2 osh qoshiq mavrak guliga 200 ml issiq suv quyiladi. Ichimlik yarim soat davomida dimlanadi, so‘ngra suyuqlik tindiriladi. Mavrakli choydan kuniga yarim stakandan ikki mahal ichish tavsiya etiladi.
Valerianli choy
2 osh qoshiq valerian guli maydalanadi, keyin olingan massani 0,5 litr qaynoq suv bilan dimlanadi. 10 daqiqadan keyin tinchlantiruvchi choyni ichish mumkin. Ichimlik bosh og‘rig‘ini, ba’zan hatto migrenni yengillashtiradi va uyqusizlikka yordam beradi.
Yalpizli choy
Avval yalpiz va choy barglarini teng nisbatda aralashtiriladi. Ustidan qaynagan suv quyiladi va 5-10 daqiqaga qoldiriladi. Ushbu choy tinchlantiruvchi vosita sifatida ichiladi, agar tavsiya etilgan dozadan ko‘proq qabul qilinsa, aksincha, energiya ortadi.
Manba (https://daryo.uz/)
@taomlanish_ilmi

Оставьте комментарий