Attestatsiya jarayoni uchun namunaviy psixologik savollar

DO`STLARGA ULASHING:

1. Psixologik ta`lim nima?

Psixologiya tarixi va zamonaviy psixologiya fani yutuqlaridan foydalanish

2. Kichik guruhlarga to`g`ri psixologik tarif bering?

Hamkorlikdagi faoliyatning umumiy maqsadi bilan birlashgan uyushma

3. Diqqatning turlarini ayting?

Ixtiyoriy, ixtiyoriysiz, ixtiyoriydan so`ng

4. Psixologik jarayonlar haqida nimalar bilasiz?

Idrok, tafakkur, sezgi, xotira, diqqat

5. O`zbekiston Respublikasi Xalq ta`limi tizimida psixologik xizmat obyekti kimlar?

Maktabgacha yoshdagi bolalar, o`quvchilar, maxsus o`quv yurtlari va oliy maktab talabalari

6. Bolalarni umumta`lim maktablariga qabul qilish qanday amalga oshiriladi?

Tibbiy psixologik-pedagogik komissiya tavsiyasi bo`yicha 6-7 yoshdan

7. «Ta`lim to`g`risida”gi Qonunda bolalarni necha yoshdan boshlab maktabga qabul qilish belgilangan?

6-7 yoshdan

8. Psixologiya so`zini etimologik ma`nosi nima?

Ruh va jon haqidagi ta`limot

9. Qaysi psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyalari O`zbekistonda psixologik xizmatni tashkil qilish uchun asos bo`ladi?

M.Davletshin, E.G`oziyev. M.Vohidov

10. Amaliyotchi psixolog maktabda psixologik xizmatning qaysi yonalishlari bo`yicha ish olib boradi?

Psixiprofilaktika, psixologik manaviy-marifiy ishlar, psixodiagnostika, psixokorreksiya, psixologik maslaxat

11. Qobiliyatga psixologik tarif bering?

Qobiliyat bu kishining biror faoliyatga layoqatliligi, yaroqliligi va bu faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish mahoratidir.

12. Muayyan millatga xos bo`lgan psixologik xususiyatlarni o`rganuvchi fan?

Yetnopsixologiya

13. Psixodiagnostika nima?

Shaxsning yoki guruhning psixologik xususiyatlari, nuqsonlarining sabablarini maxsus psixologik metodlar yordamida aniqlash

14. Iste`dod qaysi uch o`zaro bog`liq parametr (mezonlar) bilan aniqlanadi?

Nutq boyligi , faollik, qiziqishlar

15. Ma`lum sharoitlarga muvofiqlashtirilgan kichik guruhlardagi psixologik muhitni aniqlashda qaysi metod qo`llaniladi?

Sotsiogiometrik metod

16. Qoida va meyorlari individ ongida etalon (namuna) sifatida qabul qiluvchi guruh psixologiyada qanday nomladi?

Referent guruh

17. Xotirani kuchaytirish necha yoshdan qulay?

2-5 yoshdan

18. Ma`ruzada yangi mavzu yuzasidan tushuncha berish qanday maruza turiga kiradi?

Axborot beruvchi

19. Har bir yosh davrida bolalarning psixologik xususiyatlari nimalarda aks etadi?

Yetakchi faoliyatning turida, yosh senzetivligida, psixologik xosilalarida

20. Reflekslar necha xil bo`ladi?

Shartli va shartsiz

21. Bola shaxsi shakllanishida qaysi omillar yetakchi rol o`ynaydi?

Ijtimoiy omillar

22. Qobiliyat nima?

Faoliyat bilan bog`liq individal psixologik xususiyat

23. O`qituvchining akademik qobiliyati nima?

Barcha fanlar yuzasidan muayyan bilmga ega bo`lish

24. O`qituvchining perseptiv qobilyati?

Qisqa daqiqalarga auditoriya holatini idrok qila olish;

25. O`qituvchining gnostik qobiliyati nima?

Tadqiqot ishlariga layoqatliligi

26. Faoliyat nima?

Ehtiyojlarni qondirishga qaratilgan faollik

27. O`zbek millatiga xos, yaqqol ko`zga tashlanuvchi xarakter xususiyatlaridan biri?

Andishalik

28. Tafakkur operatsiyalarini ayting?

Analiz, sintiz, taqqoslash, konkretlashtirish, abstraksiyalashtirish

29. O`qituvchilarning konstruktiv qobiliyati nima?

O`quv – tarbiya ishlarni rejalashtirish va natijasini oldindan ayta olish

30. Psixokorreksiyaning ma`nosi nima?

Tuzatish

31. Yosh davrlar psixologiyasi nechanchi asrda rivojlandi?

XIX asrda

31. O`qituvchi qobilyati haqida ayting?

Tashkilotchilik, didaktik, akademik, kommunikativ

32. Harakatchan, chaqqon tezda tushunadigan lekin jaxldor so`zlari qaysi mijozga taalluqli?

Xolerik

33. Pedagogik psixologiyaning bo`limlari haqida nimalar bilasiz?

Ta`lim psixologiyasi, tarbiya psixologiyasi, o`qituvchi psixologiyasi

34. Vunderkind so`zining lug`aviy ma`nosi nima?

Mo`jiza bola

35. Yosh davrlari psixologiyasida shaxsning ikki xil rivojlanishi to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping?

Ijtimoiy va biologik rivojlanish

36. Psixologiyada layoqatlarning qaysi ikki xil turi farqlanadi?

Tabiiy layoqatlar, ijtimoiy layoqatlar

37. Diqqatga ta`rif bering?

Diqqat ongimizning muayyan obektga yonaltirilishi va unda to`planishidan iborat psixik holatdir

38. Faoliyat turlariga misol keltiring?

O`yin, o`qish, mehnat

39. Pedagogik qobiliyat turlari to`g`ri ko`rsatilgan qatorni toping?

Didaktik, akademik, perseptiv (idrokka oid), nutqiy, tashkilotchilik, muomala va muloqot o`rnata olish

40. Psixologik-pedagogik tashxis daftarini to`g`ri yuritishda qaysi shaxs mas`ul hisoblanadi?

Sinf rahbari va maktab psixologi

41. Bola necha oylik paytidan boshlab eng zarur ruhiy xususiyatlarni egallay boshlaydi?

3 oylikdan boshlab

42. Pedagogik- psixologiyaning asosiy vazifasi haqida aniq ifodalangan tarif bering?

Ta`lim va tarbiyaning qonuniyatlarini o`rganadi

43. Psixologiyaning tarmoqlari haqida nimalar bilasiz?

Umumiy psixologiya, bolalar psxologiyasi, pedagogik psixologiya

44. Voqelik va borliqni psixik aks ettirishning uch asosiy shakli?

Muomala, munosabat, axloq

45. Kichik maktab yosh davrida qanday faoliyat yetakchilik qiladi?

O`qish

46. Introvert atamasi qanday shaxsga nisbatan ishlatiladi?

Muomala qilish qiyin bo`lgan shaxsga

47. Tarbiya psixologiyasiga izoh bering?

Bu pedagogik psixologiya fanining alohida bo`limi bo`lib, u tarbiya jarayonining ichki mohiyatini tadqiq etadi

48. Shaxsning odamiylik fazilatlariga qaysi xislatlarni kiritish mumkin?

Hayo, sabr, ehson, saxovat, adolat, sadoqat, tavoze

49. Yosh davrlari psixologiyasi qanaqa bo`limlardan iborat?

Maktabgacha yoshdagi bolalar psixologiyasi, kichik maktab yoshidagi bolalar psixologiyasi, o`smirlar psixologiyasi, o`spirinlar psixologiyasi

50. Bola 6 (olti) yoshga to`lganda uning so`z boyligi qanchaga yetadi?

3.000 taga

51. Zamonaviy dars deganda nimani tushunasiz?

Qayerda, qanday o`tishidan qatiy nazar o`quvchilar bilimi, ko`nikma va malaka hosil qilish va tabiyalash jarayoni

52. Psixologiya ilmiy atamasi qachon paydo bo`lgan?

XIX asr o`rtalarida

53. Psixologiyaning bir tarmog`i hisoblangan pedagogik-psixologiya qaysi fanlar sirasiga kiradi?

Ijtimoiy fanlar

54. 1-sinf o`quvchilarida diqqatning qaysi turi ustin turadi?

Ixtiyorsiz

55. Psixologiya fan sifatida qadimiy fanmi yoki zamonaviy?

Ham qadimiy ham zamonaviy

56. Inson ruhi sirlarini bilishga bo`lgan dastlabki urinishlar qaysi vaqtga to`g`ri keladi?

Eramizdan oldingi birinchi ming yillik o`rtalariga

57. Psixologik tushunchalar qachondan beri ma`lum?

Psixologiya haqida tushuncha qadim dunyodan malum bo`lib, 2500-3000 yildan buyon ruhiy hodisalar haqida fikr yuritib kelinadi

58. Psixologiya atamasi qachon paydo bo`lgan?

XVI asrda

59. Psixologik ta`lim nima?

Aholining keng tabaqalari o`rtasida psixologik savodxonlikni oshirishga

60. Psixologiya atamasining etimologik mazmuni?

Yunon tilidan olingan bo`lib ruh va jon to`g`risidagi ta`limot degan manoni bildiradi.

61. Qaysi taniqli psixolog olimlarning ilmiy va uslubiy tavsiyanomalari O`zbekistondan psixologik xizmatni yaratishga asos bo`ladi?

M.Davletshin, E.G`oziyev, M.Vohidov

62. Psixologiyaning xalq ta`limi tizimiga taalluqli bo`lgan asosiy tarmoqlarini ayting?

Psixologik xizmat, ruhiy holat, psixologik xususiyatlar

63. Esda olib qolish 2 xil bo`ladi. Ularni ayting?

Mexanik, logik

64. Psixologiyada ikkilamchi guruh sifatida e`tirof etiladi?

Yirik shaharlar aholisi, zavod va fabrika mehnatkashlari, armiya

65. Kichik guruhlarga psixologik tarif bering?

Bir-biri bilan munosabatda bo`lgan, soni jihatdan unchalik katta bo`lmagan (2-25 kishidan iborat) kishilar yig`ilmasi

66. Psixologiyada guruhlar turlari bo`yicha necha xil bo`ladi va qanday deb ataladi?

2 xil — rasmiy va norasmiy

67. Norasmiy guruhga to`g`ri psixologik tarif bering?

Shaxslararo o`zaro ruhiy hamkorlik mavjud bo`lsa

68. Introspeksiya so`zining lug`aviy ma’nosi nima?

Lotincha ichki tomonga qarash

69. Insonning psixofiziologik funksiyalarini o`rganishda Galendan so`ng o`rinni qaysi olim egallaydi.

Abu Ali Ibn Sino

70. Psixologiya tarixida o`rta asr qaysi yillarni o`z ichiga oladi?

V asrdan XIV asrlargacha.

71. Substansiya sozining lug`avi ma`nosi nima?

Butun borliqning birlamchi xususiati.

72. Psixologiyaning inqiroz davri qaysi yillarga tog`ri keladi?

1910-1930-yillar oralig`ida

73. Vebir 1924-yilda qanday asar yozgan?

Sezgilar haqida

74. Farobiy ta’limotida bilishning necha bosqichi haqida fikr bildirgan?

2 ta. Hissiy bilish, Aqliy bilish

75. Irodaviy harakatlar ongli harakatlar sifatida ikkinchi signaller sistemasining faoliyati bilan bog`liqmi?

Bog`liq bo`ladi

76. Malaka deb nimaga aytiladi?

Oldin ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan ish harakatga

77. Motiv deb nimaga aytiladi?

Ehtiyojlarni qondirish bilan bog`liq bo`lgan faoliyatga undovchi sabab

78. Har qanday kishining inson zotiga mansubligini qaysi tushuncha ifodalaydi?

Individ

79. Diologik va manologik nutq qaysi nutq turiga kiradi?

Og`zaki

80. Hissiyot deb nimaga aytiladi?

Tashqi olamdagi narsa va hodesalarga nisbatan bo`lgan munosabatlarimizning va bu munosabatlarimizdan hosil bo`ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirilishiga aytiladi.

81. Sotsiometriya metodi orqali nimani aniqlash mumkin?

Guruh a’zolarining berlashihsini, xush ko`rish yoki ko`rmasligi hamda ledirni tanlash

82. Faollik manbai nima?

Ehtiyojlar

83. Layoqat- bu?

Layoqat shaxsning anatomik- fiziologik xususiyati bo`lib, qobiliyatining o`sishi ucun ma’lum darajada dastlabki shart-sharoitlarni yaratadi.

84. Odam psixikasining rivojlanish davri?

Filogenez va ontogenez

85. Nerv sestemasining kuchli , muvozanatli, passiv, inert tipi qaysi temperamentga mos keladi?

Flegmatik

86. Iroda o`z kelib chiqishiga ko`ra–

Mustaqil ichki manaviy aktivlikning ifodalanishi

87. Qo`zg`alish va tormozlanish jarayonlarining zaifligi bilan xarakterlanadigan zaif-nerv sistemasi tipi qaysi temperamentga mos keladi?

Melanxolik

88. Shaxsning faqat ijobiy irodaviy sifatlari?

Maqsad sari intilish, prinsipiallik, ozodalik, qat’iylik, o`zini tutish, talabchanlik, qat’iylik

89. Xarakterning ijobiy sifati kishining qaysi xislatlarida ko`rinadi?

Xislatlari to`la rivojlangan,yaxlit bir butun, mustahkam, kuchli e’tiqodli, talabchanligi kuchli ifodalangan

90. Ilmiy psixologiyaning tamoiyllaridan biri determinizm prinsipini birinchi bo`lib kim tomonidan yoqlab chiqilgan?

Spinoza

91. Psixologiya faniga appersepsiya atamasini kim kiritgan?

Nemis faylasufi, psixolog Gerbard

92. XIX asr ingliz assotsiativ psixologiya maktabining qanday yetuk namoyondalarini bilasiz?

Tomos Braun, Jems Mill, Gerbard

93. Hozirgi zamon psixologiya fanining predmeti qaysi javobda to`g`ri aks ettirilgan?

Psixologiya psixik faktlarni, ularning qonuniyatlarini, mexanizmlarini o`rganuvchi fandir

94. Sezgi, psixologik hodisalarning qaysi guruhiga (turkumga) kiradi?

Psixik jarayonlarga

95. Barcha psixologik hodisalar to`rt guruhga bo`linadi. Quyida tushirib qoldirilganini toping: psixik holatlar, psixik jarayonlar, psixik xususiyatlar

Individual-psixologik xususiyatlar

96. Qobiliyat, psixologik hodisalarning qaysi guruhi (turkumi)ga kiradi?

Psixik xususiyatlarga

97. Kuzatish metodi turlari?

O`z-o`zini kuzatish

98. Kishilarning psixologik xususiyatlarini standart laboratoriya sharoitida, turli tadqiqot uskunalaridan foydalanib o`rganish metodi?

Eksperiment

99. Psixologiya fanining….metodi jarayonida tadqiqotchi tajriba borishini boshqarish, o`zgartirishlar kiritish orqali standartlashgan natijalar olish imkoniyatiga ega.

Anketa

100. Kishining psixologik xususiyatlarini maxsus tuzilgan savollarni o`z ichiga savolnomalar yordamida o`rganish?

Test

101. Savollarga ularning javob variantlari berilgan anketalar qanday tipdagi anketalar deyiladi?

Sotsiologik tipdagi

102. Qisqa muddatli standart (o`zgarmas) vazifalardan iborat bo`lib, bajarilishi natijasiga ko`ra shaxsning bilim, ko`nikma, malaka, individual xususiyatlarning rivojlanganlik darajasini o`rganish metodi deyiladi?

Kuzatish

103. Kishining aqliy rivojlanish darajasini o`rganish uchun qo`llaniladigan testlar qanday testlar deyiladi?

Intelekt testlar

104. Individual hayot davomida orttirilgan hatti-harakat shakllari…

Ko`nikmalar

105. Ongning rivojlanish tarkibiga quyidagilar kiradi:…

Bilim, munosabat, o`zini anglash, maqsad

106. Fiziologik, psixik va ijtimoiy xususiyatlarni birgalikda olganda, kishining yagonaligi, qaytarmasligi qaysi javobda aks etgan?

Individuallik

107. Ongli maqsad bilan boshqariladigan aqliy va jismoniy faol hatti-harakatlar bu….

O`yin

108. Maqsadga muvofiq harakatlarning amalga oshirilishi va boshqarilishining qisman avtomatlashuvi….deyiladi

Ko`nikma

109. Ma`lum faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo`lgan psixik yoki amaliy ish harakatlar tizimini egallash…deyiladi.

Ko`nikma

110. Faoliyatning asosiy turlari: o`qish, …o`yin. Tushirib qoldirilgan turini ko`rsating?

Mehnat

111. Faoliyat asosini tashkil qiluvchi, hatti- harakatga undovchi kuch?

Motiv

112. Ehtiyojlar kelib chiqishiga ko`ra ikki turga bo`linadi: tabiiy, …tushirib qolidirilganini toping?

Iqtisodiy

113. Ehtiyojlar predmetiga ko`ra quyidagi ikki turga bo`linadi: moddiy, …tushirib qoldirilganini toping?

Madaniy

114. Biror tashkilot tomonidan tuzilib, tasdiqlangan guruhga qanday guruh deyiladi?

Rasmiy

115. Guruhning ichki tuzilishi ikki xil bo`ladi: rasmiy va ……?

Norasmiy

116. Harakatlar yoki harakatlar sistemasini esda olib qolish, esga tushirish, esda saqlash?

Obrazli xotira

117. Predmet, narsa, hodisalar va ularnin xossalari orqasidagi bog`lanishlarni umumlashtirib, vositali aks ettirish?

Idrok

118. Narsa va hodisalar orasidagi bog`lanishlarni aks ettiruvchi tafakkurning mantiqiy shakli?

Sintez

119. Tafakkurning mantiqiy shakllari: hukm, tushuncha,…

Analiz

120. Nutqlarning turlari: tashqi, ichki va..

xulosa chiqarish

121. Psixik faoliyatning shaxs uchun ahamiyatga ega bo`lgan obektga yonaltirilishi…

Diqqat

122. Faoliyat natijasi va uning oraliq bosqichlarini obrazlar orqali aks ettirib, faoliyatni rejalashtirish va boshqarishda ishtirok qiluvchi insongagina xos aks ettirish shakli

Xayol

123. Shaxsning psixologik xususiyatlarining yosh o`zgarishi davomidagi dinamikasini o`rganuvchi fan…dir.

Yosh davrlari psixologiyasi

124. Yosh davrlarini ketma-ketligi tartibida yozing. A-kichik maktab yoshi. B-bog`cha yoshi. V-o`smirlik yoshi. G-o`spirinlik yoshi. D-go`daklik yoshi

DBAVG

125. Yosh davrlari psixologiyasining quyidagi uchta tashkiliy metodi mavjud: uzunasiga kesish,… kompleks. [Yoshlarning ijtimoiy, psixologik va fiziologik jihatdan tez rivojlanish hodisasi…

Emansipatsiya

128. Pedagogik psixologiya…psixologik qonuniyatlarini o`rganuvchi fandir.

shaxs shakllanishining

129. Mustaqillikka intilish…yoshining asosiy psixologik xususiyatidir.

O`smirlik yoshining

130. Bir guruh kishilarni (sinaluvchilarni uzoq vaqt davomida bir yoki bir necha metodikalar yordamida o`rganish…metodidir)

Eksperiment

130. Yosh quyidagi xususiyatlar orqali baholanadi: yoshning sifat, miqdor, ijtimoiy,…biologik xususiyatlar

Fiziologik

131. Yosh davrlari psixologiyasining ilmiy tekshirish metodlarini to`rt guruhga (tashkiliy, empirik, natijalarni qayta tishlash va tahlil, yani interpretatsiya metodlariga) klassifikatsiya qilgan psixolog olim?

A.V. Petrovchskiy

132. O`qitish metodlari quyidagi guruhlarga bo`linadi: ko`rgazmali (reproluktiv), interaktiv, programmali,…tushirib qoldirilganligini toping?

Og`zaki so`rash

133. Ekspriment, anketa, test, kuzatish metodlari «Yosh davrlari psixologiyasi»ning tashkiliy metodlarining qaysi guruhiga kiradi?

interpretatsiya

134. O`quvchi shaxsini har tomonlama (manaviy, jismoniy, estetik, psixologik va h.k) rivojlantirishga yonaltirilgan jarayon?

Ta`lim

135. O`quvchilarda malum bilim, ko`nikma va malakalarni rivojlantirishga yonaltirilgan o`quvchi va pedagoglarning hamkorlikdagi faoliyati?

O`qish

136. Pedagogning og`ir o`quv materiallarni yengil, tushunarsizni-tushunarli, murakkabni oddiy qilib bera olish qobiliyati?

Akademik

137. Biror nazariy yoki amaliy ishni muvaffaqiyatli bajarish shartlaridan biri bo`lib, kishining tajribasiga, bilimiga, tug`ma imkoniyatlariga bog`liq ravishda shakllanadigan xususiyat?

talant

138. Bola shaxsining shakllanishini qanday omillar belgilaydi?

Biologik va ijtimoiy omillar

139. Nisbatan zaif, lekin odatda ancha davom etadigan, odamning psixik jarayonlarida va uning butun xulk-atvorida aks etadigan umumiy emosional holat nima deb ataladi?

140. Shaxsning qo`rqish va dovdirab qolish tuyg`usini yengish qobiliyati qaysi irodaviy sifatiga kiradi?

Qat`iylik

141. Assotsiastiya deganda nimani tushuniladi?

Narsa va hodisalar o`rtasida aloqa o`rnatish

142. Parishonlik qaysi psixik jarayonning xususiyati?

Diqqat

143. Psixologiyada qaysi tadqiqot metodlaridan foydalaniladi?

Kuzatish, eksperiment, suhbat, anketa, sosiometriya va test metodlaridan

144. Guruh deganda nimani tushunasiz?

Muayyan belgi, maqsad, tashkil topish xususiyatiga qarab birlashgan insoniy umumiylik

145. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasining prinsiplari qaysi javobda to`g`ri ko`rsatilgan?

Ong va faoliyat birligi, determinizm, psixika va ongning faoliyatida rivojlanishi

146. Shaxs faolligi manbai nima?

Shaxs ehtiyojlari

147. Tafakkur tushunchasiga tarif bering?

Narsa va hodisalar o`rtasidagi muhim bog`lanishlar va munosabatlarning ongimizda umumlashtirib aks ettirilishi tafakkurdir

148. Xayol tushunchasiga ta`rif bering?

Odam ongida ilgari idrok qilingan narsa va aloqalarni qayta tiklash va bir-biri bilan yangicha qushilishi orqali yangi narsa va hodisalarning qiyofalarini hosil qilishga xayol deyiladi.

149. Iroda tushunchasiga ta`rif bering?

Iroda – bu kishining oldiga qo`yilgan maqsadga erishishda qiyinchiliklarni yengib o`tishga qaratilgan faoliyati va xulq atvorini ongli tashkil qila olishi va o`z-o`zini boshqarishdir.

150. Shaxsning tarkib topishida va rivojlanishidagi asosiy faoliyat turlari qaysilar?

O`yin, o`qish, mehnat

151. Kishining dunyoqarashi qanday shakllanadi?

Atrof-muhitni yaxlit idrok qilish, farqlash, taqqoslash va izohlay olish

152. Kasb ta`limi psixologiyasi qaysi sohalarni o`rganadi?

Kasb tanlashga doir manaviy axloqiy sifatlarni egallashni

153. Muhandislik psixologiyasi nimani o`rganadi?

«Jamoa-odam-mashina» tizimida odam psixik imkoniyatlarini

154. Psixologiyada dualizm oqimining asoschisi kim?

Aflotun

155. Kim «Jon bilan tana bo`linmasdir» degan fikrni bildirgan?

Arastu

155. Determenizm tamoyilining mohiyati nimadan iborat?

Sababiy bog`lanishdir

156. Psixologiyaning predmeti xulq – atvor bo`lishi kerak, degan fikr kimniki.

Bixeviorizm

157. Psixologiyaning evolyusion taraqqiyoti qaysi davrni o`z ichiga oladi?

Tirik organizimlar paydo bo`lgan davrni

158. Tabiiy eksprement metodi kim tomonidan fanga kiritilgan?

A.F. Lozurskiy

159. Faoliyatda motiv qanday vazifani bajaradi?

Undovchilik

160. Yeksteriorizasiya deganda nimani tushunasiz?

Ichki ideal ishdan tashqi real ishga o`tish

161. Refleks nima?

Organizmning tashqi muhit tasiriga nerv tizimi orqali beradigan javob reaksiyasi

162. Freydizm nazariyasiga ko`ra shaxs aktivligining manbai nima?

Instinktlar

163. Hozirgi zamon ilmiy psixologiyasining prinsiplari haqida nimalar bilasiz?

Ong va faoliyat birligi, determinizm, psixika va ongning faoliyatida rivojlanishi

164. Laboratoriya eksprementi metodi

Tadqiqot odatdagi sharoitlarda o`tkaziladi

165. Shaxs kamoloti qaysi omillarga bog`liq?

Shaxs ehtiyoji, ta`lim-tarbiya va o`zligini anglashishga

166. Bir vaqtning o`zida o`qituvchini tinglab, yozib, hamda o`rtog`ining iltimosini bajargan talaba diqqatining xarakterli xususiyatlari qaysi?

Diqqatning taqsimlanishi

167. Kishi boshdan kechirgan biror hodisani eslaganda rangi uchib yoki qizarib ketsa u odamda qaysi xotira turi ustunlik qiladi?

Yemosional xotira

168. Kimning xotirasi kuchli, agar u …

Tez esga oladi, sekin unutadi

163. Ko`nikma va malakani farqi bormi?

Ko`nikma va malaka bir – birini to`ldiradi

164. Shaxsda « Men» timsoli qachon paydo bo`lgan?

Ilk bolalik davrida

165. Shaxs haqida tushuncha bering?

munosabatga kirishuvchi konkret odam

166. Kuzatish, tajriba, suhbat,anketa va test uslublari bolalar psixologiyasining qaysi guruh uslubiga kiradi?

Yemperik (malumot to`plash) uslublari

167. Psixologiyaning qaysi sohalarida test metodidan keng qo`llaniladi?

Ijtimoiy psixologiyada

168. Ikki xil signal sistemasi haqidagi ta`limotni fanga kim kiritgan?

I.P.Pavlov

169. Faoliyat deganda nimani tushunasiz?

Anglangan maqsad asosida boshqariladigan jismoniy va ruhiy faollik

170. Sosiometrik metodini kim ishlab chiqqan?

D. Moreno

171. Shaxsning tarkib topishida va rivojlanishidagi asosiy faoliyat turlarini ayting?

O`yin, o`qish, mehnat

172. Shaxsning xarakteri deb nimaga aytiladi?

Tevarak-atrofdagi narsalarga, boshqa odamlarga va o`ziga bo`lgan munosabatlarda namoyon bo`ladigan xususiyatlarga xarakter deyiladi.

173. Talaba temperamentini malum tipga kiritish uchun qaysi fazilatlarni hisobga olish kerak?

Psixik xususiyatlar nisbati, qo`zg`alish va tormozlanishini, faollik darajasini, ishchanlik davomiyligini

174. Shaxs kamoloti qaysi omillarga bog`liq?

Shaxs ehtiyoji, ta`lim-tarbiya va o`zligini anglashishga

175. Temperament – so`zi kim tomonidan kiritilgan?

Gippokrat

176. Nutqsiz kommunikasiya bu…

So`zlarni sistematik ravishda ifoda etish

177. Individ haqida tushuncha bering?

Biologik jonzotga xos jamiyatdan tashqari, ijtimoiy tarixiy xarakterga ega bo`lgan insondir

178. Muloqot deganda nimani tushunasiz?

Kishilar faoliyatida nutqli va nutqsiz munosabatga kirishishishi, o`zaro fikr almashishi muloqotdir

179. Adaptatsiya so`zi qaysi psixik jarayonga tegishli?

Sezgi

180. Polilog so`zi qaysi psixik jarayonga tegishli

Xotira

9 комментариев к “Attestatsiya jarayoni uchun namunaviy psixologik savollar”

  1. Уведомление: discuss#linked here

  2. Уведомление: buy colt pistols

  3. Уведомление: Text Inmate

  4. Уведомление: เงินด่วน

  5. Уведомление: ruger mark iv threaded barrel

  6. Уведомление: What Are Essential Oils and Do They Work?

  7. Уведомление: Buy Golden Teacher Mushroom Online New South Wales

  8. Уведомление: Web Hosting

  9. Уведомление: Belcampo Anya

Комментарии закрыты.