AYOL DЕKRЕT TA’TILI TUGAMASIDAN XAM ISHGA QAYTSA BO‘LADIMI.
⚡️SAVOL;
Men bir yil oldin dekret ta’tiliga chiqqan edim. Farzandim ikki yoshga to‘lmasidan hozir xam ishga qaytishim mumkinmi ?
⚡️JAVOB:
Ishga qaytishingiz mumkin. Faqat degan joylari bor !
📃 Ma’lumki Mehnat kodeksining 233-234 moddalariga asosan, ayollarga tuqqunga qadar 70 kun va tuqqanidan keyin 56 kun muddati bilan homiladorlik va tug‘ish ta’tillari berilib, davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha nafaqa to‘lanadi. Shuningdek, ayolning XOHSHIGA KO‘RA, unga bolasi 2 yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ta’til berilishi mumkin. Qolaversa, ayolga, uning XOHSHIGA KO‘RA, bolasi uch yoshga to‘lgunga qadar bolani parvarishlash uchun ish haqi saqlanmaydigan qo‘shimcha ta’til ham beriladi. Har ikki holatda xam ayolning ish joyi saqlanadi.
🟢 Ko‘rib turibmizki, bola ikki yoshga to‘lggunigacha ta’til xam, uch yoshga kirguniga qadar beriladigan ta’til xam hodimning xohshiga ko‘ra beriladi deyilyabdi. Demak, bola parvarishi ta’tiliga chiqish bu ayolning huquqi, majburiyati emas. Qonunda ayol albatta ta’tilga chiqishi shart deyilgani yo‘q. Endi to‘g‘ri, bola tug‘ilganidan keyin 56 kun o‘tib xechkim ishga qaytmasa kerak. Ayniqsa bizni o‘zbekchilikda bolaga katta e’tibor bilan qaraladi lekin, vaziyat degan narsa xam bor. Xammaning sharoiti birdek emas. Kimdir farzandi sal o‘zini eplab qolsa moddiy yetishmoqchilik sababli ishga qaytishga majbur bo‘ladi.
✏️ Xosh masalani yuqoridagi faqat degan joyi qayerda ? Gap shundaki, ko‘pchilik dekretga ketayotgan ayollar bolasi ikki yoshga kirguniga qadar ta’tilga chiqish uchun rahbar nomiga ariza yozayotganida— «Menga farzandim ikki yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishi uchun ta’til berishingizni so‘rayman» deb kimdir qo‘liga tutqazib qo‘ygan na’munadan ko‘chirib ariza yozadi. Xamma masala manashu joyda ! Ariza yozishda shu joyiga alohida e’tibor berishingiz kerak. Sababi, siz shunday ariza yozib ta’tilga chiqqaningizdan keyin rahbar sizni o‘rningizga Mehnat kodeksining 76-moddasiga asosan o‘sha ikki yilga mo‘ljallab muddatli mehnat shartnomasi asosida boshqa hodimni ishga oladi. Siz farzandingiz ikki yoshga to‘lmasidan ishga qaytaman desangiz yuqoridagi mazmunda yozgan arizangizni sizga ko‘rsatib, bolangiz ikki yoshga to‘lmaguncha ishga qaytolmasligingizni pesh qilishadi.
✏️ Mehnat kodeksining 105-moddasi mazmuniga ko‘ra, aslida rahbar sizni o‘rningizga ishga olayotgan hodim bilan, dekretga ketgan hodim ISHGA QAYTGUNIGA QADAR deb mehnat shartnomasi tuzishi kerak lekin, rahbar unday qilmaydi. Aynan ikki yilga shartnoma tuzadi tamom. Uniyam sal-pal qonunchilikni tushunganlari tuzadi. Tushunmaganlari kettimi ketti deb boshqasini muddat ko‘rsatmay shunday ishga ovororadi.
✏️ Xullas, farzandingiz ikki yoshga to‘lguniga qadar ta’tilga chiqmoqchi bo‘lib ariza yozayotganingizda aynan farzandim ikki yoshga to‘lguniga qadar ta’til berishingizni so‘rayman deb emas, ishga qachon qaytmoqchi bo‘lsangiz o‘sha muddatni ko‘rsatib xam ariza bersangiz bo‘ladi. Masalan «Farzandim bir yoshga to‘lguniga qadar bola parvarishi uchun ta’til berishingizni so‘rayman» deb yoki ikki yoshga to‘guniga qadar deb yozsangiz xam, shu ikki yil ichida «Ishga qaytish huquqimni saqlab qolaman» degan jumlani qo‘shib qo‘ysangiz rahbar sizni o‘rningizga ishga olayotgan hodimi bilan o‘ylashib shartnoma tuzadi.