Badan tarbiya haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Biz materialistlar — quvnoq kishilarmiz, biz — sog‘lom odamlarmiz, binobarin, jismoniy tarbiyaning ulkan mohiyatini yaxshi his qilamiz.
A. N. LUNAChARSKIY
Gimnastika, jismoniy mashqlar, piyoda yurish mehpat qobiliyatini va salomatligini saqlab qolmoqchi bo‘lgan, chinakam va shodmon hayot kechirishni xohlagan har bir odamning kundalik turmushidan mustahkam o‘rin olmog‘i lozim.
GIPPOKRAT
Salomatlikni saqlash hamda har turli kasalliklarning ol-dini olishda badantarbiya va harakatdan yaxshi vosita yo‘q.
M. Ya. MUDRON
…Har kungi zaruriy gimnastikani kanda qilma, o‘zingni majburlab bir necha o‘n martalab (muttasi) har xil harakatlar qil! Bu juda muhimdir.
V. I. LENIN
Hayot harakatni talab qiladi.
PLUTARX
Harakat — hayot xazinasi.
ARASTU
Men harakatni keksayishga qarshi kurashniig eng samarali vositasi deb bilaman.
V. V. GORINEVSKIY
Harakat ta’sir jihatdan har qanday dorining o‘rnini bosishi mumkin, lekin dunyodagi jamiki dori-darmon harakatchalik ta’sir ko‘rsatolmaydi.
T. TASSO
Harakat hayotdir, harakatning kamayishi hayotiy jarayonlarni susaytiradi.
V. V. GORINEVSKIY
Jismoniy mehnat qilmaslik, harakatsiz, faqat aqliy mehnat bilan shugullanish — g‘am-tashvish keltiradi.
L. N. TOLSTOY
Mutanosiblikni saqlash, go‘zal va soglom bo‘lish uchun faqat fan va san’at sohasidagi bilimlarning o‘zi kifoya qilmaydi, buniig uchun umr bo‘yi badantarbiya va gimnastika bilan shugullanish talab etiladi.
AFLOTUN
Jismonan baquvvat odamgina yaxshi hayot kechiradi.
M. I. KALININ
Jismoniy go‘zallik hamisha soglomlik, jo‘shqin g‘ayrat haqidagi tushuncha bilan uyg‘unlashib ketadi.
L. N. TOLSTOY
To‘g‘ri aql-idrokli bo‘lishni istagan odam o‘z tanasini parvarish qilib turishi kerak.
R. DEKART
Ma’naviy sog‘lom bo‘lish uchun jisman bardam bo‘lish ham lozim.
L. N. TOLSTOY
Ruh qal’asini saqlab qolish uchun jism qal’asini mustahkamlash zarur.
V. GYuGO
Sport ishonch-e’tiqod madaniyatini, tetiklik madaniyatini shakllantiradi.
A. V. LUNAChARSKIY
Gimnastika inson yogaligini uzaytiradi.
J. LOKK
Gimnastika tibbiyatning shifotbaxsh tarkibidir.
AFLOTUN
Yomgir daraxt g‘uborini yuvganiday, gimnastika ham badan g‘uborini tozalaydi.
GIPPOKRAT
Tajriba shuni ko‘rsatadiki, gimnastika kishini erkin hara-kat qilishga o‘rgatish bilan birga, uni talay eski dardlardan ham forig etadi.
K. D. UShINSKIY
Badantarbiya va o‘zni tiyish tufayli ko‘p odam tabobatga muhtojlik sezmaydi.
J. ADDISON
O‘z vaqtida, me’yori bilan badantarbiya qilgan odamga dard yaqin yo‘lamaydi.
IBN SINO
Badantarbiya bilan mashg‘ul bo‘linsa, hech qanday dori-darmonga zarurat qolmaydi,buning uchun muayyan bir tartibga rioya qilmoq ham shart.
IBN SINO
Badantarbiya ko‘plab dori-darmonning o‘riini bosishi mumkin, lekin birorta dori ham badantarbiyaning o‘rnini bosolmaydi.
A. MYuSSE
Xotirani kuchaytirishning eng muhim sharti asablarning soglom bo‘lishidir. Buning uchun esa badantarbiya bilan shug‘ullanish lozim.
K. D. UShINSKIY
Gimnastika yordamida tana muvozanatini yanada yaxshilashni xohlayman.
SUQROT
Tana harakati aql harakatiga naqadar ta’sir ko‘rsatishini tasvirlash mahol.
PLINIY
Daraxt shamolsiz, yomg‘irsiz, issiq va sovuqsiz ko‘karolmaydi, shular bo‘lmasa borib-borib qurib qoladi, xuddi shuningdek, inson tanasiga ham har xil harakat va jiddiy mashqlar zarur.
Ya. KOMENSKIY
Salomatlik ham xuddi kasal-lik kabi yuqumlidir.
R. ROLLAN
Agar 30, 40 va hatto 5 yoshda badantarbiya bilan shug‘ullanmasalar, buni bekorchilik buyuk farog‘at hisoblangan o‘tmishdan qolgan bid’at deb tushunmoq kerak.
V. V. GORINEVSKIY
Badantarbiyani tark etgan odam aksari xarob bo‘ladi, zero xarakatsiz qolgan a’zolarning quvvati zaiflashadi.
IBN SINO
Sog‘ligingda yugurmasang, og‘riganingda chop-chop qilasan.
GORASIY
Aqliy mehnatdan keyingi xordiq bekorchilik emas, balki jismoniy mehnatdir, bu faqat huzurbaxsh bo‘libgina qolmay koni foyda ham. Aqliy mehnatni jismoniy mehnat bilan almashtirib turish kerak.
K. D. UShINSKIY
Asosiy dori-darmonlar — sof havo, sovuq suv, arra bilan bolta.
V. D. POLENOV
Sovuq suv shifo etadi, kasallikning oldini oladi, tanani chiniqtirib, ruhingizni tetiklashtiradi.
A. SELS
Sayr va cho‘milishdan keyin yoshargandek bo‘laman, eng muhimi, tana harakati bilan miyamni mashq qildirib, dam oldiraman.
K. E. SIOLKOVSKIY
Yurganim sayin fikrim tiniqlashadi. Bir joyda turganimda deyarli fikr yuritolmayman; tanam hammavaqt harakatda bo‘lishi kerak, ana o‘shanda aqlim ham harakatga keladi.
J. J. RUSSO
Harakat va piyoda yurish miyaga turtki berib, fikrni ishga soladi.
J.J. RUSSO
Yurganimda tafakkurim tiniqlashib, fikrni ifoda etishning yana yaxshi usullarini topaman.
I. GYoTE
Salomatlik va a’zoyi-badanning har tomonlama kamolotsiz insonni to‘kis va go‘zal qiyofada tasavvur qilib bo‘lmaydi.
N. G. ChERNIShEVSKIY
Aqliy qobiliyatlarini iloji boricha ko‘proq saqlab qolish va to‘la-to‘kis hayot kechirishni xohlagan odamlar turmush tarzini to‘g‘ri tashkil qilishlari va gigiyena qoidalariga to‘la rioya etishlari lozim.
I. I. MEChNIKOV
Palogat yoshpda amal qilinadigan oqilona gigiyena, nazarimda, organizmni tez qarishdan asraydigan eng yaxshi vositadir.
F. VURLER
Gigiyena inson rivojini yanada takomillashtirishi, tanazzulini sekinlashtirishi, hayotinp mustahkamlab, o‘limipi orqaga surishi lozim.
M. PETENKOFER
Inson organizmida rntmdan kuchli hukmron yo‘q. Hsch bir a’zo ritm izmidan chiqib ketolmaydi.
I. P. PAVLOV
Inson hayotining butun asosi — tabiat har bir kishiga in’om etgan ritmdan, nafas olishdan iborat.
K. S. STANISLAVSKIY
Oqpl odamning butun harakati o‘z organizmini ilma-teshik bo‘lib ketgan qayiqday yamab-tuzatishga sarf bo‘lmasligi kerak, aksincha, shunday yashash kerakki, organizm ilojp boricha kamroq zararlansin va binobarin, yamab tuzatishlarga iloji boricha kamroq duchor bo‘lsin.
D. I.PISAREV
ziyouz.uz

Оставьте комментарий