Barcha internet kasblar ro’yxati

DO`STLARGA ULASHING:

Hozirgi kunda bu ro’yxatimiz hali to’liq emas, va biz bu borada ish olib boryapmiz. Yaqin kunlarda yana to’ldirishlar qilamiz va ro’yxat o’zining mantiqiy o’rinlarini topadi.

Matn yozish va ishlov berish

  • Kopirayter
  • Rerayter
  • Yozuvchi
  • SEO kopirayter
  • SEO rerayter
  • Content menejer
  • Email xabar bo’yicha mutaxasis
  • Muharrir
  • Matn yozuvchi

Dizayn va chizish kasbiga bogliq ishlar

  • Web dizayner
  • Grafik dizayneri
  • Kompyuter o’yinlari dizayneri
  • Kiyim kechak dizaynerlari
  • Arxitektor

Sayt tuzish va programmist

  • Mobil dasturlar yozuvchi
  • Flash dasturchi
  • Veb-sahifani optimallashtiruvchi
  • SEO mutaxasis
  • Sayt tuzuvchi (Webmaster)

Chet tillardan tarjima

  • Badiiy matnlar tarjimoni
  • Texnik tarjimon
  • Sayt tarjimoni
  • Kompyuter o’yinlari va o’rgatuvchi video darslar tarjimoni

Reklama va rivojlantirish

  • PR — meneger
  • SMM — menejer
  • Internet marketolog
  • Ijtimoiy tarmoqlar orqali reklama qiluvchi mutaxasis
  • Ijtimoiy tarmoqlarni rivojlantiruvchi mutaxasis
  • YouTube kanalini rivojlantiruvchi mutaxasis
  • Ijtimoiy tarmoqlardagi guruhlar administratori
  • Reklama kompaniyasini sozlovchi mutaxasis (Yandex Direkt, Google AdWords)

Pul ishlash uchun eng oddiy kasblar

  • Transkribator (Video va audiolarni matnga aylantiruvchi)
  • Masofaviy dispetcher (taxi)
  • Onlayn maslahatchi (onlayn-do’kon xizmatchisi)
  • Talabalar ishining muallifi
  • Texnik qo’llab-quvvatlash bo’yicha mutaxassis
  • Shaxsiy yordamchi

Boshqa kasblar

  • Masofaviy hisobchi (buxgalter)
  • Sotuvlar bo’yicha menejer
  • Video muharrir (video montajchi)
  • Maslahatchi mutaxassis (shifokor, psixolog, advokat)
  • Moliyaviy maslahatchi
  • Webinar o’tkazuvchi, koucher, o’rgatuvchi

Eng mashhur va daromadli onlayn kasblar qaysi?

Albatta, yuqoridagi kasblardan birini tanlashda har bir kishining hayoliga birinchi navbatda, qaysi birini tanlasam yaxshi daromad olaman degan savol kelishi tabiiy. Men ham endi boshlagan paytlarim bu savolni o’zimga berganman va qaysi kasbga talab katta, qaysi kasbga yaxshi pul to’lashadi – shularni aniqlashga uringanman.

Manabu kasbda ko’p pul ishlasa bo’larkan, falon kasbda yaxshi pul to’lasharkan – deb, bir necha bor o’z yo’nalishimni o’zgartirishga ham harakat qilganman. Hozir kim yaxshi ishlayotgan bo’lsa, barchasi bu yo’lni bosib o’tishgan.

Keling yaxshilab o’ylab ko’ramiz, kim hozir yaxshi pul ishlayapdi va qanday ish bilan shug’ullanayapdi? Bir necha bor o’z yo’nalishimni o’zgartirib shuni tushundimki, o’ziga yoqqan ish bilan shug’ullanayotgan PROFESSIONALlar yaxshi pul ishlashayapdi. Ya’ni o’ziga yoqqan ishning ustasi.

Farqi yo’q, kopiraytermi, dizaynermi, dasturchimi, biznesmenmi, xohlagan kasbda PROFESSIONAL bo’lsangiz siz albatta talab katta va pul ko’p to’lanadigan odamga aylanasiz. Hozirgi kunda Microsoftga o’xshagan katta katta kompaniyalar diplomingiz haqida so’ramayapti, “diplomingni uyinga yashirib qo’y, mana senga uch oy muhlat, bizga qaysi ishni qoyil qilib berasan” deyishyapti. Shunday ekan, hozir diplom shartmas, tajriba muhim.

Kasbni qanday tanlash kerak

Kasbni tanlashda, nima sizga qiziq, nima sizni quvontiradi motivatsiya beradi – shulardan kelib chiqib tanlang. Yaxshi ko’rgan kasbingizni tanlang va 3-4 oy erinmasdan tajribangizni oshiring, kasb sirlarini o’rganing, mana sizga daromadli ish. Va siz, ish qidirish, ish izlash kabi hayollardan butunlay ozod bo’lasiz.

Agar siz o’zingizga yoqmaydigan, lekin, ko’p daromad keltiradigan ishni tanlasangiz u hech qachon sizga yaxshi daromad keltirmaydi. Axir o’zingiz o’ylab ko’ring, o’zingizga yoqmaydigan ishda har doim yaxshi kayfiyat bilan ishlash uchun kuchni, g’ayratni, motivatsiyani, shijoatni qayerdan olasiz? Axir omadga eltuvchi kuchlardan biri bu sizning shijoatingiz emasmi?..

Xohlagan kasbda yaxshi pul ishlash mumkin, faqat kasbni yaxshi ko’rib, sevib, tajriba orttirib ishlash lozim. Internetda ham xuddi hayotdagi kabi xizmatingizga haq to’lashadi. Hech qachon internetdan PUL tugmasini qidirmang, u yo’q. Shunday ekan yuqoridagi kasblardan ko’nglingizga yoqqanini tanlang va ishga kirishing!

Kasblar boyicha guruhlar

Do’stlar, hamfikr va kasbdoshlarning bir birlari bilan tajriba almashishlari va bir birlariga buyurtmalar berib, buyurtmalar olishlari uchun har qaysi kasb uchun alohida guruhlar ochganmiz. O’z kasbingizga oid guruhlarga a’zo bo’ling va do’stlaringiz bilan aloqada bo’lib turing.

Guruhlarga qo’shiling va bir birovingizga foydali bo’ling:

  • Maqola yozuvchilar guruhi
  • Web diyaynerlar guruhi
  • Shaxsiy yordamchilar guruhi
  • SMM – mutaxasisligi guruhi
  • Marketologlar guruhi
  • Dasturchilar guruhi
  • YouTube mutaxasislari guruhi
  • Instagram menejerlari

Xulosa

Bugungi axborot asrida yuqoridagi kasblarning barchasini internet orqali mutloqo bepul o’rganishingiz mumkin, lekin afsuski, bu malumotlarning aksariyati rus va ingliz tillarida, bu esa til bilmaydiganlarga ancha qiyinchiliklar tug’diradi. Natijada ko’p odamlarimiz taraqqiyotdan orqada qolib ketishyapti.

Shu sababli, biz bu ma’lumotlarni o’zbek tilida, tushunarli qilib уеtkazib berish maqsadida saytimizda ushbu ruknni ochdik. Bu rukn hali to’liq emas albatta, ish jarayonida qolgan ma’lumotlarni ham joylashtirib, kengaytirib boramiz.

Qiziqarli va foydali malumotlardan xabardor bo’lib turish uchun sayt yangiliklariga obuna bo’ling! Fikr va mulohazalaringizni izohlarda qoldiring. Siz internetda qaysi kasb bilan shug’ullanasiz? Tajribalaringiz bilan o’rtoqlashing! Biz bilmagan kasb turlarini bilsangiz, maqolani to’ldirishda o’z hissangizni qo’shing. Men esa maqolamizning davomida ko’rishguncha deb sizlar bilan xayrlashaman, xayr.

Hurmat bilan Umidjon Obudov

17 комментариев к “Barcha internet kasblar ro’yxati”

  1. Уведомление: Videos De Trios En Chaturbate

  2. Уведомление: Check This Out

  3. Уведомление: fake clone and rolex watch

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  7. Уведомление: บาคาร่า

  8. Уведомление: เงินด่วน

  9. Уведомление: เงินด่วนออนไลน์ โอนเข้าบัญชี ได้จริง

  10. Уведомление: buy psilocybin mushrooms united states

  11. Уведомление: go here

  12. Уведомление: why not find out more

  13. Уведомление: how to download youtube videos

  14. Уведомление: Changa DMT For Sale Australia

  15. Уведомление: best site to buy magic truffles?

  16. Уведомление: ยี่กี5นาที

  17. Уведомление: EVOPLAY GAMES ค่ายสล็อตแตกง่าย ทดลองเล่น DEMO

Комментарии закрыты.