Barcha ma’lumotlarni eski smartfondan yangisiga qanday o‘tkazish mumkin?

DO`STLARGA ULASHING:

Barcha ma’lumotlarni eski smartfondan yangisiga qanday o‘tkazish mumkin?
Smartfon almashtirganda barcha ma’lumotlarni biridan boshqasiga oson va tez nusxalab olish asosiy vazifa bo‘lib hisoblanadi.
Albatta, tez va cheklanmagan internet trafikka ega foydalanuvchilar ushbu vazifani Google hisobi (#Akkaunt) va bulutli xizmatlar yordamida amalga oshirishlari mumkin.
Biz esa har bir smartfon ishlab chiqaruvchisi taqdim qilgan va internetni talab qilmaydigan maxsus ilovalardan foydalanishni tavsiya qilamiz. Har bir ilova boshqa markadagi smartfonda o‘rnatilganda ma’lumotlarni faqat jo‘nata oladi.
Samsung smartfonlari foydalanuvchilari uchun: Smart Switch Mobile (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.sec.android.easyMover&hl=ru)ilovasi
Samsung bo‘lmagan boshqa smartfonlardan ham, turli xil usullarda (Wi-Fi va kabel orqali) kontaktlar, musiqa, rasmlar, video, taqvim (kalendar), SMS, qo‘ng‘iroqlar jurnali, eslatmalar (zametki), Wi-Fi parollari, hujjatlar, ilovalar ma’lumotlari, Google hisobi va qurilma sozlamalarini osongina ko‘chirishga imkon beradi.
Xiaomi smartfonlari foydalanuvchilari uchun: Mi Mover (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.mi.global.mimover) ilovasi
Yaqin-yaqingacha ushbu ilova orqali faqatgina Xiaomi smartfonlari o‘rtasida ma’lumotlarni o‘tkazish mumkin edi. Endilikda esa boshqa smartfonlarda ham ushbu ilovadan foydalanish mumkin.
Mi Mover deyarli har qanday ma’lumotlarni o‘tkazish imkonini beradi: rasmlar, videolar, musiqa, hujjatlar, SMS, kontaktlar, qo‘ng‘iroqlar jurnali, taqvim voqealari, eslatmalar, budilnik, ilovalar va boshqalar.
Huawei smartfonlari foydalanuvchilari uchun: Phone Clone (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.hicloud.android.clone&hl=ru) ilovasi
Eski smartfoningizdagi kontaktlar, SMS, qo‘ng‘iroqlar jurnali, eslatmalar, yozuvlar, taqvimlar, rasmlar, musiqa, video, hujjatlar va ilovalarni yangisiga o‘tkazishingiz mumkin.
Barcha smartfonlar foydalanuvchilari uchun universal ilova:
CLONEit (https://play.google.com/store/apps/details?id=com.lenovo.anyshare.cloneit&hl=ru) ilovasi 12 turdagi ma’lumotlarni biridan boshqasiga ikkita oddiy bosqichda o‘tkazish mumkin.
12 turdagi ma’lumotlar: kontaktlar, SMS, qo‘ng‘iroqlar jurnali, ilovalar, ilova ma’lumotlari, SD-kartalardagi barcha fayl turlari (rasmlar, videolar, musiqa), taqvim, tizim sozlamalari (Wi-Fi parollari, brauzer zakladalari) va boshqalar.

Оставьте комментарий

Ваш адрес email не будет опубликован.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek