Barhayotlik uchun kurash

DO`STLARGA ULASHING:

Hayot barhayotlik uchun kurashdir…
M. M. PRIShVIN
Hayot o‘limni hech qachon pisand qilmaydi. O‘lim ro‘parasida u qahqaha uradi, qo‘shiq aytib, raqsga tushadi, quradi, teradi va sevadi. Faqat o‘limning o‘zini alohida ajkratib qarasak, uning bo‘m-bo‘shligini ko‘rib, xijolat tortamiz.
R. TAGOR
O‘lim inson uchun hech narsa emas, chunki biz bor paytimizda o‘lim bo‘lmaydi, o‘lim bor joyda esa biz bo‘lmaymiz.
EPIKUR
Odam faqat men mavjudman, deb bilganda edi, o‘lim haqida hech qanday tasavvurga ega bo‘lmasdi.
E. KONDILYaK
Donishmand odam umrining oxiriga borib o‘limning faqat chetdan qaraganda, yaqin kishilari uchungina dahshatli ekanini, o‘zi uchun esa hech narsa emasligini, qanday tug‘ilgan bo‘lsa xuddi o‘shanday ketishini tushunadi…
M.M.PRIShVIN
Hayot bilan vidolashayotgan paytda o‘lim dahshati sezilmaydi, faqat qon va tana o‘lim bilan olishishi, unga qarshilik ko‘rsatishi mumkin, aql-idrok esa loqayd va befarq tomoshabin bo‘lib turaveradi.
E. KAPIEV
Odamlarning o‘lim degan narsani bilishi aslida ularning o‘limdan bexabarligi vajidap unchalik qo‘rqinchli tuyulmaydi; qazo vaqtining noaniqligi abadiyatga o‘xshab ketadi.
J. LABRUER
Tabiat bizga o‘lim haqida o‘ylamaslik salohiyatini ato etgan, aks holda, olam harakatdan to‘xtab qolgan bo‘lardi.
F. GVIChChARDINI
O‘lim muqarrarligini hammamiz yodda tutishimiz va binobarin, mangu barhayot bo‘lib qolish ishonchi bilan yashashimiz kerak.
F. GVIChChARDINI
Agar bizga o‘limni yoki hech qachon o‘lmaslikni tanlash zarur bo‘lib qolsa, hech birimiz aniq bir qarorga kelolmasdik. Tabiat o‘limni muqarrar qilib, bizni bu mushkulotdan xalos etgan.
J. LABRUER
O‘limning muqarrarligini hamma biladi, ammo u yaqin emasligi tufayli hech kim o‘lim haqida o‘ylamaydi.
ARASTU
O‘lolmayman, deb tashvish tortmang: vaqt-soat yetganda tabiatning o‘zi bunga yaxshilab o‘rgatib qo‘yadi; siz uchun ham hammasini o‘zi hal qiladi, bu haqda bosh qotirib yurmang…
M. MONTEN
O‘lyamdan qo‘rqish ham, qo‘rqmaslik ham mumkin — u muqarrardir.
I. GYoTE
Donishmandning o‘limi o‘lim-ni pisand qilmaydigan o‘limdir.
SENEKA
Suqrot: «O‘ttiz hukmdor seni o‘limga hukm etishdi» — degan odamga: «Ularni esa tabiat o‘limga mahkum etgan» — deb javob beribti.
M. MONTEN
Hayoti eng qadrli bo‘lgan odamlar o‘limdan shuncha kam qo‘rqishadi.
I. KANT
Odam yaxshi bo‘lgan sari o‘limdan kamroq qo‘rqadigan bo‘ladi.
L. N. TOLSTOY
O‘lim dahshati yaxshi turmushga teskari proportsionaldir.
L. N. TOLSTOY
Matonatli kishilarga o‘limning yaqinlashuvi unchalik ta’-sir qilmaydi, chunki ularning har biri so‘nggi daqiqagacha irodasini saqlab qoladi.
F. BEKON
O‘limga tik qarash, o‘z-o‘zini aldashga urinmasdan uning yaqinlashayotganini oldindan sezish, so‘nggi daqiqaga qadar dadil turish, bo‘shashmaslik va qo‘rqmaslik irodali kishilarga xos xislatdir.
D. I. PISAREV
O‘lim ham xuddi hayotga o‘xshamog‘i lozim, chunki o‘lganimiz bilan biz boshqacha odam bo‘lib qolmaymiz.
M. MONTEN
Inson qalbiga xudbinlik qancha chuqur ildiz otgani sayin unda o‘lim dahshati shuncha mustahkam o‘rnasha boshlaydi.
V. G. PLEXANOV
Tirik odamning o‘lim haqida o‘ylashi bema’nilikdir.
M. GORKIY
O‘lim haqidagi o‘ylar bizni chalg‘itadi, chunki bunday xayollar bizni yashashni unutishga majbur qiladi.
L. VOVENARG
O‘limdan qo‘rqqan odamning hayoti ham tugaydi.
I. ZEYME
O‘lim dahshatidan o‘lish ahmoqlikdir.
SENEKA
Hayotdan ko‘z yumish vahimasi bilan yashagan odam hech qachon hayot lazzatini tatiy olmaydi.
I. KANT
Muqarrar narsadan qo‘rqish nodonlikdir.
PUBLILIY SIR
Yuz yildan keyin yashamasligimizni o‘ylab ko‘z yoshi qilish yuz yil burun yashamaganimiz uchun ko‘z yoshi to‘kishdek bema’ni ishdir.
M. MONTEN
O‘lim — jiddiy hodisa, u hayotning bir qismi. Mardona o‘lish kerak.
A. V. LUNAChARSKIY
Shafqat nuqtai nazaridan qaraganda, o‘lim shuning uchun ham yaxshiki, u qarilikka chek qo‘yadi. Yaroqsizlikning oldini oluvchi o‘lim yaroqsiz holga keltiruvchi o‘limdan ko‘ra afzaroqdir.
J. LABRUER
O‘lmoq tug‘ilmoqday tabiiydir. Muhim ish ustida o‘lgan odam og‘ir jangda yaralangan, ammo avvaliga og‘riqni sezmaydigan yaradorga o‘xshaydi. Zero olijanob fikrlar bilan yashovchi odam o‘lim azobini mutlaqo sezmaydi.
F. BEKON
Umr uzun, o‘lim qisqa, shuning uchun ham undan qo‘rqish kerak emas.
F. E. DZERJINSKIY
Hayot — abadiy, o‘lim esa bir lahzadir.
M. Yu. LERMONTOV
Insonning baxt-saodati yaxshi o‘lish emas, balki yaxshi yashamoqdan iborat.
M. MONTEN
Hayotni koyib, lekin baribir yashab yurgan odamdan ko‘ra uni olqishlab yashagan odam aqlliroq emasmi?
L. N. ANDREEV
O‘lish xohishi ruhiyatning eng soxta va xayoliy holatidir.
V. G. BELINSKIY
Hayot bilan vidolashuvga sababi ko‘p bo‘lgan odam juda ayanchlidir.
EPIKUR
Hayotdan faqat loqaydlik va yalqovlik tufayligina nafratlanish mumkin.
L. N. TOLSTOY
O‘limdan qo‘rqmasdan va uni xohlamasdan yashash kerak.
L. N. TOLSTOY
Yashab turib o‘ziga o‘lim tilash qazo vaqti yetganda tirik qolishga urinishday bema’nilikdir.
A. FRANS
O‘limni orqavorotdan bilgan odamlargina o‘ziga o‘lim tilaydi.
U. MIZNER
O‘z joniga qasd qilganlar, menimcha, birovdan o‘ch olish uchun emas, balki o‘zidan va o‘zining nochor va nobop turmushidan nafratlanganidan hayot bi-lan vidolashadi. O‘z-o‘zidan nafratlanish dahshatli tuyg‘u!
E. KAPIEV
Eng botir va eng oqil odamlar har qanday sharoitda ham o‘lim haqida o‘ylamaydigan odamlardir.
F. LAROShFUKO
Inson ezgulik va muhabbat yo‘lida o‘limni xayoliga keltirmasligi kerak.
T. MANN
Zakovatli odamni hayotga nis-batan muqaddas ehtiromidan tanib olish mumkin.
V. GYuGO
Yashash matlabi o‘lgandan keyin ham barhayot bo‘lib qolishdan iborat.
M. JALIL
Yomon ham o‘tar, yaxshi ham —yaxshi bil,
Seni yaxshi nom birla yod etsin el.
SA’DIY
Inson o‘limdan keyin faqat yerda yashashi mumkin.
A. BARBYuS
O‘zgushn mangu xotira qoldiradigan insonlar uchun tug‘ilish chinakam baxtdir.
PERIKL
O‘lim barhaq bo‘lsa ham biz yo‘q bo‘lib ketadigan narsalarga mute bo‘lib qolmasligimiz, aksincha, iloji boricha abadiyat cho‘qqisiga ko‘tarilishimiz va o‘zimizdagi eng yaxshi xislatlarga suyanib yashashimiz kerak.
ARASTU
O‘limdan qo‘rqqan odam biron-bir ezgu ish qilolmaydi, buyrak toshi, bod, tutqanog‘i yoki shunga o‘xshash boshqa bir sabab bilan o‘lib ketgandan ko‘ra, ezgu ish uchun jonni fido qilgan ma’qul.
D. DIDRO
O‘limdan omon qolishni eplolmasang, loaqal sharaf bilan o‘l.
EZOP
Abadiyat yo‘lida yashovchi in-son uchun o‘lim qo‘rqinchli emas.
U. PENN
Hayot qisqa, lekin shuhrat mangu bo‘lishi mumkin.
SISERON
Umumiy g‘oya bilan ruhlangan va umum manfaatiga xizmat qilgan odam o‘lmaydi.
D. N. MAMIN-SIBIRYaK
Inson o‘ladi, barhayot bo‘lib qolishning birdan bir imkoniyati o‘zidan keyin o‘lmaydigan nimadir qoldirishdir.
U. FOLKNER
Bo‘lak yaxshi nom istama, shul yetar —
Seni yaxshi odam desa el agar.
SA’DIY
Barhayotlik mangu nimadir ustida ishlashdir.
E. RENAN
O‘z ichingdan abadiyatni topolmaysan.
A. SENT-EKZYuPERI
Hech kim o‘limga chap berolmaydi, lekin odamlar o‘zlarining buyuk ishlari bilan o‘zlariga shunday haykal quradilarki, bu haykal quyosh turguncha turadi.
G. FABRISIUS
Yashab turib, dunyoda o‘zining borligini bildira olmaslik — menga dahshat bo‘lib tuyuladi.
N. V. GOGOL
Kasal bo‘lish yaxshi emas, o‘lish undan ham yomon, biroq, o‘zingdan keyin hech narsa qoldirmasligingni sezib turib kasal bo‘lish va o‘lish — hammasidan ham yomon.
V. G. BELINSKIY
O‘limdan qo‘rqmayman. Yo‘q, aslo! Izsiz yo‘qolishdan qo‘rqaman.
M. Yu. LERMONTOV
Dunyodagi barcha ne’matlardan faqat yaxshi nom qoladi, hatto shuni ham qoldirolmagan odam baxtsizdir.
SA’DIY
Ongimizni o‘stirish yoki biron-bir dardni davolash yo‘lida jonini fido qilgan odam o‘la turib ham hayotga xizmat qiladi.
A. SENT-EKZYuPERI
Buyuk maqsadlarga xizmat qilsa kim,
Inson birodarin o‘ylasa agar,
Kurashga baxsh etsa butun hayotin —
Hayoti tarixda qolar muqarrar.
N. A. NEKRASOV
Xotirasi o‘zi sevgan odamlar qalbida muqaddas saqlanadigan odam, menimcha, o‘limdan keyin ham barhayot bo‘lib qolish uchun zarur ishni qilib qo‘ygan odamdir.
G. EBERS
Kelajakka ishonib yashagan va uning porloq bo‘lishi uchun jon fido qilgan har bir odamni toshdan o‘yib ishlagan haykalga qiyos qilsa bo‘ladi.
Yu. FUChIK
Inson jisman o‘lsa-da, ruhan yo‘q bo‘lmaydi, u o‘z xulq-atvori, qilgan ishlari va ijodi bilan tevarak-atrofdagilar hamda jamoat orasiga singib ketadi. Agar u hayotda murdaga o‘xshab yashamagan bo‘lsa, tirik qolganlar ongida yashashda davom etaveradi. Jonli kollektiv o‘liklarni tiriltiradi.
N.Ya. MARR
Insoniyat deganimizda, tiriklardan ko‘ra ko‘proq marhumlarni nazarda tutamiz.
K. A. TIMIRYaZEV
Inson o‘ladi, ammo xalq barhayotdir.
M. GORKIY
Odamlar insoniyat yashamog‘i uchun o‘ladilar.
V. G. BELINSKIY
Men o‘lsam, o‘rnimga boshqalar keladi. Xalqdan ko‘ra ba-davlati yo‘q.
F. JOLIO-KYuRI
Hech qanday texnika insonni o‘limdan saqlab qololmaydi. Ammo-lekin ma’naviy qudratning bu bilan ishi yo‘q. U hayotda shunday bir umumiy yo‘nalish yasashi kerakki, bu yo‘nalish vijdon va nomus talablarini qondirish bilan birga kishiga muqarrar o‘limni qo‘rquv bilmay, xijolat va ta’nalarsiz, xotirjam qarshi olish imkonini bersin.
N. K. MIXAYLOVSKIY
Kishi umri oxirlab qolgan paytda ma’yus tortib, olisdan imlab chaqiruvchi yorqin manzillarni ko‘rish menga ham nasib qilarmikin, deya o‘z-o‘ziga savol beradi. Shunda u o‘z ortidan bardam-baquvvat yoshlar kelayotganini, keksalik bilan yoshlik haqiqatni kashf etish yo‘lidagi uzluksiz mehnatda qorishib ketajagini o‘ylab, tasalli topadi.
N. Ye. JUKOVSKIY
Shunday marhumlar borki, ular tiriklardan ko‘ra barhayotroqdir, lekin shunday tiriklar ham borki, ular marhumlardan ko‘ra marhumroqdir.
R. ROLLAN
Marhumlar har xil bo‘ladi, ularning ayrimlari o‘tgan ming yilliklar qa’ridan turib ho-zir ham bugungi porloq kunimiz yo‘nalishini belgilab beradi.
M. M. PRIShVIN
Adbiyot olamida o‘lim yo‘q, bunda marhumlar ham xuddi tiriklar kabi ishlarimizga aralashib, o‘zimiz bilan yonma-yon yuradilar.
N. V. GOGOL
Agar siz o‘zingizga abadiy haykal o‘rnatmoqchi bo‘lsangiz, qalbingizni ezgu kitobga jo qiling.
P. BUAST
Hayotning butun quvonchi ijodda. Ijod qilish o‘limni mahv etishdir.
R. ROLLAN
Men go‘yo bir jon, muhabbati bor
Qalblarda yashayman, bo‘lmayin abgor,
Menga begonadir dunyoda ajal.
MIKELANJELO
O‘z asarlarida yashagan odam sirayam o‘lmaydi.
K. BOUVI
O‘lim dahshati bizni mehnat qilishga undaydi, zero butun hayot mehnatdadir.
J. RENAR
Uzidan keyin loaqal bittagina yangi, porloq fikr qoldirgan, insoniyatga nafi tegadigan atigi bittagina jasorat ko‘rsatgan odam bo‘lsa, demak, u dunyodan befarzand o‘tmayapti.
A. A BESTUJEV-MARLINSKIY
Umrboqiylik, to‘la ma’noda bo‘lmasa ham, shubhasiz, avlodlarda namoyon bo‘ladi.
L. N. TOLSTOY
Umr qisqa, lekin inson o‘z farzandlari timsolida qayta yashay boshlaydi.
A. FRANS
Gar desang ayovsiz o‘lim qilichin,
Nasllar qoldirgin yashamoq uchun!
V. ShEKSPIR
Sendan o‘g‘il qolsa kelajakda yosh,
U sening o‘rningda qarshilar quyosh.
V. ShEKSPIR
Burchni ado etganlik tuyg‘usi o‘lim dahshatini yakson etadi, halol kechirilgan umr esa xotirjam ko‘z yumish imkonini beradi.
M. GORKIY
Kunni yaxshi o‘tkazgan odam tunda tinch uxlaganiday, foydali umr kechirgan odam qiynalmay jon beradi.
LEONARDO DA VINChI
Dalada ishlab turib qazo qilishni xohlardim.
M. MONTEN
Ish ustida jon berishni xohlayman.
OVIDIY
Kurashishga qurbim yetmay qolgan ondan boshlab o‘limimg‘a roziman.
F. ENGELS
ziyouz.uz

Оставьте комментарий