Bayrog’imiz ramzlari

DO`STLARGA ULASHING:

Bayrog’imiz ramzlari??
?______________________?
Bayroqdagi havorang? — zangori osmon va musaffo suv ramzidir. Moviy — havorang Sharqda azaldan qadrlanadi, vaqtida buyuk Amir Temur ham oʻz bayrogʻiga bu rangni tanlagan.
Oq rang⚪️ — tinchlik va poklik timsolidir. Yosh mustaqil davlat oʻz yoʻlida baland dovonlardan oshib oʻtishi kerak. Bayroqdagi oq rang Oʻzbekiston Respublikasi tanlagan yoʻlning musaffo va charogʻon boʻlishi uchun yaxshi niyat ramzidir.
Qizil yoʻllar? — bu har bir tirik jonning qon tomirida urib turgan hayotiy kuch, hayot ramzidir.
Yashil rang? — serneʼmat va orombaxsh tabiat timsoli. Hozirgi vaqtda butun dunyoda atrof-muhitni muhofaza qilish harakatlari keng yoyilmoqda; uning ramzi ham yashil rangdir.
Yarimoy? — Oʻzbekiston xalqining koʻp asrlik anʼanalariga muvofiq keladi. Yarimoy va yulduzlar musaffo osmonning va tinchlikning ramzlaridir. Bayroqdagi 12 yulduz ⭐️tasviri mukammallik belgisidir.

Оставьте комментарий