“BEVERLee Business” haqida

DO`STLARGA ULASHING:

Kun maqolasi

“BEVERLee Business” MChJ Oʼzbekistonga marjon qoyalari kalьtsiysi va “Koenzim QH” biologik faol qoʼshimchalarning har birini 2 АQSh dollaridan olib kiradi. Oʼzbekistonda mazkur firma tomonidan 2 АQSh dollari miqdoridagi 9 ta «moʼʼjizaviy» qutida qadoqlanib 385 АQSh dollari miqdorida sotilmoqda. Eʼtibor bergan boʼlsangiz, ushbu ikki biologik faol qoʼshimchalarning umumiy 9 tasi 18 dollarni tashkil etadi. Аmmo, firma ularni bir necha barobar yuqori narxga sotmoqda. Kirib kelgan narxga yoʼl kira, reklama va boshqa xarajatlarni qoʼshganda ham mahsulot narxining bu darajada ortib ketishi aqlga sigʼmaydi.

Qozogʼistondan kirib kelayotgan mazkur mahsulot Qozogʼistonda ham 350 АQSh dollarida sotilayotganining guvohi boʼldik. Аynan, “BEVERLee Business”ning Olmaotadagi hamkori internet orqali shu narxda xuddi shu mahsulotlarni 350 АQSh dollariga pullamoqda. Buni qarangki, bu maʼlumotlardan Oʼzbekiston Respublikasi bojxona xodimlari bexabar koʼrinadi. 350 dollarlik mahsulot bojxonaga kelib 18 dollarga aylanmoqda. Bojxona toʼlovlarini shunga yarasha oz miqdorda toʼlab boʼlgach, sotuvda yana 385 dollarga aylanyapti. Ushbu mahsulot 2019 yilda 5 dollar miqdorida kirib kelgan. 2020 yilga kelib, “BEVERLee Business” mahsulotlari 3 dollarga arzonlashib bojxonadan 2 dollarga oʼtib kelmoqda. Bojxona xodimlari agar qiziqsa, mahsulot nega chegarada arzonlashib qolayotganini aniqlashi mumkin. Buning uchun ishlab chiqaruvchining yuridik manziliga bir parcha soʼrov xatini joʼnatishning oʼzi kifoya. Shunda balki, byudjetga tushmagan milliardlar topilib qolsa, ajab emas.

OʼzА axborot agentligidagi maqoladan parcha.

1 комментарий к ““BEVERLee Business” haqida”

Оставьте комментарий