“Bilaguzuk” salati

DO`STLARGA ULASHING:

Zarur masalliqlar: 300gr. tovuq go‘shti, 2 dona piyoz, 400gr. shampion qo‘ziqorini, 2 dona tuxum, 100 gr. qattiq pishloq, yarim stakan tozalangan yong‘oq, ta’bga ko‘ra mayonez va zaytun mevasi.

Tayyorlanishi: tovuq go‘shti qaynatib olinadi. Piyoz va qo‘ziqorin bo‘laklarga bo‘linib, yog‘da alohida qilib qovuriladi. Tuxum bilan pishloq qirg‘ichdan o‘tkazilib, go‘sht to‘rtburchak shaklda to‘g‘raladi va hamma masalliqlar idishga solinadi. Mayonez, yong‘oq, ta’bga ko‘ra tuz solinib, aralashtiriladi.

Likopcha o‘rtasiga stakan qo‘yilib, atrofiga masalliqdan ma’lum miqdorda solinadi. So‘ng stakan olinib, salat zaytun va salat bargi bilan bezatiladi.

Yoqimli ishtaha!

Dilfuza AZIMOVA

soglom.uz/tavsiya/bilaguzuk-salati/

Оставьте комментарий

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek