Bola tarbiyasida nimalarga ahamiyat berish kerak? 18+

DO`STLARGA ULASHING:

Bolam yosh bo‘lishiga qaramasdan ko‘p yolg‘on gapiradi? Unga yolg‘on gapirmasligini o‘rgatsam ham, yana usha xatosini takrorlayveradi. Qanday qilib uni yolg‘on gapirtirmaslikka o‘rgatish mumkin?
Muxlisa.Qarshi.

Barcha ota onalar tabiiyki farzandiga yolg’on gapirish mumkinmasligini hamisha rost gapirishi kerakligini takidlashadi. Biroq eshik taqilab svetdan, gazdan yoki aytaylik biror qo’shnisi so’rab kelgan bo’lsa ota-onalar farzandiga «meni uyda yo’q deb ayt» deyishadi. Bunda bola ota onani yolg’on gapirayotganini ko’radi va «demak ba’zan yolg’on gapirsa bo’lar ekan» degan fikrga borib qolishadi. Har safar shu kabi holatlar takrorlanganida bolada yolg’on gapirish odatiy hol ekanku, degan fikrni shakllantirib qo’yishadi. Bora-bora yolg’on gapirish bolani odatiga aylanib qoladi. Buni oldini olish uchun ota-onani har bitta aytayotgan gapi bilan bajarayotgan ishlari mutanosib bo’lishi bo’lishi kerak va o’zlari ham farzandlariga yolg’on gapirishlari mumkin emas. Bolalar taqlidchi bo’lishadi. Ular dastlabki taqlidlarini ota onasiga qarab qilishadi. Xalqimizdagi «Qush uyasida ko’rganini qladi» degan maqol ham shuning dalilidir.

psixolog Sarvar Qaxxorov tayyorladi
pmt.uz

Оставьте комментарий