BOLALAR OʻGʻRILIGI

DO`STLARGA ULASHING:

BOLALAR OʻGʻRILIGI

Oʻgʻrilik — kleptomaniya va bolalar oʻgʻriligi bir-biriga uncha bogʻliq boʻlmagan hodisalardir. Oʻgʻrilik psixik ogʻish boʻlib hisoblanadi va bolalikda kamdan-kam kuzatiladigan kasallikdir. Demak, bolalardagi oʻgʻrilik kleptomaniya kasalligiga bogʻliq emas ekan, u bola ruhiyatining buzulishiga bogʻliqdir.

BOLALARDAGI OʻGʻRILIKNING SABABLARI

Bolaning har bir yoshida oʻgʻrilikning oʻz sababi bor. Maktabgacha boʻlgan boladagi oʻgʻrilik sabablari:
1. Biror narsaga ega boʻlish istak xohishining kuchliligi. Masalan, oʻrtogʻidagi yangi oʻyinchoq orzusi, bu bolani oʻsha oʻyinchoqni oʻgʻirlab olishiga sabab boʻladi. Bunda bola “meniki”, “seniki”, “uniki” va “hammaniki” kabi tushunchalarni adashtirib yuborganligi. Ammo, oʻyinchoqqa boʻlgan orzu tagida, ota-onaning farzand istaklari bilan qiziqmaganligi yotadi.
2. Bolaning oʻz yaqinlariga sovgʻa qilish istagi sababli oʻgʻrilik qilishi. Demak, bolaga ota-ona tomonidan kamdan-kam sovgʻa berilmoqdaki, bu istakni boshqalarga koʻrsatib oʻzidan qoniqish hosil qilish vaziyati paydo boʻlmoqda. Koʻpincha bolalar onasiga oʻgʻrilik maxsulini taqdim etadilarki, ona tomonidan mehr berilmayotganligini taʼkidlashimiz mumkin.
3. Boshqalarni oʻziga jalb qilish maqsadida oʻgʻrilik qilish. Birovning narsasini oʻziniki qilib koʻrsatish istagi tagida, oʻrtoqlari uni tan olmayotganligi yengilishi yotadi.
4. Kimnidir jazolash yoki oʻch olish maqsadida narsasini oʻzlashtirish.
5. Farzandingiz 8-11 yosh boʻlganida oʻgʻrilikning paydo boʻlishi irodasizlik oqibatida boʻlishi mumkun. “Istayman” degan xohishi oʻrniga “Mumkin emas” degan qarorni ayta olmaganligi sabab boʻladi.
6. Farzandning 12-15 yoshidagi oʻgʻrilik bilib qoʻyilgan qadamdir.

Oʻgʻrilik qilinganligini aniqlaganda rioya qilinadigan 10 ta qoida.

Har bir ota-ona uchun qoidalar:
• Qoida 1: Farzandingizga oʻgʻrilik nima ekanligini tushuntiring. Oʻgʻrilikni man eting! Javobgarlikni misollar bilan tushuntiring. чётко высказать отрицательную оценку действиям ребёнка (действиям, а не личности!) с конкретным запретом на воровство.
• Qoida 2: Oʻz narsasini oʻgʻrilatib qoʻygan inson xatti-harakatlari va oʻgʻriga nisbatan paydo boʻlgan hissiyotlari haqida tushuncha bering.
• Qoida 3: Farzandingizga “oʻgʻri” degan yorliq qoʻyishdan, undan nafratlanishdan oʻzingizni tiying. Farzandingizni yaxshi koʻrishingizni, bu qilgan ishini yomon koʻrayotganligingizni tushuntiring. Hozircha harakati oʻgʻrilikka aylangan farzandingizning oʻzi ham oʻgʻriga aylanishiga yoʻl qoʻymang.
• Qoida 4: Oʻgʻriligi haqidagi hodisani oʻzi bilan holi qolgan holda tahlil qiling. Bu voqea haqida begonalarga oshkor qilmang. Yakka holda urushing, hammaning oldida yaxshi tomonlarini ayting
• Qoida 5: “Qanday qilib buni qila olding!”, “Sen mening yuzimni oʻylamadingmi?!” kabi kattalarga xos soʻzlarni ishlatib farzandingizni tushunmaydigan hissiyotlar dunyosiga kiritmang. Bu gapirgan ayblovlaringizning foydasidan ziyoni koʻp boʻladi.
• Qoida 6: Boshqa tengdoshlariga va oʻzingizning yoshligingizga solishtirmang. “Men sendek paytimda…” deb boshlanadigan maʼruzangizni farzandingiz psixikasi tushuna olmaydi.
• Qoida 7: Qilgan oʻgʻriligini tahlil qilganda oʻrtacha meʼyorda boʻlingki, keyingi safar qilgan xatosini yashirmaslikka oʻrgansin.
• Qoida 8: Tahlil qilib boʻlganingizdan keyin boshqa bu narsa qaytarilmasligiga kelishib oling. Bu voqeani boshqa eslamang va farzandingiz ham eslamasligi kerakligini tushuntiring. Har safar eslashingiz farzandingizni bu voqeani qilganligi sabablarini qidirishiga va oʻzini oqlash uchun sabablar topishiga undaydi.
• Qoida 9: Oʻgʻrilik sababini yoʻqotish yoʻllarini qidiring.
• Qoida 10: Oiladagi illatli holat va tarbiyangizdagi xatolik farzandingizning oʻgʻrilik qilishiga sabab boʻlganini toʻgʻri tushuning.

© Zebiniso Ahmedova
(Farzand tarbiyasidagi murakkab holatlarda psixolog maslaxati” kitobidan)
©bola_tarbiyasi

Оставьте комментарий