Bolalarda qabziyat (ich qotishi)

DO`STLARGA ULASHING:

Bolalarda qabziyat (ich qotishi)

Asosiy sabablari: yetarlicha suv ichirmaslik, meva va sabzavot pyurelarini bermaslik, ichni qotiradigan mahsulotlar yedirish, ovqatlantirish rejimiga amal qilmaslik, to‘yib ema olmasligi.

Yechimi oddiy: yuqorida sanab o‘tilgan muammolarni bartaraf qilish, har kuni 1-2 mahal meva va sabzavotlarni yangi pyurelaridan berish, 6 oylikdan oshgan bolalarga havo haroratiga qarab suv ichirish, kletchatkaga boy bo‘tqalar berish, to‘ygunicha emizish kerak.

Medikamentoz yechim: laktuloza saqlovchi siroplar va glitserinli shamchalar ishlatish mumkin.

Qabziyat va qorin dam bo‘lganini bilish uchun — bola qorni yengil ushlab, paypaslab ko‘riladi, agar qattiq yoki tarang bo‘lsa, demak ichi qotgan yoki dam bo‘lgan. Odatda bolalar qorni tez-tez dam bo‘ladi, bu ham ichaklardagi fekaliyni transportirovkasiga xalaqit beradi va ichi qotib qoladi. Bunday vaqtda tarkibida simetikon saqlovchi preparatlar (espumizan, bobotik), ukrop suvidan berish kerak. Bolani qorni bilan yotqizib turish ham yaxshi foyda beradi.

@taomlanish_ilmi (https://t.me/joinchat/UFtOc0gAG-8iTHN6)

Оставьте комментарий