BO’YIN OSTЕOXONDROZI, BELGILARI VA DAVOLASH

DO`STLARGA ULASHING:

OSTЕOXONDROZ – bu umurtqalar, ularning tog‘aysimon disklari va boylamlarini degenerativ-distrofik o‘zgarishlari bo‘lib, osteo – suyak, hondrosis – tog‘ay so‘zidan olingan. Osteoxondrozning joylashuviga ko‘ra buyin, ko‘krak va bel –chanoq turlari farqlanadi.
Bo‘yin osteoxondrozi keng tarqalib, 35 yoshdan ortgan odamlarning 40-85 % ida kuzatiladi. Bo‘yin osteoxondrozi barcha osteoxondrozlarning 30% ini tashkil etadi.
Osteoxondroz ko‘pincha bo‘yin umurtqa pog‘onasining xarakatchanligi bilan ajralib turadigan S5 – S7 qismlarida joylashadi. Bo‘yin osteoxondrozida jarayonga miyani oziqlantiruvchi qon tomirlarni chalinishi extimoli yuqori xisoblanadi.
Bo‘yin osteoxondrozi belgilari.
Buyin osteoxondrozi klinik manzarasi qaysi umurtqaning zararlanganligiga bog‘liq bo‘ladi. Osteoxondroz bemorning xarakatini chegaralovchi kuchli og‘riqlar va boshini qimirlatgandagi qisirlash bilan xarakterlanadi. Quyida zararlangan umurtqaning joylashuviga qarab og‘riqning joylashuvi keltiriladi:
• 1 umurtqa – ensaning karaxtligi va og‘rishi;
• 2 umurtqa – ensada og‘riq va boshning tepa qismida noxush sezgilar;
• 3 umurtqa – bo‘yin soxasida og‘riq, nutqni buzilishi, tilning ta’m bilishi va innervatsiyasining buzilishi;
• 4 umurtqa – bo‘yin muskullari tonusini pasayishi, bosh og‘rishi, nafas olganda diskomfort, yelkalarda og‘riq, uning kuraklarga, yurak soxasi va o‘ng qovurg‘a sti soxasiga uzatiishi;
• 5-6 umurtqalar – yelkalarda, bilaklarda, kuraklarda va kaftning bosh barmog‘ida og‘riq;
• 7 umurtqa – kuraklar va qo‘lning kaftida og‘riq, kaftning 2-4 barmoqlari sezgirligi yo‘qolishi.
• Bir nechta umurtqalarning zararlanishi bilan kechuvchi osteoxondrozda bu shikoyatlarning qo‘shilib kelishi kuzatiladi.
1. Bosh aylanishi – kasallikning asosiy simptomi xisoblanib, birdaniga boshlanadi va kuchli bo‘ladi.
2. Bosh og‘rishi – bosh aylanishi bilan birga kechib, doimiy belgi xisoblanadi, umurtqa arteriyalarini qisilishi xisobiga rivojlangani uchun analgetiklar ta’sirida yo‘qolmaydi.
3. Bo‘yin soxasidagi muskullarni og‘rishi – kam xollarda kuzatiladi.
Bo‘yin osteoxondrozining aloxida bir ko‘rinishi bo‘lib, umurtqa arteriyasi sindromi xisoblanadi va u quyidagicha namoyon bo‘ladi.
• Boshning tinimsiz va kuchli og‘rishi va boshning egilganda kuchayishi.
• Ko‘ruv o‘tkirligini buzilishi, ikkilanish, ko‘z atrofida mushaklarni uchishi, ko‘zni qurishi va achishishi.
• Ko‘krak qafasi soxasida og‘riq, xolsizlik, xansirash, arterial qon bosimini o‘ynashi. Bu shikoyatlarni stenokardiyadan farqlash muxim axamiyatga ega, negaki bu kasalliklar nafaqat turli dorilar bilan balki turli mutaxasislar tomonidan davolanadi.
• Qisqa muddatli eshitishni buzilishi – quloqlarni shang‘illashi, bosh aylanishi va ko‘z oldi qorong‘ilashishi bilan birga kechadi.
• Boshni keskin egilishi yoki burilishi natijasida qayt qilish va xushini yo‘qotishi mumkin.
• Ishemik insultga xos miya zararlanishi belgilari.
Bo‘yin osteoxondrozini diagnostikasi.
• Neropatolog, vertebrolog ko‘ruvi
• Bo‘yin qisini rentgenologik tekshiruv
• Kompyuterli tomografiya yoki magnit-rezonansli tomografiya
Bo‘yin osteoxondrozini davolash prinsiplari.
Nevropatolog tomonidan davolanib, kasallikning boshlanishi belgilarida medikamentoz terapiya, remissiya davrida esa fizioterapiya muolajalari, massaj, va bemor rejimini korreksiyalash tavsiya etiladi.
• Rejimni korreksiyalash – kechki dam olishni to‘g‘ri tashkil qilish, ortopedik yostiqchalardan foydalanish tavsiya etiladi.
• Zo‘riqishlardan extiyot bo‘lish. Agar kun bo‘yi stol ortida o‘tirgan xolatda ishlasangiz, xar ikki soatda bo‘yin uchun va ko‘z olmasi uchun mashqlar o‘tkazish lozim.
• Medikamentoz terapiya – vrach ko‘rsatmasiga binoan qo‘llanadi.
• Fizioterapevtik muolajalar – massaj va boshqa manual muolajalar faqat nevropatolog tavsiyasiga ko‘ra bajariladi, aks xolda turli asoratlar paydo bo‘lishi mumkin.
© https://t.me/gepamed_ultra

Оставьте комментарий

ArabicEnglishFrenchGermanKazakhKyrgyzRussianTajikTurkishUzbek