DO`STLARGA ULASHING:
Kerakli masalliqlar:
1. Bulg’or qalampiri — 0.5 kg.
2. Guruch — 0.5 kg.
3. Mol go’shti qiymasi — 300 gr.
4. Kartoshka — 4 dona.
5. Piyoz — 3-4 dona.
6. Sabzi — 2 dona.
7. Sarimsoqpiyoz donachasi va ko’katlar.
8. Ziravorlar va tomat pastasi.

Tayyorlanishi:
2 ta piyoz mayda to’g’raladi. Unga tozalangan guruch yuvilib, qiyma go’shti bilan qo’shiladi. Tuzi rostlanib, ziravorlar qo’shiladi. Ozgina tomat pastasi xam qo’shish mumkin.
Tayyor qiyma tozalangan (dumi olingan) bulg’or qalampiri ichiga joylanadi. Bunda qiyma joylashganidan so’ng qalampir ichiga ko’rsatkich barmoq sig’adigan joy qolishi lozim. Bu guruchning ishib, bulg’or qalampirni yorib yubormasligi uchun kerak.
Qolgap piyoz to’g’ralib, artilgan kartoshka va sabzilar kerakli bo’laklarga bo’linadi. Toza qozon gazga qo’yilib, yog’ solinadi. Yog’ qizigach, piyoz solinadi. Piyoz novvot rang tusga kirgach, ustiga kartoshka va sabzilar solinib, qovuriladi. Ozginadan sung tomat pastasi, sarimsoqpiyoz bo’laklari va sel’derey solinib, qovurishda davom etiladi.
So’ng, tuz-namagi rostlanib, suv solinadi. Suvning ko’p yoki kamligi xoxishingizga bog’liq. Taom suvli (sho’rvali) bo’lsin desangiz, ko’proq suv soling. Suv qaynab chiqqach, yana bir bor tuzi ko’riladi. So’ng tayyor bulg’or qalampirlari solinib, qaynadiladi. Qaynab chiqqach, olov pastlatilinadi. Qozonni xamma joyi bir tekisda miltirab qaynashiga axamiyat beriladi. 30 daqiqadan so’ng bulg’or qalampirlari sho’rvadan olib qo’yiladi.
Taom aloxida likopchada bulg’or qalampirlari va kosada shurvasi solingan xolda dasturhonga tortiladi.
Yoqimli ishtaxa!
Уведомление: Bonuses
Уведомление: chillwell air cooler
Уведомление: where to get psilocybin mushrooms
Уведомление: Henry Lever-Action X Model .45-70 Government Rifle
Уведомление: income streams
Уведомление: psilocybin chocolate bar packaging
Уведомление: sbobet
Уведомление: dimethyltryptamine for sale usa
Уведомление: Ultimate weed buying
Уведомление: NKSFB David T Bolno
Уведомление: 예능 다시보기
Уведомление: tesing automation platform