Burun to‘sig‘i qiyshiqligi

DO`STLARGA ULASHING:

Burun to‘sig‘i qiyshiqligining tiplari

● qiyshiqlik travmalardan keyingi holatga xos.

  • qiyshiqlik travmalardan keyingi holatga xos.
  • qiyshiqlik irsiyatga bog‘liq.
  • qiyshiqlik ham travmadan keyingi holatda va nasliy bo‘lishi mumkin.
  • burun to‘sig‘ining asos qismida taroqsimon shakldagi qiyshiqlik bilan xarakterlanadi. Bunday tipda qiyshiqlik irsiy bo‘ladi.
  • bunda burun bo‘shlig‘ining o‘ng va chap qismlari bir-biriga nisbatan assimetrik tuzilishga ega bo‘ladi. Bunday tipda qiyshiqlik irsiy bo‘ladi.
  • yuqorida sanab o‘tilgan barcha qiyshiqliklarni kombinasiyalaridan iborat bo‘ladi.

Mladinani aytishicha, yuqoridagi klassifikasiya barcha mamlakatlar aholisining millati va irqidan qat’iy nazar ularda yuzaga kelishi mumkin. Qiyshiqlik burunning hamma sohalarida uchrashi mumkin, lekin burun to‘sig‘ining orqa qismlarida kamroq uchraydi. Shu o‘rinda ta’kidalab o‘tish lozimki, burun qiyshiqligi dunyo aholisining 80 85% ida uchraydi, lekin ularning salkam yarmini bu holat hech bezovta qilmaydi. Gohida burun qiyshiqligi singanga o‘xshab, ya’ni burun to‘sig‘ini pastki qismiga nisbatan yuqori qismi burchak ostida egilgan bo‘ladi. Bolalarda burun to‘sig‘i qiyshiqligi kam uchraydi. Burun to‘sig‘i 5 7 yoshdan boshlab 20 yoshgacha o‘sishi mumkin. Shu yoshning har xil davrlarida qiyshiqlik rivojlanishi mumkin. Burun to‘sig‘I qiyshiqligining kelib chiqishiga sabab burun to‘sig‘i tog‘ayini notekis o‘sishidan va uning suyak «romi»ga to‘g‘ri kelmasligi bilan tushuntiriladi. Bu paytda suyak sekin o‘sadi, tog‘ay esa suyakka nusbatan tez o‘sadi. Burun to‘sig‘ining qiyshayishini yana bir sabablaridan biri bu tug‘ruq va tug‘ruqdan keyingi davrdagi travmalar hisoblanadi. Bunda asosan tog‘ayning sinishi bilan namoyon bo‘ladi.

Burun to‘sig‘i qiyshiqligi nafas olish faoliyatini qiyinlashuviga va nafas olishni pasayishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bu o‘z navbatida burun chig‘anoqlarida qonni dimlanishiga, u esa to‘qimani shishiga sabab bo‘ladi. Burundagi bu kabi jiddiy o‘zgarishlar oqibatida burunda va burun yondosh bo‘shliqlarida turli kasalliklar kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. Masalan, burun chig‘anoqlari gipertrofiyasi, burun poliplari, sinusitlar. Kasallikning klinik kechuvi 2 xil yo‘nalishda namoyon bo‘lishi mumkin.

  1. Adaptatsion yo‘l – bemorda nafas olish og‘iz va burun orqali amalga oshiradi;
  2. Dezadaptatsion yo‘l – bemorda burundan nafas olish umuman kuzatilmaydi.

Burun to‘sig‘ini qiyshiqligi bemorlarda

  • anginaga,
  • surunkali tonzillitga,
  • sinusit,
  • faringit,
  • laringit,
  • o‘rta quloqdagi turli xil asoratlarga,
  • nevrozlar,
  • bronxial astma,
  • miokardit,
  • bronxit,
  • pnevmoniya,
  • yuz-jag‘ sohasdagi deformatsiyalarga,
  • aqliy rivojlanishini orqada qolishga,
  • konstitusional o‘zgarishlarga,
  • bosh og‘riqlariga va boshqa holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

Burun to‘sig‘ining qiyshayishi bemorlarda quyidagi shikoyatlar bilan oydinlashadi

  • Burun orqali nafas olish qiyinlashishi;
  • Burun bitishi;
  • Burundan shilliq va shilliq-yiringli ajralma kelishi;
  • Bosh og‘rishi;
  • Tomog‘i qurishi;
  • Hid bilishni pasayishi;
  • Quloqlarini bitishi.

Shuni esda tutish kerakki, ba’zan burun to‘sig‘i qiyshiqligi bemorni umuman bezovta qilmaydi, chunki havo oqimi qiyshaygan maydonning osti yoki ustidan o‘taverdi. Shuning uchun bemor burun orqali nafas olishi qiyinlashishiga shikoyat qilmaydi. Demak, bemorning nafas oluvidan qiynalmasligi, lekin boshqa shikoyatlarining mavjudligi jarrohlik amalini bajarishga ko‘rsatma bo‘lib xizmat qiladi.

Albatta, bunda vrach ko‘rigidan tashqari maxsus usullar orqali tekshiruvlar ham o‘tqaziladi. Hamda qiyshiqlik qayerda, qanday burchakda, qaysi sohada joylashganligi haqida informatsiya olish kerak bo‘ladi. Bunday yuqori ma’lumotlarni beruvchi usul har xil burchakli endoskop yordamida ko‘rish usulidir.

Burun to‘sig‘ini davolash faqatgina jarrohlik usulida amalga oshiriladi. Hozirda burun to‘sig‘ida bajariladigan jarrohlik usullarini umumiy qilib «septoplastika» deb ataladi.

Burun to‘sig‘ida bajariladigan jarrohlik usullari

  1. Killian bo‘yicha burun to‘sig‘i shilliq osti qavatini kesish usuli. Bu usul 14 yoshdan amalga oshiriladi. Lekin zarurut tug‘ilsa 6 yoshdan so‘ng ham bajarilishi mumkin. Jarrohlik amali mahalliy yoki umumiy endotraxeal og‘riqsizlantirish ostida bajariladi. Zamonaviy tibbiyot natijasi o‘laroq bu amaliyotni deyarli qonsiz bajarish imkoni mavjud.
  2. Voyatshek bo‘yicha aylanma kesish usullari qo‘llanadi. Bu jarrohlik amalida burun to‘sig‘ining faqat qiyshaygan maydoni olib tashlanadi, shuning uchun bunday jarrohlik amallari konservativ septoplastika deb ataladi.

16 комментариев к “Burun to‘sig‘i qiyshiqligi”

  1. Уведомление: buy marijuana online

  2. Уведомление: nova88

  3. Уведомление: milf cam

  4. Уведомление: buy marijuana in illinois,

  5. Уведомление: where to get psilocybin colorado​

  6. Уведомление: sbobet

  7. Уведомление: citodon 500 mg 30 mg

  8. Уведомление: Inspirational Blessings & Prayers

  9. Уведомление: second brain template

  10. Уведомление: maxbet

  11. Уведомление: 토토굿게임

  12. Уведомление: Blackmail porn

  13. Уведомление: เงินด่วน 10 นาที

  14. Уведомление: Order magic mushroom online Australia

  15. Уведомление: Where to Buy Changa DMT online Victoria

  16. Уведомление: weed delivery toronto

Комментарии закрыты.