Biografiya

Ibrohim Rahim (1916–2002)

Taniqli yozuvchi va jurnalist Ibrohim Rahim 1916 yilning 15 oktyabrida Fargʻona viloyatining Quva tumanida dunyoga keldi. Uch yoshida otasi vafot etib, onasi Toʻxtabibi tarbiyasida voyaga yetadi. Onasi tufayli Ibrohimning qalbida adabiyotga ixlos uygʻonadi. Ana shu ixlos uni 1933 yilda Toshkentga yetaklab keladi. U ikki urushda ‒ Finlandiya va Germaniya fashizmi bilan boʻlgan janglarda (1937–1945) qatnashgan. […]

Ibrohim Rahim (1916–2002) Читать дальше »

Nosir Fozilov (1929)

Yozuvchi Nosir Fozilov adabiyotimizning qutlugʻ dargohiga oʻtgan asrning 50-yillarning ikkinchi yarmida kirib kelgan. Hozirgacha yetmishdan ortiq kitob chop ettirdi. Ularning aksariyati tarjima asarlardir. U 1929 yili Qozogʻistonning Chimkent viloyatiga qarashli Turkiston tumanidagi Qoriz qishlogʻida tavallud topdi. Ota-onasi dehqonchilik bilan shugʻullangan, buvasi Tursunmuhammad Aʼlam “Gʻurbatiy” taxallusi bilan sheʼrlar yozgan. Kamiy, Xislat, Sidqiy-Xondayliqiylar bilan hamnafas, hamfikr boʻlib

Nosir Fozilov (1929) Читать дальше »

Safar Barnoyev (1938–2000)

Safar Barnoyev 1938 yilning 6 mayida Buxoro yaqinidagi Dilkusho qishlogʻida tugʻildi. 1959 yilda oʻrta maktabni bitirib, bir muddat qurilishda ishladi. Harbiy xizmatdan qaytgach, Toshkent davlat universitetining jurnalistika boʻlimida tahsil oldi. Adib “Kamalak” nashriyotida, Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasida, Oʻzbekiston Xalq taʼlimi vazirligida, “Gulxan” jurnalida xizmat qildi. Safar Barnoyevning “Lager qoʻynida” nomli birinchi sheʼri 1959 yilda, “Togʻdamen” nomli

Safar Barnoyev (1938–2000) Читать дальше »

Mahmud Koshgʻariy (XI asr)

Mahmud Koshgʻariy Markaziy Osiyoda ilk oʻrta asr madaniyatining buyuk arboblaridan boʻlib, tilshunoslik sohasida, xususan turkiy tillarni oʻrganish sohasida mashhur boʻldi va tarihda oʻchmas iz qoddirdi. Mahmudning otasini ismi Husayn, bobosi Muhammad boʻlib, kelib chiqishiga va tiliga koʻra Koshgʻariy nisbatini olgan. U XI asrda tugʻilib, yashab ijod etdi. Bu davrda Movarounnahrda Somoniylar oʻrnini Qoraxoniylar sulolasi egallagan,

Mahmud Koshgʻariy (XI asr) Читать дальше »

Jek Ma: Biznesga tikilgan umr

Jek Ma: “Mening hayotim xatolar va rad javoblaridan iborat. Meni hattoki KFC ga ham ishga olishmagan. Tashqi koʼrinishim tufayli doimo rad javobini olar edim”. Jek Ma (Ma Yun) — «Alibaba Group» asoschisi Jek Ma 1964 – yil, 10 – sentyabrda, Hanchjou shahrining Chjetsyan tumanida, musiqachilar oilasida dunyoga kelgan. Iqtisodiy tomonidan muammolari boʼlgani sababli sayyohlarga shaharni

Jek Ma: Biznesga tikilgan umr Читать дальше »

Ilon Mask aslida kim yohud hayolotga berilgan biznesmen

SpaceX va Tesla bosh direktori, The Boring Company asoschisi va OpenAI hammuassisi — aftidan Mask hamma joyda ulguradigan koʼrinadi. U kosmik raketalar, elektromobillar va quyosh batareyalari qurshovida, qotil-robotlarni tadqiq qiladi — va bu ishlar orasida milliardlab pul topishning uddasidan chiqadi. Shunday boʼlsa-da, Mask bu darajaga osonlik bilan erishmagan. Qanday qilib maktabda koʼpchilik ustidan kulgan bola

Ilon Mask aslida kim yohud hayolotga berilgan biznesmen Читать дальше »

Oʻtkir Hoshimov (1941–2013)

Oʻzbek adabiyotining taniqli namoyandalaridan biri Oʻtkir Hoshimov 1941 yilning 5 avgustida Toshkentning Beshyogʻoch dahasiga qarashli Doʻmbirobod mavzeida tavallud topdi. Toshkent Davlat universiteti jurnalistika fakultetining sirtqi, soʻngra kunduzgi boʻlimida (1964) oʻqidi. “Temir yoʻlchi” (1959–1960), “Oʻzbekiston ovozi” (1960), “Toshkent haqiqati” (1960–1966), “Toshkent oqshomi” (1966–1982) gazetalarida boʻlim mudiri, Gʻafur Gʻulom nomidagi Adabiyot va sanʼat nashriyotida bosh muharrir oʻrinbosari

Oʻtkir Hoshimov (1941–2013) Читать дальше »

Iqbol Mirzo (1967)

Iqbol Mirzo (Iqboljon Mirzaaliyev) 1967 yil 1 mayda Fargʻona viloyati Bagʻdod tumaniga qarashli Qoʻshtegirmon qishlogʻida ziyolilar oilasida tugʻilgan. 1974 yili tumandagi 19-oʻrta maktabga oʻqishga kirib, 1984 yili oltin medal bilan tamomlagan. Shu yili Fargʻona davlat pedagogika instituti (hozirgi FarDU)ning oʻzbek tili va adabiyoti fakultetiga oʻqishga kirgan. Talabalik yillarida harbiy xizmatni oʻtab qaytgan. 1992 yili Toshkentga

Iqbol Mirzo (1967) Читать дальше »

Mahmudxoʻja Behbudiy (1874–1919)

Buyuk maʼrifatparvar alloma, yozuvchi, dramaturg va jamoat arbobi Mahmudxoʻja Behbudiy 1874 yilning 19 yanvarida Samarqand shahrida muftiy oilasida dunyoga keldi. Oiladagi muhit undagi maʼrifat, adabiyot va ijtimoiy hayotga boʻlgan qiziqishning kuchayishiga, isteʼdodining rangin qirralari bilan namoyon boʻlishiga imkon tugʻdirdi. Behbudiyning otasi islom huquqshunosligi sohasida zakiy mutaxassis boʻlib, bu borada koʻplab kitoblar, risolalar yaratgan edi. Ushbu

Mahmudxoʻja Behbudiy (1874–1919) Читать дальше »

Quddus Muhammadiy (1907–1997)

XX asr oʻzbek bolalar adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Quddus Muhammadiy 1907 yili Toshkentda dehqon oilasida dunyoga keldi. Oʻrta maktabdan keyin qishloq xoʻjaligi bilim yurtida, soʻng Oʻrta Osiyo Davlat universitetining biologiya fakultetida tahsil oldi. Quddus Muhammadiy ijodi 30-yillardan boshlangan boʻlib, ilk asarlari “Sharq haqiqati” gazetasi va “Yer yuzi” jurnalida chop etiladi. Uning 1936–1937 yillarda yaratilgan “Sandal

Quddus Muhammadiy (1907–1997) Читать дальше »