Hikmatli so’zlar

Chiqisha olmaslik, buzuqchilik

Janjalga, fitna va ichiqoralikka moyillik — betayin odamlarning ishi. PINDAR Faqat bir tomon aybdor bo‘lganda edi, janjal bunchalik uzoq cho‘zilmasdi. F. LAROShFUKO Ma’lumki, barcha janjallarning o‘ziga xos xususiyati ikkala tomonning zaifligidir. F. VOLTER Janjallashayotgan ikki kignining aqllirog‘i — ko‘proq aybdor. I. GYoTE Janjalga ikki kishi kerak: hech qachon o‘shalarning biri bo‘lmang. J. LEBBOK Kim bilandir […]

Chiqisha olmaslik, buzuqchilik Читать далее »

Shaxsiy munosabatlar madaniyati haqida

Turmush — aslida siyqa tushunchadir, bu tushunchani jonlantirib turish, uning mohiyatini shaxsiy munosabatlar madaniyati bilan ochib berish kerak. M. M. PRIShVIN Biz bir-birimizga e’tibor bilan munosabatda bo‘lishni o‘rganishimiz kerak, dunyoda eng ajib, eng oliy xilqat — inson ekanligini tushunmog‘imiz kerak. M. GORKIY Kurramizdagi eng dilbar, eng ajoyib xilqat deb hisoblangan inson bilan faxrlanishni o‘rganmagunimizcha, to

Shaxsiy munosabatlar madaniyati haqida Читать далее »

Shuhratparastlik, takabburlik

Shuhratparastlik eng kuchli xohishdir. Meni bu xohishdan xalos etgin, qolganlaridan esa o‘zim qutulaman. R.ShERIDAN Shuhratparastlik odamlarning eng tabiiy xususiyatidir, lekin ayni paytda odamlarni tabiiylikdan mahrum etuvchi ham shu shuhratparastlikdir. L. VOVENARG Hech qachon, hech bir sharoitda o‘zingga manmanlik va takabburlikni ixtiyor etma. A. P. ChEXOV Takabburlik — jonsiz bir mato: Yuvsa kalta, qilmagin xato. V.

Shuhratparastlik, takabburlik Читать далее »

Ezmalik

Beodoblik faqat qilmishda emas, so‘zda ham bo‘ladi. ABUL FAROJ Tajriba bizga qayta-qayta shuni isbotlaydiki, odamlar o‘z tillariga boshqa hamma narsadan ko‘ra ham kamroq hukmrondirlar. B. SPIPOZA Odamlar oz so‘zlay turib, ko‘p narsani ifodalay olganlari holda, farosatsizlar esa, aksincha, to‘xtovsiz gapirib, bari bir hech narsa bermaslik xususiyatiga egadirlar. F. LAROShFUKO So‘z ham misoli yaproqqa o‘xshaydi: daraxtning

Ezmalik Читать далее »

Ehtiroslar va tashabbus haqida

Ehtiros yordamisiz tarixda biron-bir muazzam qadam bosilmagan, ehtiros ma’naviy kuchlarni chandon oshirib, arboblarning aqliy qobiliyatini charxlaydi, ehtirosning o‘zi buyuk taraqqiyparvar kuchdir. V. G. PLEXANOV G‘ayrat belgilangan maqsadga muhabbat kuchidir. P. A. PAVLENKO Tuganmas huzur-halovat — mehnatda. U. BLEYK Faqat tetik qaynoq shijoatdan, ona yurtga otashin muhabbatdan, jasurlik va g‘ayratdangina g‘alaba tug‘iladi. Gap unda-bunda ko‘rsatib qo‘yiladigan

Ehtiroslar va tashabbus haqida Читать далее »