Topishmoqlar

Hazil so‘roqlar va so‘z o‘yini

Nima hamma tilda ham gapiradi? (Aks-sado) Nimaning besh barmog‘i boru Lekin birorta ham tirnog‘i yo‘q? (Qo‘lqop) Nimaga odam orqaga o‘girilib qaraydi? (Orqasida ko‘zi yo‘q) Odamzodda nima ko‘p? (Umid, reja) Odamda nima bo‘lmasa, nimali bo‘lmasa, Nima qilmasa yashay olmaydi? (Hunari, ilmi bo‘lmasa, mehnat qilmasa) Dunyoda nima chaqqon? (Fikr) Dunyoda nima yugurik? (O’y) Dunyoda nima qimmat? (To‘g‘rilik, […]

Hazil so‘roqlar va so‘z o‘yini Читать дальше »

Yangi topishmoqlar

Aqlli temir olam kezar. (Yer suniy yo‘ldoshi) Shoxi bor, ho‘kiz emas, Egari bor, ot emas, Xohlagan manzilingta Yetkazadi, minsang bas. (Raketa) Po‘lat qushim uchdi-ketdi. Bir zum o‘tmay Oyga yetdi. (Raketa) Shamolday uchqur, Yo‘q oyog‘i va qo‘li. Ko‘zga ko‘rinmas, Charog‘on yurgan yo‘li. (Elektr toki) Suv emas, simda oqar, O’t emas, chiroq yoqar. (Elektr toki) O’zi qator

Yangi topishmoqlar Читать дальше »

Ertakli topishmoqlar

Huroyimning so‘rog‘iga javob Sultonxon degan podsho umrining oxirida Huroyim degan qizga uylanmoqchi bo‘ladi. Sultonxon Huroyimga sovchi yuboribdi. Huroyim qalinimga: O’nta uloq, Yigirmata bo‘ri, O’ttizta yo‘lbars, Qirqta tulki, Ellikta no‘xta, Oltmishta axta, Yetmishta sarg‘aldoq, Saksonta chaqaloq, To‘qsonta tumaloq, Yuzta jumaloq bersin va shu so‘zimning ma’nosini ayirib bersin debdi. Podsho fikr qilib, Huroyimning aqlli ekanligini aytadi. Bu

Ertakli topishmoqlar Читать дальше »

Har xil topishmoqlar

Dunyoda to‘rt narsa yo‘q. (Ko‘rpaning yengi, Chumchuqnipg suti, Hovuzning qopqog‘i, Toshning tomiri yo‘q) Tog‘da turar, Bog‘da bo‘lar, Suvda suzar, Kulda kular. (Kaklik, bulbul, baliq, bodroq) Tog‘ni talaydi, Elni elaydi, Jarni jalaydi, Suvni suvlaydi. (Jala, shamol, kaltakesak, ilon) Ikki boshli, to‘rt oyoqli, Ikki oyoqli, to‘rt quloqli, Orqasida bir dumi bor. (Ot, otga mingan odam) Chiroq tubi

Har xil topishmoqlar Читать дальше »

Kema va qurol-yaroqlar haqida topishmoqlar

Daryo Daryo ustida bo‘yra. (Qayiq) Yursa izi bilinmas. (Qayiq) Bir eshagim bor hangi, To‘qimlari yangi, O’t yemaydi, suv ichmaydi. (Qayiq, kema) Top-top, top-top otim, Tuyoqlari yalpoq otim. Odam ko‘rsa kishnamas, Yerdan bir cho‘p tishlamas. (Qayiq, kema) Izlasang izi yo‘q, So‘ysang, qoni yo‘q. (Qayiq) Bolta urdim, Badaxshon ketdi. (Miltiq o‘qi) Oq kuchugim ang etdi, Tovushi Qo‘qonga

Kema va qurol-yaroqlar haqida topishmoqlar Читать дальше »

Ot asboblari va yo‘l haqida topishmoqlar

Otdan baland, Itdan past. (Egar) Bo‘yi past, Otdan tushmas, Piyoda yurmas. (Egar) Uzun edim kesdilar, Yo‘g‘on edim yo‘ndilar, Ishga loyiq qildilar. (Egar) Tom ustida sandiq. (Egar) Tepdim, Terakka chiqdim. (Otga    minish) Tap-tap etib tomga chiqdim. (Otga minish) Tepdim teshik, Mindim beshik, Oldim ajriq, Keynim to‘qay. (Uzangi, egar, ot yeli, dumi) To‘rt oy, yigirma to‘rt yulduzni

Ot asboblari va yo‘l haqida topishmoqlar Читать дальше »

Cholg‘u asboblari haqida topishmoqlar

Uzun terak yiqildi, Uchi mening qo‘limda. Zag‘izg‘oni sayraydi, Sochi mening qo‘limda. (Tanbur) Uch ayg‘ir, haydadim tekis yo‘lga, Uchoviga o‘n odam xizmat qilar zo‘rg‘a-zo‘rg‘a. (Dutor) Bogda bulbul sayraydi, Egalari so‘zlaydi. (Dutor) Tomda turib gilam qoqdim. (Nog‘ora) Hasan dorozi bir bukur, Hovliga soladi zikir. Har mo‘ridan tutun chiqsa, Bachchalar tapir-tupur. (Karnay) Tomda turib gilam qoqdim, Changi jahonga

Cholg‘u asboblari haqida topishmoqlar Читать дальше »

Kitob va yozuv haqida topishmoqlar

Daraxt emas, yaproqli, Ko‘ylak emas, etakli, Odam emas so‘zlaydi, Turli kuylar kuylaydi. (Kitob) Ustida qopqoq, Tagida qopqoq, Ichinda yaproq. (Kitob) Tilsiz, aql o‘rgatar. (Kitob) Bodomcha bodomcha bilan, Yetti kalit tom bilan. Ne ko‘zi bor, ne og‘zi bor, So‘ylashadi odam bilan. (Kitob) Oq yer ochdim, Qora bug‘doy sochdim. (Qog‘oz, yozuv) Qo‘l bilan ekilar, Og‘iz bilan yig‘ilar.

Kitob va yozuv haqida topishmoqlar Читать дальше »

Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar

Otdim, osmonga chiqdi. (Do‘ppi) Bosh ustida chambarak, Chambarakda kapalak. (Do‘ppi) O’zi bitta, Tuxumi to‘rtta, Bolasi o‘n oltita. (Do‘ppi) Boshingdagi boshpana, Qish-qirovda gulxona. (Telpak) Kunduzi himoya qiladi, Kechasi qoziqda turadi. (Kiyim) Qora botir qaltiroq, Sag‘irlari yaltiroq. (Qora atlas) Top, topishmoq, Tanga yopishmoq. (Ko‘ylak) Erta turdi, Ikki ayri yo‘lga tushdi. (Shim) Mushtum yerga tushdi. (Cho‘ntak) Ho‘kizni mindim,

Kiyim-kechak, bezak va tikuvchilik asboblari haqida topishmoqlar Читать дальше »