Chaqaloqlarda dakriosistit

DO`STLARGA ULASHING:

Chaqaloqlarda dakriosistit

Dakriosistit — ko‘z yosh qopchasining yallig‘lanishi.

Sabablari:
-Ko‘z yosh yo‘llari o‘tkazuvchanligini tug‘ma buzilishi
-Tug‘ruq jarohatlari
-Infeksion kasalliklar

Chaqaloq tug‘ulganida ko‘z yosh suyuqligi oqib chiqishi uchun barcha yo‘llar o‘tkazuvchanligi yaxshi bo‘ladi. Faqat burun-ko‘z yosh kanalida embrional to‘qima elementlari turib qolishi hisobiga, ko‘z yosh qopchasidan ko‘z yosh suyuqligini oqib chiqishi qiyinlashadi. Oqibatda ko‘z yosh yig‘ilishni boshlaydi va o‘zining himoya funksiyasini yo‘qotadi. To‘plangan suyuqlikka mikroblar tushib, yiringli yallig‘lanish boshlanadi.

Belgilari:
-Ko‘z ichki burchagi qizarishi
-Ko‘z yosh oqishi
-Shish
-Ko‘z yosh qopchasi sohasiga bosganda yiring ajralishi

Kasallik chaqaloq hayotining 8- yoki 10-kunida namoyon bo‘ladi.

❗️Yuqoridagi holat aniqlanganda bolani kechiktirmasdan vrach oftalmolog ko‘rigiga olib borish zarur.

© Doctor Muxtorov