Choʻlpon (1898–1938)

DO`STLARGA ULASHING:

Oʻzbek adabiyotining yorqin namoyandalaridan biri Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon 1898 yilda Andijonning Qatorterak mahallasida savdogar oilasida dunyoga kelgan.
Taniqli jurnalist va yozuvchi Moʻminjon Muhammadjonov “Turmush urinishlari” kitobida qayd etishicha, Choʻlponning otasi Sulaymonqul Mulla Muhammad Yunus oʻgʻli (1874–1929) oʻz davrining yetuk ziyolisi, maʼrifatparvar kishisi boʻlgan. U “Rasvo” taxallusi bilan sheʼrlar ham yozgan, devon yaratgan.
Choʻlpon avval eski maktabda, soʻngra madrasalar va rus-tuzem maktabida tahsil olib, arab, fors va rus tillarini mukammal oʻzlashtiradi. Mutolaa yoʻli bilan turk, nemis va ingliz tillarini oʻrganadi. Sharq va Gʻarb ijtimoiy-siyosiy qarashlaridan oziqlanadi. Firdavsiy, Saʼdiy, Hofiz, Umar Xayyom, Alisher Navoiy kabi buyuk soʻz sanʼatkorlari ijodini mehr bilan oʻrganadi. Choʻlpon dunyoqarashi va ijodining shakllanishiga XX asr boshlaridagi jadidchilik harakati katta taʼsir koʻrsatgan.
Choʻlponning ijodi 1913–1914 yillardan boshlangan, u avval “Qalandar”, “Mirzaqalandar”, “Andijonlik” va, nihoyat, “Choʻlpon” taxallusi bilan ijod qildi.
Shoirga “Choʻlpon” taxallusini buyuk maʼrifatparvar istiqlolchi Munavvar qori Abdurashidxonov bergan. Choʻlpon ham shoir, ham nosir, ham dramaturg sifatida oʻz xalqi adabiyoti ravnaqiga salmoqli hissa qoʻshdi. Uning dastlabki asarlari “Sadoi Turkiston”, “Sadoi Fargʻona” kabi mahalliy gazetalarda, shuningdek, Orenburgda chiqadigan “Shoʻro” jurnalida nashr etiladi. Choʻlponning “Ishtirokiyun”, “Turkiston”, “Buxoro axbori” kabi gazetalardagi faoliyati ham uning ijodiy shakllanishida mahorat maktabi boʻlib xizmat qiladi.
Choʻlpon ocherknavis va publitsist sifatida ham barakali ijod qildi. Bu borada uning, ayniqsa, “Adabiyot nadir?”, “Muhtaram yozuvchilarimizgʻa” kabi maqolalari adabiyotning maqsad va vazifalarini anglashda muhim rol oʻynadi.
U 1914–1917 yillarda yaratgan “Qurboni jaholat”, “Doʻxtir Mahammadiyor” singari hikoyalari, “Vatanimiz Turkistonda temir yoʻllar” singari maqolalarida madaniyat va maʼrifat targʻibotchisi sifatida maydonga chiqdi.
U oktyabr toʻntarishidan keyingi yillarda hayotda sodir boʻlayotgan xush va noxush oʻzgarishlarni qalamga oldi. “Yoʻlda bir kecha”, “Sharq poyezdi keldi”, “Sharq uygʻongan”, “Quturgan mustamlakachilar”, “Yoʻl esdaligi” singari oʻnlab ocherk va publitsistik maqolalarida chor mustamlakachilari va mahalliy hokim sinf vakillari yetkazgan jabru jafolarni, fuqarolar urushi davrida roʻy bergan fojialarni tasvirladi.
Choʻlpon 1922–1935 yillarda oʻzining “Uygʻonish” (1922), “Buloqlar” (1923), “Tong sirlari” (1926), “Soz” (1935) kabi toʻrtta sheʼriy toʻplamini nashr ettirdi. 30-yillarga kelib “Joʻr” kabi sheʼriy toʻplamini tayyorladi. Ammo “Soz”i chop etiladi-yu, “Joʻr” toʻplami qatagʻonlik tuzogʻiga ilinib, qolib ketadi. Shoirning toʻplamlari orasida “Buloqlar” (1923) alohida ajralib turadi.
Toʻplam besh boʻlimdan iborat boʻlib, ular “Sharq uchun”, “Sezgilar”, “Sevgi”, “Qora yoʻllar” va “Qor qoʻynida” deb nomlanadi. Shoirning oʻzi qayd etishicha, mazkur sheʼriy guldasta “jahon fotihlari changalida ezilib yotqon Sharq oʻlkalariga” bagʻishlangan. Jumladan, “Amalning oʻlimi” sheʼrida shunday misralarni oʻqiymiz:
Koʻnglimda yigʻlagan malaklar kimlar,
Sharqning onalari, juvonlarimi?
Qarshimda ingragan bu jonlar kimlar,
Qullar oʻlkasining insonlarimi?
 
Choʻlpon 1925 yilga kelib, “Muhit kuchli ekan, egdim boʻynimni” deya ijtimoiy qarashlarini oʻzgartirishga majbur boʻlganligini eʼtirof etadi. Ammo shunga qaramay, shoir yaratgan ikki yuzdan ortiq sheʼriy asarlar el-yurt baxti, kelajagi, mustaqilligi, ozodligi uchun kurashning yorqin solnomasi desa boʻladi.
Garchi vaqti-vaqti bilan uning tuygʻu va tafakkurida tebranishlar kechgan boʻlsa-da, aslida, milliy istiqlol uchun kurashdan zarracha qaytmaydi. Jumladan, “Tilak yoʻlida” sheʼrida:
Ketgan yoʻlim toʻgʻri yoʻldir, ketamen,
Qanday toʻsiq mone boʻlsa, oʻtamen,
Men ketamen, tilak, deya ketamen,
Hech tilaksiz quruq jonni netamen?
Bir jon ekan, mayli qurbon etamen!.. –
 
deya el-yurt, ona Vatan yoʻlida qurbon boʻlishdan ham qaytmadi.
Choʻlpon yetuk lirik shoirgina emas, balki “Novvoy qiz”, “Oydin kechalarda”, “Qor qoʻynida lola” kabi oʻnlab hikoyalar, “Kecha va kunduz” (1936) kabi ajoyib roman ham yaratgan isteʼdodli adibdir.
U dramaturg sifatida ham salmoqli ijod qilgan. Uning “Xalil farang”, “Choʻrining isyoni” kabi kichik pyesalari, “Oʻrtoq Qarshiboyev”, “Mushtumzoʻr” kabi dramalari hamda koʻp vaqt sahnadan tushmagan “Yorqinoy” pyesalari mashhur boʻlgan. Shuningdek, rus yozuvchisi V. Yan bilan hamkorlikda “Hujum” dramasini yaratgan.
Choʻlpon mohir tarjimon sifatida V. Shekspirning “Hamlet” fojiasini, A. S. Pushkinning “Dubrovskiy” qissasi va “Boris Godunov” pyesasini, M. Gorkiyning “Ona” romanini va boshqa koʻplab asarlarini oʻzbek tiliga oʻgiradi.
Choʻlpon ham Fitrat va Abdulla Qodiriy kabi qatagʻon davrining qurboni boʻlgan. U 1937 yilning 14 iyulida qamoqqa olinib, 1938 yilning 4 oktyabrida otib tashlangan. Choʻlponning asarlari uzoq vaqt davom etgan tanaffusdan keyin 1991 yili “Yana oldim sozimni” nomi bilan nashr etildi.
1991 yil 25 sentyabrda Choʻlponga Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mukofoti berildi. 1997 yili adib tavalludining 100 yilligi munosabati bilan uning koʻplab asarlari yangidan nashr etildi va u haqda ilmiy tadqiqotlar yaratildi.
Abdulhamid Sulaymon oʻgʻli Choʻlpon milliy ozodlik uchun kurash yoʻlida koʻrsatgan matonati va buyuk xizmatlari, oʻzbek adabiyoti va madaniyati rivojiga qoʻshgan ulkan hissasi uchun 1999 yilda “Mustaqillik” ordeni bilan mukofotlandi.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti 2016) kitobidan.

13 комментариев к “Choʻlpon (1898–1938)”

  1. Уведомление: https://wifina.be/pret-personnel/

  2. Уведомление: Guns For Sale Online

  3. Уведомление: smiley draggyy,

  4. Уведомление: valid dumps pin shop

  5. Уведомление: browse around here

  6. Уведомление: sbo

  7. Уведомление: 토토세콤

  8. Уведомление: buy shroom bars in fortnite

  9. Уведомление: แทงบอล ufabet

  10. Уведомление: shy bbw fuck hidden cam

  11. Уведомление: ephedra sinica pills

  12. Уведомление: ทดลองเล่นpg

  13. Уведомление: https://www.heraldnet.com/reviews/phenq-reviews-is-it-legit-update/

Комментарии закрыты.