Darpardalar — xonadon koʼrki

DO`STLARGA ULASHING:

Baʼzida uy ichida yangicha kayfiyat yaratish istagida xonda kichkina boʼlsa-da, oʼzgartirish qilish istagi paydo boʼladi. Bunda jihozlar oʼrnini almashtiramiz, ammo, baribir yana nimadir yetishmaetgandek. Аynan shu paytda sizga deraza pardalarini oʼzgartirish koʼngildagidek xona sharoitini yaratishga yordam berishi mumkin. Chunki deraza pardalari — bu xuddi yangi kelinchakning sarposi kabi har gal yangisiga almashtirganingizda yangicha goʼzallik hamda joziba bilan koʼzingizni qamashtiraveradi.

Xona uchun parda tanlaganda faqatgina mato hamda dizayn bilan bilan cheklanish yaramaydi. Bunda siz xonadoningizning bir qator oʼziga xos xususiyatlarini ham nazardan chetda qoldirmasligingiz shart. Masalan:
xona oʼlchami;
shift balandligi;
deraza shakli;
xonaning vazifasi (yotoqxona, oshxona, mehmonxona).
Interьer uslubini hisobga olmay turib, koʼnglingizga oʼtiradigan darpardalarga ega boʼlish qiyin. Quyidagi tavsiyalar sizga bunda koʼmak beradi:
Аgarda xona shifti past boʼlsa, bir xil rangli yoki vertikal chiziqlar tushirilgan parda, shifti baland va derazalari keng boʼlgan xona uchun esa burmali va, albatta, uzun parda tanlash lozim.
Kichik xonalar uchun yengil darpardalar yoki toʼrlar, organza mato mos keladi. Аgarda xonangiz quyosh tomonga qaragan boʼlsa, shaffof matodan qatlamlar qushib, pardani zichroq holda tutish mumkin. Shunda xona ichi biroz kengroq koʼrinadi va quyosh nuridan ham himoyalanadi.
Butun devor boʼylab tutilgan deraza pardasi xonani kattaroq koʼrsatadi. Undagi gorizontal chiziqlar xonaga kenglik baxsh etsa, vertikal chiziqlar past shiftlarga ulugʼvorlik, balandlik beradi.
Qizil, sariq rangdagi pardalar xonaga iliqlik bersa, kulrang, moviy va binafsha ranglilari salqin kayfiyat ulashadi. Parda rangini tanlaganda, shuningdek, xona devori rangiga ham eʼtibor qaratish lozim. Pardalar devor rangidan biroz ochroq, yoki aksincha, toʼqroq rangda tanlansa, xonaga alohida fayz va chiroy kiritadi.
Xona pradalarini yiliga 2 marta almashtirib turish mumkin. Kuz va qish fasli uchun qalin matodan tikilgan qaynoq rangli darpardalar, bahor va yoz fasliga esa yengil naqshli matodan ishlangan pardalar xonangiz koʼrkiga koʼrk bagʼishlaydi.

Оставьте комментарий