DIMEKSID suyuqligi

DO`STLARGA ULASHING:

Dimeksid suyuqligi
QOʻLLASH BOʻYICHA YOʻRIQNOMA
#Dimeksid
#Димексид
?Preparatning savdo nomi: ?
Dimeksid
?Xalqaro patentlanmagan nomi (XPN): ?
 dimetilsulfoksid.
?DORI SHAKLI : ?
 sirtga qoʻllash uchun suyuqlik
?TARKIBI: ?
Faol modda: dimetilsulfoksid 50 ml yoki 100 ml
?TA’RIFI : ?
 och-sariq rangli tiniq rangli eritma.
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?
 Mahalliy qoʻllash uchun yalligʻlanishga qarshi vosita.
?FARMAKOLOGIK XUSUSIYATI ?
Sirtga qoʻllash uchun yalligʻlanisha qarshi vosita, gidroksil radikallarni faolsizlantiradi, yalligʻlanish oʻchogʻida metabolik jarayonlarni kechishini yaxshilaydi. Shuningdek mahalliy ogʻriqsizlantiruvchi, analgetik va mikroblarga qarshi taʼsir koʻrsatadi, oʻrtacha fibrinolitik faollikka ega.
Teri, shilliq qavatlar, mikrob xujayralarning qobigʻi (ularni antibiotiklarga sezgirligini oshiradi) va boshqa biologik membranalar orqali oʻtadi, dori vositalari uchun ularning oʻtkazuvchanligini oshiradi.
?QO’LLANILISHI ?
Majmuaviy davolash tarkibida: tayanch-harakat apparati kasalliklari: revmatoid artrit, Bexterev kasalligi (ankilozlovchi spondiloartrit), deformatsiyalovchi osteoartroz, reaktiv sinovit, organik sklerodermiya, tugunli eritema, diskoid qizil yugirigi, oyoq kaftining mikozlari, kelloid chandiqlar, tromboflebit, allopetsiya, ekzema, saramas, paylarni lat yeyishi, choʻzilishi, jarohat infiltratlari: yiringli yaralar, kuyishlar, radikulit, trofik yaralar, akne, furunkulyozda qoʻllanadi.
?QO’LLASH USULI VA DOZALARI ?
Applikatsiyalar va yuvishlar koʻrinishida sirtga qoʻllanadi. Zarur konsentratsiyali eritmada doka salfetka namladi va 20-30 minut davomida shikastlangan sohaga qoʻyiladi. Salfetka ustidan polietilen plyonka va paxta gazlama yoki zigʻirpoyali mato qoʻyiladi. Applikatsiya davomiyligi – 10-15 kunni tashkil etadi.
Saramas va trofik yaralarni davolashda – 30-50% li eritma koʻrinishida 50-100 ml dan sutkada 2-3 marta buyuriladi.
Ekzema, diffuz streptordermiyalarda – 40-90% li eritmali kompresslar koʻrinishida buyuriladi.
Ogʻriq sindromlarida mahalliy ogʻriqsizlantirish uchun – 25-50% li eritmali kompresslar koʻrinishida 100-150 ml dan kunida 2-3 marta buyuriladi.
Chuqur kuyishlarni davolashda 20-30% li dimeksid eritmasi (zarurati boʻlganida 500 ml gacha dozada) bogʻlamlar qoʻyiladi.
Teri-plastik jarrohlikda koʻchirib oʻtkazilgan autotransplantantlarini va gomotransplantantlarga operatsiyadan bevosita keyin va transplantant barqaror bitib ketishigacha 10-20% li eritmali bogʻlamlar qoʻllanadi.
Teri gomotransplantantlarini saqlash uchun konservatsiyalovchi muhit sifatida Ringer eritmasida 5% li eritmasi qoʻllanadi.
Kamroq konsentrlangan eritmalar bilan yiringli-nekrotik va yalligʻlangan oʻchoqlar va boʻshliqlarga ishlov beriladi.
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
Preparatga yuqori sezuvchanlik, ogʻir jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, stenokardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, katarakta, insult, koma, miokard infarkti, xomiladorlik, laktatsiya davrida va 12 yoshdan kichik bolalarda qoʻllash mumkin emas.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
Allergik reaksiyalar, kontakt dermatit, eritema, terini qurishi, yengil achishish, qichishuvchi dermatit, kam hollarda – bronxospazm kuzatilishi mumkin.
?DORILARNING O’ZARO TA’SIRI ?
Etanol, insulin va boshqa dori vositalarining soʻrilishi va taʼsirini kuchaytiradi. Geparin, antibakterial vositalar, NYAQP lar bilan mutanosib. Mikroorganizmlarni aminoglikozidlar va beta-laktam antibiotiklari; xloramfenikol, rifampitsin, grizeofulvinga sezgirligini oshiradi.
?MAXSUS KO’RSATMA ?
Baʼzi bemorlar nafas olganda sarimsoqpiyoz hidini sezadilar.
Preparatni qoʻllashdan oldin uni oʻzlashtiraolishlik sinamasini oʻtkazish kerak ( ESDA SAQLANG).
Buning uchun dimetilsulfoksidda namlangan paxta tampon teriga tekkaziladi va giperemiya va yaqqol qichishishni paydo boʻlishi oʻta yuqori sezuvchanlikdan dalolat beradi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
?DOZANI OSHIRIB YUBORISH ASORATLARI ?
Dozani oshirib yuborilsa eshakyemi, shish kuzatilishi mumkin. Bunday hollarda preparat bekor qilinadi, shikastlanish joyini yuvib, preparat ketkaziladi.
?CHIQARILISH SHAKLI ?
50 yoki 100 ml dan qoʻngʻir rangli shisha flakonda. Flakon qoʻllash boʻyicha yoʻriqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
?SAQLASH SHAROITI ?
Quruq, yorugʻlikdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori boʻlmagan haroratda saqlansin.
?Yaroqlilik muddati ?
2 yil.
?ADMIN ESLATMASI ?
Dimeksid suyuqligini ko’pincha yiringli yaralarni yuvishda va yiringli bo’shliqlarni tozalash va dezinfeksiya qilish maqsadida foydalaniladi.
?Qo’llash — retsept bilan
?Ishlab chiqaruvchi — Rossiya, Uzbekistan.
@Farmakologiya_TTA
,,ТАБЛЕТКА » kanali .

Оставьте комментарий