Dunyoda insonlar qo’lida qancha mablag’ bor?

DO`STLARGA ULASHING:

Dunyoda insonlar qo’lida qancha mablag’ bor?

Yer yuzidagi barcha insonlar qo’lida bugungi kunga kelib $418,3 trln mablag’ mavjud bo’lib, bu quyidagich taqsimlangan:

— Boyligi $1 mlndan ko’p bo’lganlarda — $191,6 trln va bu ummumiy miqdorning 45,8%;
— Boyligi $100 mingdan $1 mlngacha bo’lganlarda — $163,9 trln va bu ummumiy miqdorning 39,1%;
— Boyligi $10 mingdan $100 minggacha bo’lganlarda — $57,3 trln va bu ummumiy miqdorning 13,7%;
— Boyligi $10 mingdan kam bo’lganlarda — $5,5 trln va bu ummumiy miqdorning 1,3%;

Yuqoridagi raqamlar hududlar kesimida quyidagicha:
— Shimoliy Amerika — $136 trln 316 mlrd;
— Yevropa — $103 trln 213 mlrd;
— Osiyo-tinch okeani hududi — $75 trln 277 mlrd;
— Xitoy — $74 trln 884 mlrd;
— Hindiston — $12 trln 833 mlrd;
— Lotin Amerikasi — $10 trln 872 mlrd;
— Afrika — $4 trln 946 mlrd;

Pandemiya bo’lishiga qaramay aholidagi ummumiy pul qiymati 6%ga o’sgan.