Elektr toki haqidagi dastlabki ma’lumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

1. Elektr toki nima? Katta sharlar kiydirilgan ikkita elektrometr olamiz. Chap tomondagi sharni elektrlangan tayoqcha yordamida elektrlaymiz (31- a rasm). Elektrometr sharning elektrlanganini ko’rsatadi. O’rtasiga neon lampacha ulangan o’tkazgichning izolyatsiyalangan tutqichidan ushlab, elektrlangan sharni elektrlanmagan shar bilan tutashtiramiz. Lampacha bir zum yonib-o’chadi. Chapdagi shar o’z zaryadining bir qismini yo’qotadi, o’ngdagi shar esa shuncha zaryadga ega bo’ladi (31- b rasm).

Tajribada nima hodisa ro’y berganini o’ylab ko’raylik. Bir shardagi zaryad kamaygani va ikkinchisidagi zaryad ortgani sharlarni tutashtirgan o’tkazgich bo’ylab elektr zaryadlar o’tganini bildiradi. Zaryadlar lampa orqali o’tayotgan paytda u yondi. Elektr zaryadlarning o’tkazgich bo’ylab tartibli harakati elektr toki deb ataladi.
O’tkazilgan tajribada tutashtiruvchi o’tkazgich va neon lampacha orqali o’tgan tok juda qisqa vaqt davom etdi: lampacha charaqlab yondi-yu, o’chdi.
O’tkazgichdan uzoq vaqt o’tadigan tokni qanday olish mumkin? Buning uchun sharlardan (yoki o’tkazgichning uchlaridan) chiqib ketayotgan zaryadlar o’rnini uzluksiz to’ldirib turish zarur. Buning uchun tok manbalari deb ataluvchi maxsus asboblar o’ylab topilgan. Eng sodda tok manbai sizga tanish bo’lgan elektrofor mashinasi bo’lishi mumkin. Uning disklari aylantirilganda zaryadlarning uzluksiz ajralishi ro’y beradi.
O’tkazgich va neon lampachani elektrofor mashinasining sharchalari bilan tutashtirib, mashina disklarini aylantiramiz (32-rasm). Bunda mashinaning disklari aylanishdan to’xtamaguncha lampacha uzluksiz yonib turadi.

2. Nima uchun zaryadlar o’tkazgich bo’ylab harakatlanadi? Zaryadlarni o’tkazgich bo’ylab harakatlanishga nima majbur qiladi? Javob faqat bitta bo’lishi mumkin: elektr maydon. Haqiqatan ham, tok manbai ishlayotganda uning sharlari (ularni qutblar deyiladi) orasida elektr maydon vujudga keladi (33- rasm). O’tkazgichni manbaga ulaganda maydon o’tkazgichga kirib, elektr zaryadlarni o’tkazgich bo’ylab bir qutbdan boshqasiga harakatlanishga majbur qiladi.

3. Elektr zanjirda energiyaning o’zgarishi. Tok manbai, simlar va lampacha elektr zanjirni hosil qiladi. Bu zanjirda ikkita qism – tashqi va ichki qismlar bor. Tashqi qism – ulovchi simlar  lampacha (yoki elektr energiyaning boshqa iste’molchisi), ichki qism — manbaning ichi.
Elektr lampalar, elektr qo’ng’iroq, rele, elektr dvigatel va boshqalar elektr energiyani iste’mol qiluvchilardir. Elektr zanjir sxemasida unga kiritilgan barcha elementlar o’z belgilariga ega.
Ichki qismda elektr zaryadlarning bo’linishi yuz beradi: musbat zaryadlar musbat qutbda, manfiy zaryadlar esa manfiy qutbda to’planadi. Musbat zaryadlarni manfiy zaryadlardan ajratish uchun ish bajarish lozim. Elektrofor mashina disklarini aylantirib, qarama-qarshi ishorali elektr zaryadlarni ajratish uchun ish bajaramiz.
Tok manbaining ajralgan elektr zaryadlar to’planadigan qutblan orasida elektr maydon yuzaga keladi.
Shunday qilib, tok manbaida qandaydir energiyaning elektr maydon energiyasiga aylanishi yuz beradi. Masalan, elektrofor mashinada mexanik energiya elektr maydon energiyasiga aylanadi. Bu energiyani sodda qilib elektr energiya deb ataladi. Cho’ntak fonari batareyasida kimyoviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Kosmik kemalarda joylashgan quyosh batareyalarida quyosh yorug’ligi energiyasi elektr energiyaga aylanadi. Gidroelektrostansiyalarda tushayotgan suvning mexanik energiyasi elekrt energiyaga aylanadi.
Zanjirning tashqi qismida elekrt energiya boshqa turdagi energiyaga aylanadi. Masalan, lampachada elektr energiya yorug’lik energiyasiga, dvigatelda — mexanik energiyaga, dazmolda esa ichki energiyaga aylanadi.
Manba: Fizika 7-sinf o’quv qo’llanmasi
Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti, 2002

21 комментарий к “Elektr toki haqidagi dastlabki ma’lumotlar”

  1. Уведомление: สล็อตวอเลท

  2. Уведомление: DevOps Development Company

  3. Уведомление: cougar dating

  4. Уведомление: nova88

  5. Уведомление: maxbet

  6. Уведомление: บาคาร่าเว็บตรง

  7. Уведомление: sbobet

  8. Уведомление: private Miami boat tours with Captain

  9. Уведомление: kimber Revolver For Sale

  10. Уведомление: แอพเงินด่วน

  11. Уведомление: buy instagram followers uk

  12. Уведомление: cornhole games

  13. Уведомление: i loved this

  14. Уведомление: Price of Blue Foot magic Mushroom online

  15. Уведомление: benelli guns store

  16. Уведомление: Buy Golden Teacher Mushroom Online Sydney

  17. Уведомление: 티비위키

  18. Уведомление: vapes

  19. Уведомление: cartel oil co carts

  20. Уведомление: bio ethanol burner

  21. Уведомление: Psilocybin mushroom for sale

Оставьте комментарий