Erkin Samandar (1935)

DO`STLARGA ULASHING:

Shoir, nosir va dramaturg Erkin Samandar 1935 yili Xorazm viloyatining Xonqa tumanidagi Navxos qishlogʻida dunyoga kelgan. Xorazm davlat pedagogika institutida tahsil olgach (1952–1957), Xorazm viloyati Qoʻshkoʻpir tumanidagi Beruniy nomli oʻrta maktabda oʻqituvchi (1957–1958)lik qildi. Shundan soʻng Urganch tumani “Paxtakorlar ovozi” gazetasining texnik kotibi boʻldi. OʻzFA til va adabiyot instituti aspiranti (1967), Oʻzbekiston televideniyesi “Yoshlik” studiyasining bosh muharriri (1967–1969), adabiy-dramatik eshittirishlar programmasining bosh muharriri (1975–1977), “Xorazm haqiqati” viloyat gazetasining muharriri boʻlib ishladi (1977–1990), masʼul vazifalarda faoliyat koʻrsatdi.
Erkin Samandar oʻtgan asrning 50-yillarida adabiyot dargohiga kirib kelgan. 1966 yilda “Amu jilolalari” nomli birinchi sheʼriy toʻplami chiqdi. Shundan keyin “Dunyoning yoshligi” (1968), “Osmon toʻla nur” (1970), “Vafo degan gavhar” (1973), “Mening yigitlik vaqtim” (saylanma, 1979), “Qabul soatlari” (1980), “Sohildagi bolalar” (1982), “Yablonya vo dvore” (Moskva, 1982), “Bahor oqshomlari” (1984), “Shedrost rassveta” (1985), “Sevgi fasllari” (1987), “Bu bogʻni qaysi bogʻ derlar” (1988), “Yurakka yoʻl” (1990), “Sevgi kitobi” (1996), “Va yana bahor” (2010, qizi Sayyora Samandar bilan hammualliflikda), “Koʻngil yoshligi” (2010) jami 17 sheʼriy majmuasi nashr etildi.
U “Osmonning tosh tulpori”, “Oltin sandiq”, “Qoʻshiq izlab”, “Samarqandni oshiqlar qurgan” kabi dostonlar, 100 dan ortiq qoʻshiqlar mualshlifidir.
Erkin Samandar tarixiy mavzuda yaratilgan “Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq” (roman, 1989), “Tangri qudugʻi” (roman, birinchi kitob, 1989), “Quduq tubidan sadolar” (roman, ikkinchi kitob, 1989), “Pahlavon Mahmud Puryoyvaliy” (2000), “Sulton Jaloliddin” (roman, 2007), “Quyun yuzlari yoxud Ogahiy” (roman, 2009), “Gʻarb qushlari” (roman, qissa va hikoyalar, 2011) kabi kitoblar muallifi hamdir.
Dramaturg sifatida “Javohir” (musiqali drama, 1984), “Ajdodlar qilichi” (tarixiy drama, 1986), “Jaloliddin Manguberdi” (“Yot hujra”, pyesa, 1988), “Bashorat” (musiqali drama, 1988), “Arabmuhammad” (tarixiy drama, 1992), “Dilda borim” (musiqali komediya, 2012) kabi sahna asarlarini yozdi. “Avaz Oʻtar”, “Madraim Sheroziy”, “Uzoq yoʻl hikmatlari”, “Ming otlilar diyori”, “Ogahiy qoʻlini olgan rais”, “Xiva”, “Qum sayli”, “Taqdir yoʻllari” nomli hujjatli-publitsistik filmlar yaratdi, koʻplab esselar yozdi.
Mazkur asarlarda yaxshi odamlar, goʻzal tabiat, insoniy muhabbat, sevgi va vafo, mehnat va hayot tashvishlari, armonlaru gumonlar, qisqasi chuqur maʼnaviyat ildizlarini ochishga intilish seziladi. Erkin Samandar koʻplab publitsistik asarlar va ocherklarning ham muallifidir. “Daryosini yoʻqotgan qirgʻoq” (1989) romanida tabiat, Orol ekologiyasigina emas, eng muhimi, maʼnaviyat ekologiyasi sohasida sodir boʻlayotgan qashshoqlik, fojia va ularning oqibatlarini bartaraf etish, muhabbat bilan qabohat oʻrtasidagi kurash oʻz ifodasini topgan.
Erkin Samandar “Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan jurnalist” (1990) unvoni bilan taqdirlangan.
“Oʻzbek adiblari” (S. Mirvaliyev, R. Shokirova. Toshkent, Gʻafur Gʻulom nomidagi adabiyot va sanʼat nashriyoti, 2016) kitobidan.

14 комментариев к “Erkin Samandar (1935)”

  1. Уведомление: DevOps as a Service Pricing

  2. Уведомление: outsourcing Devops efforts

  3. Уведомление: sbobet

  4. Уведомление: สล็อต pg เว็บตรง

  5. Уведомление: sbobet

  6. Уведомление: เงินด่วน 10 นาทีโอนเข้าบัญชี ผ่อนรายเดือน

  7. Уведомление: maxbet

  8. Уведомление: More hints

  9. Уведомление: get redirected here

  10. Уведомление: พนันบอลออนไลน์

  11. Уведомление: mcx spear civilian release

  12. Уведомление: Denver Adult Cams

  13. Уведомление: goede zweefparasol kopen

  14. Уведомление: psilocybe mushrooms in oregon

Комментарии закрыты.