Fizika sherlar

DO`STLARGA ULASHING:

                                                    
                             To’pdan oyga.
 
Savol bermish bir to’pchi fizikachi olimga:
-Ayting, qachon to’p  o’qi uchar boshqa olamga?
Ushbu savol olimni o’ylantirib qo’yibdi.
Olim to’pchiga javob etmoq xissin tuyipti.
Izlanibdi necha vaqt, sira xorib tolmabdi.
Havoning qarshiligin u xisobga olmabdi.
Jumboqni xal etmoqqa, kirishibdi, u jiddiy.
Riyoziyotni qo’llab-javob topibdi oddiy.
Hisob chog’i Pifagor, jumlasi yordam bermish.
Olim uzoq izlanib- shunday qarorga kelmish.
To’p o’qi soniyada sakkiz chaqirim uchar,
Qolar yer atrofida, aylana yo’lin quchar.
Bo’lsa o’qning tezligi, o’n birdan toki sakkiz.
O’qning yurar chizig’i , bo’lar aniq  Ellips.
Mabodo o’q tezligi, bo’lsa gar aniq o’n bir.
O’qning uchar chizig’i albat bo’ladi Giper.
O’n birdan ortsa –chiziq, Parabola bo’ladi.
To abad bu to’p o’qi,  Yerdan yiroq qoladi.
Bu kun bashar jumboqni har yoqlama hal etgan.
Raketa faqat oymas, Mirrixdan yiroq ketgan.
                                                       Minora o’sadimi?
 
Eyfel minorasi bor, Farangiston Parijda.
Hashamatli, serviqor, juda dongdor xorijda
Minora ancha doroz- uch yuz metrdir bo’yi.
Faranglarning qishu-yoz , dildan ardoqlar joyi.
Minora atrofida doim tumonat odam.
                   Xorijiy mexmonlar xam bunda bo’lishar mudom.
Ikki sayyox turardi,  minorani kuzatib
   Suxbatlashib yurardi, bir-birini kuzatib.
Biri der:- Qanchalik  xashamatli bu minor,
O’tsa hamki yuz yillar sira o’zgarmay turar
Sayyohlar ikkinchisi fizikani bilardi
Biliklarni hayotga,  aniq tatbiq qilardi.
U dediki:- Issiqda, minora ham o’sadi
         Gar havo sovur bo’lsa, o’sish yo’lin to’sadi.
O’sish doimiysini, gar olsak e’tiborga
      Minoraning o’sishi –bog’liqmas ixtiyorga.
Havoning issiqligi,  qirq darajaga ortsa
Minora uzunligi ,kaftcha uzayar rosa
Temir ko’prik qurishda, hisobda bo’lar bu ish
Ko’prikning bir tomoni, qotirilmas doim bo’sh.
Aksida qishda ko’prik , taranglashib uzilar
                                      Yozda esa uzayib, muvozanat buzilar.
                                       Temir yo’l izlarida , u bo’ladi hisobda,
Gaz quvuri bor yerda , doimo turar yodda.
       Xullas, do’stim metallar , issiqlikda cho’zilar.
                                      Qilinmasa e’tibor, qonun kuchi sezilar.
                                    Po’stin isitadimi?
Ba’zilar ming –ming sarflab , mo’yna po’stin olishar.
Jamlaguncha mablag’ni rosa xoldan toyishar.
        Do’stlar beringiz javob, issiq berarmi , po’stin?
     Yoki faqat qomatning yashirar kamu-ko’stin?
        Shu maqsadda birlashib , o’tkazaylik  tajriba .
Fizik qonunni tilga, etib oddiy “tarjima”
Olib ikki parcha muz, asraylik turli holda
Birin o’rab po’stinga, birin ochiq havoda.
Ochiq havodagi muz, tezroq erib ketadi.
Po’stinfagi uzoqroq, erimasdan yotadi.
                                         Termometrni olib, o’rab qo’ysa po’stinga,
                                         Pardek yumshoq mo’yna ham , ta’sir qilmaydi unga.
                                        Ammo kiysak po’stinni , isigandek bo’lamiz.
                                       Har qandayin sovuqdan , qutulgandek bo’lamiz.
Xulosa shu : Po’stinlar –isitmayi zarra ham,
U faqat haroratni , o’tkazadi juda kam.
Shu bois qimmatbaho po’stin kiyish shart emas.
Mo’tadil haroratni asrash yo’lin topsa bas!
                                          Sayyohlar tezligi.
 
Ko’cha uzra sayr qilar, yonma-yon  A,  B sayyoh,
Peshtoqdagi yozuvlar, siridan bo’lib ogoh.
B sayyohning bo’y- basti, A bo’yidan kattaroq.
Shu bois  A  qadami  B nikidan kaltaroq.
A qadam uzunligi  B dan ozdir o’n foiz.
Lekin qadam tezligi  undan o’n foizga tez.
Aytingchi bu sayrda , qaysi sayyoh tez yurar?
Qay biri uni quvib , zo’rg’a-zo’rg’a ulgurar?
                               Yo’lga ketgan vaqt.
 
Muyassar maktab tomon piyoda yurib yetar.
So’ng qaytsa moshin bilan bir yarim soat ketar.
Maktab tomonga , so’ngra qaytar chog’i uy yoqqa,
Qatnasa moshin bilan ketar o’ttiz daqiqa.
Agar ikkala yoqqa , borar bo’lsa piyoda,
Sarf bo’larmi, ozroq vaqt,yoki bo’lar ziyoda ?
                         Ko’zguda kimni ko’ramiz?
Oilada qari-yosh, hamma ko’zguga qarar,
Go’zallarga u sirdosh, o’sma qo’yar , soch tarar.
Hamma boqib ko’zguga, ayting,  kimni ko’radi?
Ko’zguda o’zimi , yo, boshqa birov bo’ladi?
Gar aylasak e’tibor , ko’zguga qaragan dam,
       Bizga ko’zgudan boqar, butunlay boshqa odam.
Sizning xolingiz chapda, uniki o’ngda erur.
Qalam o’ng qo’lingizda, uniki chapda bo’lur.
Jingalak sochlaringiz, o’ng tomonga taralgan.
Unikichi, boqsangiz, chap tomonga o’ralgan .
Yumar bo’lsak chap ko’zni, o’ng kozini yumadi.
Yosh oqsa chap tomondan, unda o’ngdan tomadi.
                                                Agar unda shahd bilan, o’ng qo’lingiz qilsa o’q.
                                               Chap qo’lin bigiz qilar, ko’zlarini qilib lo’q.
                                               Sizda chap yoqda nishon, uniki o’ng tomonda.
                                               O’zim, deb o’ylaganing, o’xshamasa yomonda!
                                               Xullas, o’zimiz emas, ko’zgudagi aksimiz.
                                              Ko’zgudan bizga boqmas, suratimiz, rasmimiz.
Qizchaning tezligi.
 
Bir qizning yashar joyi, joylashgan tepalikda .
Maktab qir orasida-qurilgandir pastlikda.
Qizaloq maktab tomon ,har kun chopib ketadi.
Shoshilmay uy tomonga , asta yurib yetadi.
Maktab tomon tezligi,  rosa olti chaqirim.
Uy tomonga esa –uch, ya’ni tezlikdir yarim.
Bir kuni so’rab qoldi, fizikachi muallim:
-Ayt o’rtacha tezliging ! qizoloq der:- To’rt yarim
Qizchaning javobidan , domla ko’ngli to’lmadi.
Siz ayting-chi, o’rtacha,   tezliik qancha bo’ladi?
                                   O’rtacha tezlik.
 
Ikki do’st moshin bilan, jonab ketibdi toqqa.
Tabiat quchog’ida- xumorini yozmoqqa.
Mashinaning tezligi , tog’ tomon qirq bo’libdi.
Qaytishda esa –oltmish, ya’ni tezroq yuribdi.
Bizga qiziqmas ular, qanday hordiq chiqargan .
Ayting moshin o’rtacha , qanday tezlikda yurgan?
                 
                           Qog’oz idishda tuxum pishirish.
 
Fizika kechasida, ko’rsatilgan bir fokus.
O’tsa hamki qancha vaqt,Yodimdan o’chmas hanuz.
Fizikachi muallim, yoqib spirtli chiroq,
Tezda qaynatdi tuxum, qog’oz kuymadi biroq.
Barchaning ko’z oldida, suv qaynadi qog’ozda.
Zaldagi hayratlanish, sezilardi ovozda.
Fokus sirin ayting deb, domlaga berdik savol.
U esa:- Issiqlikni , o’qing !-deb, ko’rdi malol.
Aytinglar o’tda qog’oz , ne sababdan kuymagan?
Qog’ozdagi tuxum , suv, ne sabab to’kilmagan?

Оставьте комментарий