Fosfotsineo — antibiotik vosita.

DO`STLARGA ULASHING:

?Fosfotsineo — antibiotik vosita.
1,0 gr lik kukun ko’rinishida ☝️
?Fosfotsineo — antibiotik vosita.
4,0 gr lik kukun ko’rinishida ☝️
#Fosfotsineo antibiotik
#Фосфоцинео антибиотик
?Dori shakli : ?
Ineksiya uchun eritma tayyorlash uchun kukun.
1,0 gr va 4,0 gr ampulada chiqadi.
?TARKIBI ?
Fosfomitsin natriy
?TA’SIR QILISHIGA KO’RA ?
Uroantiseptik. Antibiotik vosita. Antibakterial va bakteriotsid ta’sirga ega.
?QO’LLANILISHI ?
— Markaziy nerv sistemasi infeksiyalarida
— Bakterial meningitda
— Operatsiyadan keyingi infeksion xolatlarda.
— Yumshoq to’qima infeksiyalarida
— Periferik qon aylanish buzilishi bo’lgan bemorlarda
— Qandli diabet va oyoq arteriyalari kasalliklarida
— Kuygan jarohatlar infeksiyasida
— Gematogen osteomiyelitda
— Suyak va bo’g’imlarning infeksiyalarida
— Operatsiyadan oldingi va keyingi infeksion xolatlarda
— Infeksion artritda
— Bakterial pnevmoniyada
— Mukovitsidozli bemorlardagi o’pka infeksiyalarida
— Qorin bo’shlig’i infeksiyalarida
— O’tkir xolesistit , xolangit va peritonitda
— Ayollardagi kichik tos a’zolardagi infeksion yalliglanish kasalliklarida
— Salpingitda, endometritda va bachadon infeksiyalarida
— Ona qornidagi infeksiyada
— O’tkir piyelonefritda
— Siydik yo’llari infeksiyalarida
— Siydik tosh kasalligi davridagi piyelonefrit va gidronefroz ning infeksion asoratida.
— Urologiyada operatsiyadan keyingi infeksiyada
— Bakterial endokarditda
— Barcha infeksion xolatlarda qo’llaniladi.
?QABUL QILISH USULI VA DOZASI ?
Preparatni vena ichiga tomchilab yuboriladi , ya’ni fosfotsineo 10 — 20 ml ineksiya uchun suvda eritiladi va natriy xlorning 0,9% li eritmasiga ( osmasiga) , glukoza osmasiga, ringer osma ga , ringer laktat kabi osmalarga qo’shiladi.
Fosfotsineo ni to’gridan to’gri venaga yuborib bo’lmaydi, osmaga qo’shib (kapelnitsa ) tomchilab yuboriladi.
Mushakka yuborish og’riq chaqiradi.
?NOJO’YA TA’SIRI ?
— Diareya
— Ko’ngil aynish , qusish
— Qorinda og’riq
— Qonda AST , ALT va bilirubin miqdori oshishi
— Bosh aylanishi, bosh og’rig’i
— Juda kam xollarda tirishishlar ( agar doza ko’payib ketsa).
— Ko’krak qafasida ezilish xissi
— Yurak urishi tezlashishi
— Proteinuriya va qonda mochevina oshishi
— Terida toshma va teri qichishishi
— Bronxospazm
❌QO’LLASH MUMKIN BO’LMAGAN HOLATLAR ?
— Preparatga yuqori allergik reaksiya bo’lganda.
— Bronxial astma ning o’tkir davrida
— O’tkir va surunkali disbakteriozda
— Epilepsiya kasalligi kuchli bemorlarda ( tirishish xolatini ko’p o’tkazadigan bemorlarda).
— Taxikardiyada
— Diareyada
?ESLATMA : ?
— Venaga tomchilab yuborganda juda sekin yuborish kerak. Bir marta venaga tomchilab yuborish vaqti 1 — 2 soatdan ko’proq bo’lishi kerak.
— Buyrak va jigar yetishmovchiligida ehtiyotkorlik bilan qo’llash kerak.
Homiladorlik davrida fosfotsineo ni qo’llash mumkin. Shunday bo’lasada shifokor ginekolog nazorati ostida qo’llash buyuriladi.
?Qo’llash taribi — retsept bilan.
?Ishlab chiqaruvchi — Xitoy

Оставьте комментарий