DO`STLARGA ULASHING:
O‘zbekiston musulmonlari idorasining matbuot xizmati Hayit bayrami va unda ado etiladigan amallar borasida berilgan ma’lumotlar bilan bo‘lishdi. E’tiboringizga uni to‘lig‘icha havola etamiz.
Biz hayit bayrami deb atayotgan bayram arab tilida “iyd” ya’ni “qaytish”, “takror kelish” ma’nolarini anglatadi. Bu bayram qayta-qayta kelgani uchun mazkur nom bilan atalgan. Ba’zi ulamolar: “Bu bayram insonlarga ularning qiyinchilik va g‘am tashvishlariga qaramasdan har yili ularga xursandchilik va shodlik bilan qayta-qayta kelgani uchun “iyd” deb nomlangan, deganlar.
Muqaddas dinimizda uchta ulug‘ bayram bor:
-
Iyd ul-fitr. Bu bayram har yili Shavvol oyining birinchi kuni nishonlanadi;
-
Iyd ul-azho. Bu bayram har yili Zulhijja oyining o‘ninchi kuni nishonlanadi;
-
Haftalik bayram. Har haftaning juma kuni musulmonlar uchun bayram hisoblanadi.
Ikki hayit bayrami kunlari haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Madinaga keldilar. Ularning (Madinaliklarning) o‘ynab hordiq chiqaradigan ikki kunlari bor edi. U zot alayhissalom: “Bu ikki kun qanday kun”, dedilar. Madinaliklar: “Biz johiliyatda bu ikki kunda o‘ynab hordiq chiqarar edik”, deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Albatta Alloh taolo sizlarni bu ikkisidan yaxshiroq kunlarga almashtirdi, iydul azho va iydul fitr”,dedilar”. (Imom Abu Dovud rivoyat qilgan).
Ushbu ikki hayit bayrami Islomning ikki ulug‘ ruknlari ortidan keladi. Ulardan biri Ramazon ro‘zasi tugaganidan so‘ng, ikkinchisi hajdan keyin ya’ni hojilar Arafotda turganlaridan so‘ng nishonlanadi.
Hayit bayramlari barcha musulmonlar shodlik va xursandchilik izhor qiladigan kunlar hisoblanadi. Bu kunlarda mo‘minlar Alloh taologa bergan son-sanoqsiz ne’matlari uchun, shukrona sifatida sadaqai fitrlarni beradilar, qurbonlik qiladilar takbir aytadilar, hayit namozlarini ado etadilar. Hayit bayrami kunlari ibodat va shukrona kunlari, xursandchilik va shodlik kunlaridir. Shunga ko‘ra bu kunlar dunyo va oxirat yaxshiliklari jamlangan ulug‘ kunlar hisoblanadi.
Ulamolar juma namozini ado etish farz bo‘lgan kishilarga hayit namozlarini ado etish vojib bo‘ladi, deganlar.
Hayit namozlari qo‘yosh bir yo ikki nayza bo‘yi ko‘tarilgandan so‘ng o‘qiladi.
Hayit namoziga chiqishda g‘usl qilib, toza-ozoda bo‘lib chiqiladi. Bu haqida hadisi sharifda quyidagicha xabar berilgan:
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Ramazon hayiti kunida va Qurbon hayiti kunida (albatta) g‘usl qilar edilar” (Imom Ibn Moja rivoyati).
Shuningdek hayit namoziga chiqishda yuvinib toza-ozoda bo‘lganidan so‘ng shirin mushk va atirlar bilan xushbo‘ylanib chiqiladi.
Hayit kunida imkoni bor kishi yangi kiyim kiyishi mustahab sanaladi. Chunki bu ish Alloh taoloning bandasiga bergan ne’matlarini izhor etish, shodu-xurramligini namoyon qilish bo‘ladi. Bunga imkoni yo‘qlar eng yaxshi toza-ozoda kiyimlarini kiyib chiqadilar.
Hanafiy mazhabiga ko‘ra “iydu fitr” kuni tongi otishi bilan “sadaqai fitr”ni berish vojib bo‘ladi. Ammo undan oldin Ramazonning avvalgi kunlarida berish ham joiz hisoblanadi. “Sadaqai fitr”ni berish tufayli kambag‘allarning xonadonlariga ham xursandchilik ulashilgan bo‘ladi. Bunga quyidagi hadisda dalil bor:
Ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam fitr sadaqasini insonlar namozga chiqishlaridan oldin ado etilishiga amr qilganlar” (Imom Muslim rivoyati).
Ramazon hayiti bayramida namozgohga chiqish oldidan biror shirinlik tanovul qilish sunnat hisoblanadi. Bu haqida hadisi sharifda bunday xabar berilgan:
Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam og‘iz ochish kunida (Ramazon hayitida) bir nechta xurmo yemasdan (namozgohga) chiqmasdilar” (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
Qurbon hayitida Ramazon hayitining aksi o‘laroq to hayit namozini ado etilgunicha taomlanmaslik sunnat bo‘ladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:
Burayda roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi vasallam fitr kunida taomlangunlaricha (fitr namoziga) chiqmasdilar va qurbonlik kunida namoz o‘qigunlaricha taomlanmasdilar”. (Imom Termiziy rivoyat qilgan).
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam qurbon hayiti kunida namozgohdan qaytganlaridan so‘ng qurbonlik qilib, dastlab uning go‘shtidan tanovul qilganlari rivoyat qilingan.
Agar biror uzr bo‘lmasa, hayit namoziga piyoda yurib borish ham sunnat hisoblanadi. Abu Rofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda bunday deyilgan:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ikki hayit namoziga piyoda chiqar edilar. Azon va iqomatsiz namoz o‘qir edilar. So‘ngra boshqa yo‘ldan uyga qaytar edilar” (Imom Ibn Moja rivoyat qilgan).
Shunga ko‘ra biror kasallik, yoki uzoqlik yoki qoru-yomg‘ir singari biror uzr bo‘lmasa, namozgohga piyoda borish sunnat bo‘ladi.
Hayit namozini o‘qish uchun uydan chiqilgan paytdan to namozgohga yetib borguncha “La ilaha illalloh” va “Allohu akbar” larni aytib borish ham sunnatdir. Ushbu takbir va tahlillar bilan hayit bayrami kelganidan xursand bo‘lish va bu kunning boshqa kunlardan farqli kun ekanini bildirish hisoblanadi. Ammo takbir aytishda hamma jamlanib, oralaridan biri baland ovozda takbir aytib qolganlar unga jo‘r bo‘lishlari sunnat emasdir. Chunki bunday takbir aytish rivoyat qilinmagan.
Hayit namozi ikki rakatlik namozdir. Hayit namozi vaqti kirganida imomga iqtido qilgan holda azon va takbirsiz ikki rakat namoz o‘qiladi. Bu haqida hadisi sharifda bunday deyilgan:
Ibn Abbos va Jobir ibn Abdulloh Ansoriy roziyallohu anhumolar: “Fitr kunida ham, Qurbonlik kunida ham azon aytilmagan”, deyishdi”, (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
Chunki azon va takbir farz namozlari uchun sunnat bo‘ladi.
Imom iyd namozining qiroatini jahriy qiladi va birinchi rakatiga “A’la” surasini, ikkinchi rakatiga “G‘oshiya” surasini zam qilishi mandub bo‘ladi. Shuningdek, Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning hayit namozlarida “Qof” va “Qamar” suralarini zam qilganlari ham rivoyat qilingan.
Hanafiya mazhabiga ko‘ra hayit namozlari quyidagi tartibda ado etiladi:
-
Imomga iqtido qilib hayit namozini ado etishni qalbida niyat qilinadi va mazkur niyat ham talaffuz qilinadi;
-
Keyin imom ortidan takbiri tahrima aytilib quloq qoqiladi. Takbiri tahrimadan so‘ng qo‘llar kindik osiga bog‘lanib “sano” duosi o‘qiladi;
-
Keyin imomga ergashib uch marta takbir aytiladi. Har takbir aytishda qo‘llarini bosh barmoqlari quloqlari yumshog‘iga tegadigan miqdorda ko‘tarib so‘ng yonga tushiriladi. Uchinchi takbirdan so‘ng qo‘llar bog‘lanib kindik ostiga qo‘yiladi;
-
Keyin imomning qiroatiga quloq solinadi. Qiroatdan so‘ng imom ortidan takbir aytib ruku va sajdalarni ado etadi;
-
Ikkinchi rakatda imom takbirlardan oldin qiroat qiladi. Qiroatdan so‘ng imom bilan birgalikda uch marta takbir aytiladi va har takbirda qo‘llarni boshbarmoq quloq yumshog‘iga tegadigan miqdorda ko‘tarilib so‘ng yonga tushuriladi;
-
To‘rtinchi takbir aytishda qo‘llarni ko‘tarmasdan imomga ergashgan holda rukuga boriladi hamda imomga ergashgan holda sajdalar qilinadi;
-
Sajdalardan so‘ng oxirgi qa’dada o‘tirganida attahiyot, salavot va duo o‘qilib, imom ortidan salom berish bilan hayit namozi yakunlanadi.
Уведомление: nova88
Уведомление: check this out
Уведомление: เพื่อนแท้ เงินด่วนร้อยเอ็ด
Уведомление: Scrum velocity
Уведомление: Firearms For Sale
Уведомление: Online businesses
Уведомление: ephedra sinica pills
Уведомление: Dave T Bolno NKSFB
Уведомление: 주식
Уведомление: hop over to these guys
Уведомление: blote tieten
Уведомление: 드라마 다시보기
Уведомление: Dan Helmer
Уведомление: sex bạo dâm
Уведомление: Karen
Уведомление: บับเบิ้ลกันกระแทก
Уведомление: try this out
Уведомление: รับจํานํารถ
Уведомление: ไอศกรีม
Уведомление: Mostbet
Уведомление: ตรวจสอบสลิปโอนเงิน
Уведомление: https://casinoutansvensklicens.run
Уведомление: pg168
Уведомление: av ซับไทย
Уведомление: ฉันเห็นเลขอายุไข เต็มเรื่อง ฟรี