IKEA kompaniyasi haqida Siz bilmagan maʼlumotlar

DO`STLARGA ULASHING:

IKEA– akronim
Koʼpchilik IKEA ni shunchaki shvedcha soʼz deb oʼylaydi, aslida u akronim boʼlib, kompaniya egasi (Ingvar Kamprad) ning ism va familiyasi bosh harflari, u tugʼilgan shaharning (Elmtaryd) va kompaniya joylashgan joyning (Agunnaryd) bosh harflaridan tashkil topgan.

IKEA компанияси ҳақида Сиз билмаган маълумотлар
IKEA компанияси ҳақида Сиз билмаган маълумотлар

2. Mebelь seriyalari geografik nomlar bilan ataladi

Kamprad disleksiya kasalligiga uchragan edi, shu sababdan oʼziga qiyin tuyulgan nomlarni soddalashtirishni xohlaydi. Misol uchun, mexmonxona va yotoqxona mebellarini u Shvetsiyadagi shahar va shaharchalar nomi bilan, vanna uchun moʼljallangan mebellarni esa – daryo va koʼllar nomi bilan ataydi.

3. IKEA katalogi Bibliyadan ham ommaboproq

Economist gazetasi tadqiqotiga koʼra, 1 yilda 100 million nusxada Bibliya nashr qilinadi. IKEA kataloglari esa 27 tilda jami 180 million nusxada nashr etiladi.

4. Skandinaviyada va Buyuk Britaniyada IKEA uylari ham sotiladi

IKEA mebeli bilan jihozlangan uy emac, naq pol va devorlari IKEA mahsuloti boʼlgan uy! Bunday seriyadagi uylar dastavval 1966-yilda Shvetsiyada paydo boʼlgan

5. IKEA ga tegishla oʼrtacha oʼlchamdagi magazin 30 000 kvadrat metr joy oladi

Tasavvur qilyapsizaaa? Bunaqa katta maydonda mijozlar uchun barcha qulayliklar yaratilgan. IKEA ning koʼp mamlakatlarda oʼz filialini ochishi bilan bogʼliq asosiy qiyinchilik ham shu yerda

6. Yer yuzidagi 1% daraxt IKEA uchun ishlatiladi

Balki bu kichkina raqamdek tuyulishi mumkin. Lekin jahon bozorida gegemon boʼlgan IKEA dek kompaniya uchun sarf qilinadigan daraxtlarni tasavvur qilingda, oʼsha 1% qancha boʼlishini payqab olavering))

7. IKEA – endi shved kompaniyasi emas!

2012-yil 1-yanvarda IKEA Gollandiyaning Stiching INGKA Foundation kompaniyasi tarkibiga qoʼshildi. Hozirda uning shtab-kvartirasi janubiy Gollandiyaning Delft shahrida joylashgan. Shunga qaramay Ingvar Kamprad uning xoʼjayini sifatida qolgan va u 2008-yilda Forbes roʼyxatida yettinchi oʼrinni egalladi.

2 комментария к “IKEA kompaniyasi haqida Siz bilmagan maʼlumotlar”

  1. Пингбэк: sbo

  2. Пингбэк: FUL

Комментарии закрыты.

ArabicChinese (Traditional)EnglishFrenchGermanHindiKazakhKyrgyzRussianSpanishTajikTurkishUkrainianUzbek