Jinsiy quvvatni oshiradigan tabiiy o’simliklar; JENSHEN

DO`STLARGA ULASHING:

Jinsiy quvvatni oshiradigan tabiiy o’simliklar; JENSHEN

Azaldan hozirgi farmsanoat rivojlanmagan paytlarda ham insonlarda jinsiy kuchni orttirishga intilish bo’lgan va bu yolda izlanishlar olib borishgan quyida shular haqida ma’lumotlar beramiz. Afrodoziyak o’simliklarning eng boshida Jenshen turadi, qolgan o’simliklarga nisbatan ham ko’proq izlanishlar aynan jenshen ustida olib bo’rilgan.

Jenshen (Panax ginseng) — araliyadoshlarga (Araliceae) mansub koʻp yillik oʻt. Sharqiy Osiyo, Xitoy va Koreyada tabiiy holda oʻsuvchi qadimiy oʻsimlik

Jenshenning foydali hossalari.

Tarkibida mavjud bo‘lgan bir qancha foydali kimyoviy moddalar sababili jenshen qadimdan xalq tabobatida turli kasalliklarni davolashda keng qo‘llanilgan. O‘simlik ildizida alkaloidlar, turli shiralar, C vitamini, oltingugurt va fosfor, hushbo‘y moddalar, shuningdek, mikro va makroelementlar bor.

O‘simlik inson organizmiga tinchlantiruvchi va og‘riq qoldiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. Jenshen kishida ishchanlik qobiliyatini kuchaytiradi, o‘t moddasini organizmdan chiqarib yuboradi, o‘pkada gaz almashinuvini yaxshilaydi. Jenshenning shifobaxsh ta’siri natijasida kishida arterial qon bosimi me‘yoriga keladi, endokrin tizimi ish faoliyati kuchayadi, qon tarkibida qand moddasining patologik miqdori pasayadi.

Jenshen asabiylashish, siqilish va tashvishlanish holatlarida tinchlantiruvchi ta’sir ko‘rsatadi. O‘simlikni aqliy va jismoniy zo‘riqishlarda iste’mol qilinadi.

Jenshen qon shakillanishini va xotirani yaxshilaydi, modda almashinuvi va yurak-qon tomirlari faoliyatini me’yoriga keltiradi. Jenshen — ko‘rish qobiliyatini yaxshilovchi jarohatlari bitishiga yordam beruvchi, og‘riqni qoldiruvchi, asab tizimini tinchlantiruvchi o‘simlik.

Jenshen organizmning erta qartayishiga yo‘l bermaydi. Bu o‘simlik immunitetni kuchaytiradi, tanadagi ortiqcha yog‘larni erishiga yordam qiladi. Xalq tabobtida jenshen damlama, qaynatma, malham choy sifatida va qurutulganini yanchib iste’mol qilinadi.

Shifobaxsh ichimlik

Jenshenli choy inson salomatligiga ajoyib ta’sir ko‘rsatadi. Bunday choyni tayyorlash uchun quritib yanchilgan jenshen ildizi ustidan qaynab turgan suv quyiladi, ustini yopib 20 daqiqa tindiriladi, so‘ng dokadan o‘tkaziladi. Choyni sutkasiga 3 maxal 1 osh qoshig‘idan 1 oy davomida ichiladi, so‘ng 30 kun tanaffus qilib, muolaja kursi takrorlanadi.

Bunday damlangan choy organizmni umumiy mustahkamlovchi, kuch-quvvat bag‘ishlovchi, tinchlantiruvchi xususiyatlarga ega. O‘simlikning faol moddalari asab tizimi faoliyatini mustahkamlaydi, jismoniy va aqliy charchoqni pasaytiradi, yurak va qon tomirlari faoliyatini yaxshilaydi, ishtahani ochadi, arterial qon bosimini me’yoriga keltiradi, ishchanlik qobiliyatini oshiradi.

Tarkibidagi mikro elementlar soyasida, qon tomirlarni ham arterial ham venoz sistemasiga ijobiy ta’sir ko’rsatishi tufayli, jinsiy olat erektsiyasini va uzoq qattiq qolishligini ta’minlaydi, qarishlikni oldini olish hususiyati bilan jinsiy aktivlik va maylni normallashtiradi. Faqat shuni unutmaslik kerak haqiqiy jenshenning foydasi iste’mol qilingandan keyin darhol sezilmaydi, yillar davomida organizmdagi mikroelementlarni, foydali moddalarni o’rnini to’ldirib borilishi bilan foydasi namoyon bo’ladi, shuni unutmasligimiz kerak-ki, bugungu kunda savdo-foyda maqsadida turli dori vositalariga ham jenshenni nomini taqab, aslida tarkibida kimyoviy moddalar qo’shib chiqarilayotgan mahsulotlar juda ham ko’p!!! Ularni ajratishni oson agar siz qabul qilganizdan keyin 30-40minut, 1-2soatda ta’sirni sezsangiz tarkibida kimyoviy modda bor degani, aslida biz doktorlar kimyoviy moddaga qarshi emasmiz faqat bu kabi ko’plab mahsulotlarda kimyoviy moddalar kunlik yuqori dozadan ham yuqori bo’lishiligi ilmiy-laboratuar isbotlangan!!!

Ulardan qutulishning oson yoli har hil reklamalarga uchmaslik, jenshenni ildiz ko’rinishida sotib olishlik va uy sharoitida ozingiz tayyorlashlikdir.

Dr. Zarifjon Murodov, urolog-androlog

7 комментариев к “Jinsiy quvvatni oshiradigan tabiiy o’simliklar; JENSHEN”

  1. Уведомление: maxbet

  2. Уведомление: sbo

  3. Уведомление: why not look here

  4. Уведомление: 4 aco dmt erfahrung,

  5. Уведомление: Web Hosting

  6. Уведомление: real australian drivers license

  7. Уведомление: ราคาบอลวันนี้

Комментарии закрыты.