KASALLIKNI LABLAR «FOSH» ETADI

DO`STLARGA ULASHING:

KASALLIKNI LABLAR «FOSH» ETADI
Ko‘kimtir rangdagi lablar – yurak faoliyati zaifligidan dalolat beradi.
Rangpar lablar – oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichak yallig‘lanishiga moyillik va qon-tomir faoliyati susayganini bildiradi.
Ingichka, rangpar lablar – ayollarda jinsiy gormon – estrogenlar yetishmayotgani va farzand ko‘rish funksiyasi buzilganligini anglatadi.
Juda qalin pastki lablar – buyrak, siydik xaltasi va surunkali kolit xastaliklari nishonasidir.
Erkaklardagi qalin qizil lablar – jinsiy zafilikka moyillikdan dalolatdir.
Ayollarning yuqori lablari ustida mo‘y bo‘lsa – jinsiy bezlar faoliyati buzilganligini bildiradi, hayz jarayoni og‘riqli kechadi, ayollar jinsiy bezlari erkaklarga xos jinsiy gormonlar ishlab chiqarayotganidan darak beradi.
Ayollarning yuqori labida vertikal ajinlar bo‘lsa – klimaks jarayoni kechayotgan va bola ko‘rish funksiyasi zaiflashgan bo‘ladi.
Og‘iz atrofi sarg‘ish rangda bo‘lsa – oshqozon-ichak faoliyati buzilganligini anglatadi.
Og‘iz atrofi jigarrang tusga kirsa – yo‘g‘on ichak kasallangan bo‘ladi.
Og‘iz burchaklari qatlanib, atrofida og‘riqli husnbuzarlar paydo bo‘lsa – jigar, o‘t pufagi va o‘n ikki barmoqli ichak kasallanganidan dalolatdir.
Og‘izdan qimsiz hid kelishi – milk, tish kasalliklari, oshqozon-ichak va o‘pka xastaliklari va burun bezovta qilayotganini bildiradi.

Оставьте комментарий