Kimlarga issiq suvda dush qabul qilish mumkin emas?

DO`STLARGA ULASHING:

Kimlarga issiq suvda dush qabul qilish mumkin emas?
Mutaxassislar qaysi kasalliklarga chalingan insonlar issiq dush yoki vanna qabul qilish kerak emasligini maʼlum qilishdi.
Dastlabki bosqichda yurak-qon tomir kasalliklariga chalingan odamlar bunday suv muolajalari vaqtini 20 daqiqaga cheklashlari kerak. Oʼrtacha va ogʼir shakldagi bemorlar esa issiq dushdan butunlay voz kechish kerak.
Issiq dush qabul qilishga imkon bermaydigan yana bir kasallik – bu diabet.
Bundan tashqari, shifokorlar teri (dermatit, psoriaz, toshmalar va chandiqlar) kasalliklari boʼlgan odamlar issiq suv muolajalaridan voz kechishga chaqirdi. Oshqozon-ichak tizimi kasalliklari, birinchi navbatda, oshqozon yarasi yoki gastrit, qaynoq suv mutlaqo mumkin emasligi haqida ogohlantirishdi.
Shifokorlarning soʼzlariga koʼra, vanna qabul qilayotganda, issiq suv qonni ichki organlarga faolroq borishga undaydi va bu kasalliklarning kuchayishiga olib keladi. Varikoz va tromboz boʼlganda, shuningdek, shamollashning oʼtkir bosqichida issiq dushdan voz kechish kerak.

Оставьте комментарий