Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar

DO`STLARGA ULASHING:

Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun tavsiyalar (https://telegra.ph/file/3e6118c3e1f734e025d2a.jpg)👁

Elektron qurilmalar, telefon, televizor, kompyuter va planshetlar zamonaviy odamlar hayotining ajralmas qismi hisoblanadi. Buning oqibatida koʻrish qobiliyati yildan yilga pasayib boradi. Koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun nimalarga ahamiyat qaratish lozim?

1️⃣. Bosimni kamaytiring

Koʻz mushaklari tanadagi boshqa mushaklar kabi ogʻir bosimga duch keladi, charchaydi va ogʻriydi. Shu sababli ularni charchatib qoʻymaslik uchun bosim darajasini kamaytirish tavsiya etiladi. Kun boʻyi kompyuter qarshisida oʻtirib ishlasangiz, har 30 daqiqada tanaffus qilishni unutmang. Koʻzlaringiz bir necha daqiqaga boʻlsa ham dam olsin. Monitor va smartfon ekranining yorugʻlik darajasini kamaytirib qoʻying, matnni esa kattalashtirib oʻqing.

2️⃣. Tez-tez kiprik qoqing

Agar odam tez-tez kiprik qoqib turmasa, koʻzning shilliq qavati quruqlikdan aziyat chekadi. Bu esa koʻrish qobiliyatiga salbiy taʼsir qiladi.

3️⃣. Koʻz uchun mashqlar

Koʻrish qobiliyatini yaxshilovchi mashqlar haddan tashqari koʻp. Ularning qaysi biri sizga koʻproq mos kelishini esa shifokor yordamida aniqlay olasiz. Shuni unutmangki, koʻrish qobiliyatini tiklash uzoq davom etadigan jarayon, shu sababli mashqlarni doimiy ravishda takrorlab turish kerak.

4️⃣. Taomnoma

Ayrim mahsulotlar koʻzning toʻr pardasidagi qon aylanishi jarayonini yaxshilaydi. Sabzi, chernika, qovoq, lavlagi va koʻkatlar (petrushka, ismaloq, koʻkpiyoz) shular jumlasidandir. Bundan tashqari, koʻrish qobiliyatini yaxshilash uchun baliq, tvorog, mol jigari, tuxum isteʼmoli ham yordam beradi.

5️⃣. Toʻlaqonli uyqu va kun tartibi

Koʻrish qobiliyatini qayta tiklayotgan bemor har kuni toʻyib uxlashi, eng kamida 8 soat dam olishi kerak.

6️⃣. Quyoshdan himoya qiluvchi koʻzoynak taqish

Koʻzlarni ultrabinafsha nurlaridan himoya qilish – ularning salomatligini asrashdagi muhim jihat sanaladi. Mutaxassislar quyoshli kunlarda koʻzoynak taqish shart ekanligini aytishadi.

📝 Manba: Xabardor.uz

Оставьте комментарий