Ko‘krak suti kamayishi sabablari

DO`STLARGA ULASHING:

Ko‘krak suti kamayishi sabablari
Ko’krak suti yetmaganda nima qilish kerak, degan savolga ko’p maslahat bersa bo’ladi. Ba’zida esa oddiygina savolga javob muammo yechimiga aylanadi.
Bu savol: Emizishga vaqtingiz bormi?
Albatta bor, deydi ko’pchilik. Bolani ovqatlanishi uchun vaqtingiz bordur, lekin emizish deganda bolaning ovqatlanishini tushunmang.
Bola onani emishi bu nafaqat ovqatlanish, balki bolaning onasini bag’riga to’yishi, onasini mehrini olishi, onasi bilan suhbatlashishi, onasi allalashini eshitishi, onasiga qarashi va boshqa shu kabi vaziyatlarni o’z ichiga oladigan psixologik holatdir.
Qorni to’q bola injiq bo’lishini ko’rgansizku? Hozirgina emizdim, nega yana yig’layapti, deysiz. Aslida uni ovqatga bo’lgan ehtiyojini ta’minlaganingiz bilan, sizga, bag’ringizga, qo’llaringizga, ko’zlaringizga bo’lgan ehtiyojini hali to’ydirishga ulgurmagan bo’lasiz. U yana emishni istagandek sizga talpinadi. Yana emizing.
Ovqat yeyishi uchun emas, sizga to’yib olishi uchun emizing. Ona suti shunday ajoyibki, bolaning ehtiyojiga qarab uning tarkibi o’zgaradi. Ya’ni qorni och bola emayotganda kuchli so’rishi natijasida yog’liq sutni olsa, shunchaki mehrga to’yishni istayotgan bo’la sekin-sekin so’rib oldi sut, ya’ni yog’siz sutni ichadi.
Olti oygacha ona emizish uchun kunining deyarli 70 foizini ajratishi lozim. Agar uy ishlari kutib turgan bo’lsa, u holda uydagilarga tushuntiring. Ularga qorni to’q, mehrga to’yib o’sayotgan bola yaxshimi, yoki bolani yetarlicha emazmay onada sut kamayib borib bola uchun qo’shimcha aralashmaga pul ketqazib injiq bolani katta qilish afzalmi?
Agar ona suti kamaymasdan, bola tiniqib katta bo’lishi muhim bo’lsa u holda emizikli onaga sharoit yaratib berish kerak.
1. Bolani hech qachon biron ish qilish oldidan shoshib emizmang. Shoshayotgan onani bola sezadi va qo’yib yuborishni istamaydi.
2. Bolani alohida tinch joyda emizishga odatlaning. Birov bilan gaplashib yoki telefonga qarab emizsangiz, bola mehringiz va e’tiboringizga yetarlicha to’yib ololmaydi va yarim soat o’tmay yana emgisi kelib qoladi.
3. Bolani vaqtga qarab emizmang. Qachon emizishni bilish uchun eng yaxshi ko’rsatkich, bolaning ehtiyoji. Ba’zi kunlar bo’ladiki, bola xuddi tinmay ko’krakni so’ragandek tuyuladi. Ana shu kunlar bolaga ko’krakni ko’p tutqazadigan vaqtdir. Bu davrda ona ko’kragida sut kamaygan bo’lib, bola uni ko’paytirish maqsadida ko’p so’radi. So’rish ko’paygan sari sut ishlab chiqarilish hajmi ham ko’paya boshlaydi.
4. Emizishni ishlar orasida emas, ishlarni emizish orasida qiling. Bolaning 6 oyiga to’lguniga qadar sizning eng muhim ishingiz bolani bag’ringizga olib o’tirish.
5. Emizish jarayoniga soat poylab yodnashmang. Emizishga o’tirdingizmi, hamma ishni unuting. Endi butun vujudingiz bilan bolaga o’zingizni qarating.
6. Emizishni muammo deb bilmang. Qo’rquv va asabiylashish sutni qochirib yuboradi.
7. Bolaning 6 oygacha bo’lgan davrida o’zingizni urintirmang. Charchov sutni kamaytirib yuboradi.

Оставьте комментарий