Kollejlar uchun qabul kvotalari tasdiqlandi

DO`STLARGA ULASHING:

Kollejlarga KUNDUZGI va sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha qabul parametrlari tasdiqlandi.

Kollejlar uchun kunduzgi ta’lim qabul kvotalari

Kunduzgi ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 53 452 nafar etib belgilandi.

Shundan:

➖ Davlat granti asosida — 7 271 nafar;

➖ To‘lov-kontrakt asosida — 46 181 nafar.

Kunduzgi ta’lim kollej kvotalarini pdf shaklida — yuklab olish

Kollejlar uchun Sirtqi ta’lim kvotalari

Sirtqi ta’lim shakliga qabul kvotasi respublika bo‘yicha jami 15 119 nafar etib belgilandi.

Mazkur ta’lim shakli faqat to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.

Sirtqi ta’lim kollejlar kvotalarini pdf shaklida — yuklab olish

‼️Kollejlarga onlayn hujjat topshirish 10-sentabrga qadar kollej.edu.uz platformasi orqali amalga oshiriladi.