DO`STLARGA ULASHING:
❓Ko‘z pirpirashiga nima sabab bo‘ladi?
Miyadagi tasodifiy elektr impulslari ko‘zlarni pirpiratadi. Ushbu impulslar ko‘z mushaklarini qo‘zg‘atadi, bu esa uning qisqarishiga olib keladi.
?Shuningdek, ayrim holatlar ham ko‘z pirpirashiga sabab bo‘ladi:
✨o‘ta yorqin nur yoki kuchli shamol;
??kompyuterda uzoq vaqt ishlash
? dorilarning nojo‘ya ta’siri. Masalan, ko‘z yoki burun tomchilari, antidepressantlarga nisbatan reaksiya bo‘lishi mumkin.
❓Ko‘z pirpirashini kamaytirish uchun nima qilish kerak?
?chuqur nafas oling yoki boshqa yo‘l bilan stressni yengishga harakat qiling;
?biroz vaqt uxlang;
☕️qahva ichish me’yoriga amal qiling;
?ko‘chaga chiqishda, ayniqsa, shamolli va quyoshli kunda quyoshdan saqlaydigan ko‘zoynak taqing;
?qorong‘u vaqtda kitob o‘qimang.
❗️Shifokorga murojaat qilishni ham unutmang.
